Аналитика Telegram-канала
Подписчики
1 196
Охват за 24 ч
470
ER за 24 ч
39,30%
Публикаций
1 324
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
21 ноя24 ноя27 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
20.1120.1124.1125.1125.1126.11
154
Средний охват
525
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
2
Упоминаний
1
Из них репостов
2
Каналов
32
Упоминаний за 90 дней
22
Из них репостов
9
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 1 324 2 из 1 324XONQA TUMAN TIBBIYOT BIRLAŞMASI BOŞLIĞINING DAVOLAŞ IŞLARI BÖYIÇA ÖRINBOSARI RÖZIBAYEV XUDAYŞUKUR YUSUPOVIÇNING FUQAROLAR, ŞIFOKORLAR VA TIBBIYOT XODIMLARIGA MUROJAATI
👉 TÖLIQ VIDEOMUROJAAT
Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasi matbuot xizmati.
🌐 Web-site, ✅ Telegram, ✅ Fb, 🌐Instagram, 📹 YouTubе
ещё
129
2
5 26 ноя, 16:17
XONQA TUMAN TIBBIYOT BIRLAŞMASI RAHBARI V.V.B. RÖZIBAYEV XUDAYŞUKUR YUSUPOVIÇNING FUQAROLAR, ŞIFOKORLAR VA TIBBIYOT XODIMLARIGA MUROJAATI.
Hurmatli fuqarolar, aziz hamkasblar, şifokorlar va tibbiyot xodimlari!
Inson salomatligi va hayotini asraş, bemorlarga öz vaqtida va sifatli tibbiy yordam körsatiş eng şarafli, ayni paytda yuksak mas’uliyat talab etadigan kasblardan biridir. Uşbu kasb egalari uçun halollik, poklik, adolat va insonparvarlik nafaqat qonun talablari, balki kasbiy burç, qasamyod va vijdon amri hisoblanadi.
Tibbiyot tizimida korrupsiya, ta’magirlik, mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, taniş-bilişçilik va boşqa noqonuniy holatlarga yöl qöyilişi, eng avvalo, inson salomatligi va hayotiga salbiy ta’sir körsatadi. Bunday illatlar fuqarolarning tibbiyot muassasalariga bölgan işonçini susaytiradi, jamiyatda adolat tamoyillariga putur yetkazadi hamda soha rivojiga tösqinlik qiladi.
Şu munosabat bilan, Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasi rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi sifatida men, Rözibaev Xudayşukur Yusupoviç, tibbiyot muassasamizda korrupsiyaga qarşi kuraşiş, oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, har bir xodimning mas’uliyatini oşiriş hamda aholiga sifatli va adolatli tibbiy xizmat körsatişni ta’minlaş borasida qat’iy pozitsiyamni bildiraman.
Mazkur yönalişda faoliyatimizning asosiy maqsadi — har bir fuqaro öz vaqtida, ortiqça tösiqlarsiz, qonuniy va munosib tibbiy yordam olişi, har bir tibbiyot xodimi esa öz vazifasini halol, vijdonan va mas’uliyat bilan bajarişi uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişdan iborat.
Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasida quyidagi tamoyillar qat’iy ustuvor hisoblanadi:
1. Korrupsiya va ta’magirlikka nisbatan murosasiz munosabat
Bemorlar va ularning yaqinlaridan tibbiy xizmat körsatiş evaziga noqonuniy pul mablağlari, moddiy qimmatliklar yoki sovğalar talab qiliş, tibbiy yordamni manfaat evaziga keçiktiriş, navbatni asossiz özgartiriş yoki fuqarolarning huquqlarini çeklaş kabi holatlarga mutlaqo yöl qöyilmaydi.
Har bir tibbiyot xodimi öz xizmat vazifasini qonunçilik talablari asosida bajarişi, bemorlarga bir xilda, adolatli va xolis munosabatda bölişi şart.
2. Tibbiy xizmatlar va dori vositalari taqsimotida oçiqlik va şaffoflik.
Bepul va pullik tibbiy xizmatlar, ularning belgilangan tartibi va qiymati, imtiyozli tibbiy xizmatlar, yöllanmalar hamda davlat tomonidan ajratiladigan dori-darmon vositalari haqidagi ma’lumotlar fuqarolar uçun oçiq va tuşunarli bölişi ta’minlanadi.
Davlat mablağlari va dori vositalaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalaniş, ularning adolatli taqsimlanişi hamda bemorlarga belgilangan tartibda yetkazilişi doimiy nazoratda böladi.
3. Kadrlar siyosatida adolat va qonuniylikni ta’minlaş
Tibbiyot muassasalariga xodimlarni işga qabul qiliş, lavozimga tayinlaş, malakasini oşiriş va qayta tayyorlaşga yuboriş jarayonlari belgilangan qonunçilik talablari asosida, xolis va şaffof tarzda amalga oşiriladi.
Bunda xodimlarning bilim va malakasi, kasbiy salohiyati, mehnat intizomi hamda iş natijalari asosiy mezon bölib xizmat qiladi. Taniş-bilişçilik, qarindoş-uruğçilik, manfaatlar töqnaşuvi va boşqa noqonuniy ta’sirlarga yöl qöyilmaydi.
4. Davlat xaridlari va moddiy-texnik ta’minotda şaffoflik
Tibbiy jihozlar, dori vositalari, sarf materiallari va boşqa zarur tovar hamda xizmatlarni xarid qiliş jarayonlari amaldagi qonunçilikka muvofiq, oçiq va raqobatli tartibda taşkil etiladi.
Byudjet mablağlaridan samarali foydalaniş, xaridlarda manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, sifat va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaş rahbariyatning doimiy e’tiborida böladi.
5. Halol mehnat va kasbiy faoliyatni munosib rağbatlantiriş
Öz kasbiga sadoqatli, bilimli, taşabbuskor, mehnat intizomiga rioya qiladigan va bemorlar manfaatini ustuvor qöyadigan tibbiyot xodimlari har tomonlama qöllab-quvvatlanadi.
Xodimlarning mehnat natijalari, kasbiy mahorati va fidoyiligiga munosib baho beriş, ularning malakasini oşiriş va iş şaroitlarini yaxşilaşga alohida e’tibor qaratiladi.
Halol mehnat qadrlanadigan, adolat va özaro hurmatga asoslangan jamoa muhitini şakllantiriş asosiy vazifalarimizdan biridir.
6. Fuqarolar murojaatlari bilan işlaş va jamoatchilik nazorati
Fuqarolarning murojaatlari, takliflari, şikoyatlari va bildirgan fikrlari belgilangan tartibda qabul qilinib, öz vaqtida va xolis körib çiqiladi.
Murojaatlarda kötarilgan masalalarga beparvo munosabatda böliş, ularni asossiz ravişda çöziş yoki fuqarolarni sarson qiliş holatlariga yöl qöyilmaydi.
Har bir murojaat tegişli tartibda örganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf etiş çoralari köriladi. Murojaat qilgan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilişga alohida e’tibor qaratiladi.
Qadrli hamkasblar!
Tibbiyot sohasida eng katta boyligimiz — bu bemorning işonçi, xalqning duosi va jamoamizning halol mehnatidir. Har birimiz öz vazifamizni sidqidildan bajarib, kasb şa’ni va qadr-qimmatini yuksak tutişimiz lozim.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş faqat rahbariyatning emas, balki har bir tibbiyot xodimining burçidir. Bu borada şaxsiy mas’uliyat, özaro hamkorlik va qat’iy intizom muhim ahamiyatga ega.
Barçangizni qonun talablariga oğişmay rioya qilişga, bemorlarga mehr-oqibat va e’tibor bilan munosabatda bölişga, öz kasbiy faoliyatingizda halollik va adolatni boş mezon qilib olişga çaqiraman.
Aziz yurtdoşlar, hurmatli bemorlar!
Sizlarning salomatligingiz, huquq va manfaatlaringiz biz uçun ustuvor ahamiyatga ega. Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasi muassasalarida tibbiy xizmat körsatiş jarayonida ta’magirlik, sansalorlik, asossiz talablar, qonunbuziliş yoki boşqa korrupsiyaviy holatlarga duç kelsangiz, bu haqda rahbariyatga belgilangan tartibda xabar berişingizni sörayman.
Sizning murojaatingiz xolis va qonuniy tartibda örganilişi, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan tegişli çoralar körilişi ta’minlanadi. Murojaat qilgan şaxslarning huquqlari va şaxsiy ma’lumotlari qonunçilikda belgilangan tartibda himoya qilinadi.
Biz fuqarolarning işonçini oqlaş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş va soğliqni saqlaş tizimida halollik muhitini mustahkamlaş yölida barça kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Işonçim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz, halol mehnatimiz va mas’uliyatli yondaşuvimiz orqali Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasini aholi işonçini qozongan, korrupsiyadan xoli, zamonaviy va namunaviy tibbiyot muassasasiga aylantiramiz.
Halollik — faoliyatimiz mezoni, adolat — asosiy tamoyilimiz, inson salomatligi esa eng oliy qadriyatimizdir!
Hurmat bilan,
Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasi rahbari vazifasini vaqtinça bajaruvçi Rözibayev Xudayşukur Yusupoviç.
Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasi matbuot xizmati.
🌐 Web-site, ✅ Telegram, ✅ Fb, 🌐Instagram, 📹 YouTubе
ещё
96
2
1 25 ноя, 15:53
XONQA TUMANIDA PQ-20-SON QARORI IJROSI DOIRASIDA AMALGA OŞIRILGAN IŞLAR.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-20-sonli “Ötkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini oliş çora-tadbirlarini takomillaştiriş töğrisida”gi qarori ijrosini ta’minlaş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oşiriş, ötkir yurak-qon tomir hamda serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlaş va bemorlarga öz vaqtida, samarali tibbiy yordam körsatiş maqsadida Xonqa tumanida tegişli amaliy işlar olib borilmoqda.
Mazkur qaror doirasida tibbiyot muassasalarida kasalliklarni erta aniqlaş, bemorlarni töğri yönaltiriş, zamonaviy klinik protokollar asosida tibbiy yordam körsatiş hamda tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va amaliy könikmalarini oşirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Şu munosabat bilan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Neyroxirurgiya bölimi mudiri Solaev Anvar Botiroviç tomonidan Xonqa tumani tibbiyot muassasalariga amaliy taşrif amalga oşirildi.
Taşrif davomida Xonqa tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli oilaviy poliklinika (OP), oilaviy şifokorlik punktlari (OŞP) hamda statsionar bölimlarda faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlariga PQ-20-sonli qarorning mazmun-mohiyati, unda belgilangan vazifalar va ularning amaliy ijrosi yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, ötkir serebrovaskulyar kasalliklar, boş miya insulti va neyroxirurgik kasalliklarda, şuningdek, turli şoşilinç holatlarda bemorlarga tibbiy yordam körsatiş tartibi, kasallik belgilarini barvaqt aniqlaş, bemorlarni öz vaqtida tegişli tibbiyot muassasasiga yönaltiriş hamda şoşilinç tibbiy yordam körsatiş bosqiçlari böyiça amaliy tavsiyalar berildi.
Tibbiyot xodimlariga bemorlarni körikdan ötkaziş, ularning klinik holatini baholaş, zarur laborator va instrumental tekşiruvlarni taşkil etiş, tahlil natijalarini töğri talqin qiliş, şuningdek, bemorlarni davolaş va tibbiy kuzatuvga oliş jarayonlari yuzasidan amaliy yordam körsatildi.
Bundan taşqari, statsionar bölimlarda bemorlarni davolaş jarayonini samarali taşkil etiş, şoşilinç holatlarda tibbiy yordam körsatiş sifatini oşiriş, tibbiyot xodimlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş hamda bemorlarni tegişli mutaxassislarga öz vaqtida yönaltiriş masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Amaliy taşrif davomida tibbiyot xodimlarining savollariga batafsil javoblar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etiş, tibbiy xizmat sifatini yanada yaxşilaş va bemorlarga körsatilayotgan yordam samaradorligini oşiriş böyiça tegişli tuşuntirişlar hamda amaliy kömaklar körsatildi.
Mazkur amaliy taşrif Xonqa tumani tibbiyot muassasalarida PQ-20-sonli qaror ijrosini ta’minlaş, tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va amaliy könikmalarini oşiriş, ötkir serebrovaskulyar kasalliklarni barvaqt aniqlaş, bemorlarni töğri yönaltiriş hamda aholiga körsatilayotgan şoşilinç tibbiy yordam sifatini yanada yaxşilaşga qaratildi.
Xonqa tuman tibbiyot birlaşmasi matbuot xizmati.
🌐 Web-site, ✅ Telegram, ✅ Fb, 🌐Instagram, 📹 YouTubе
ещё
525
9
1 25 ноя, 15:45
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней