Тарифы до −50% до 30.11
Аналитика Telegram-канала
Подписчики
322
Охват за 24 ч
200
ER за 24 ч
62,11%
Публикаций
57

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
21 ноя24 ноя27 ноя
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

20.1120.1123.1125.1125.1126.11
79
Средний охват
306
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

1
Упоминаний
0
Из них репостов
1
Каналов
Нет примеров за последние 90 дней
Все упоминания

Последние посты

3 из 57 2 из 57
🇩🇪 GERMANIYADA 6 KUNLIK TO‘LIQ MOLIYALASHTIRILADIGAN XALQARO FORUM — HEIDELBERG LAUREATE FORUM 2027! 📣Germaniyada matematika va kompyuter fanlari sohasidagi iqtidorli yosh tadqiqotchilar uchun dunyoning eng nufuzli ilmiy forumlaridan birida ishtirok etish imkoniyati! 🏛14th Heidelberg Laureate Forum (HLF 2027) — matematika va kompyuter fanlari bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan olimlar, nufuzli mukofotlar laureatlari va yosh tadqiqotchilarni birlashtiradigan xalqaro ilmiy forum. 📍Manzil: Heidelberg, Germaniya 🇩🇪 🗓Forum sanasi: 12–17-sentabr, 2027-yil ⏳Davomiyligi: 6 kun 🗓Ariza topshirish muddati: 11-fevral, 2027-yil 🎁 DASTUR QANDAY IMKONIYATLARNI TAQDIM ETADI? ☑7 kecha davomida mehmonxonada bepul yashash; ☑Forum davomida bepul nonushta, tushlik, kechki ovqat va yengil tamaddilar; ☑Xalqaro safar va viza xarajatlarini qoplash uchun maxsus Travel Grant olish imkoniyati; ☑Aeroportdan kutib olish va transport xizmatlari; ☑Safar davomida tibbiy sug‘urta; ☑Yetakchi olimlar va xalqaro mukofotlar laureatlarining ilmiy ma’ruzalarida qatnashish; ☑Dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh tadqiqotchilar bilan xalqaro networking; ☑Matematika va kompyuter fanlari sohasidagi yetakchi mutaxassislar bilan fikr almashish va ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. ✈️Travel Grant haqida: Agar universitetingiz, ish joyingiz, ilmiy tadqiqot muassasangiz yoki milliy moliyalashtirish tashkiloti safar xarajatlaringizni qoplab bera olmasa, yo‘l va viza xarajatlarini qoplash uchun alohida grantga ariza topshirishingiz mumkin. ❗️Buning uchun moliyaviy yordam so‘rovingiz rad etilganini tasdiqlovchi rasmiy hujjat (Funding Rejection Letter) talab qilinadi. 🔽Quyidagi talabgorlar dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin: 🔹Matematika, kompyuter fanlari yoki ularga yaqin ilmiy yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoki tadqiqot olib borayotgan yoshlar; 🔹Bakalavriat talabalari — hozirda universitetda tahsil olayotgan va hali magistr darajasiga ega bo‘lmagan bo‘lishi kerak; 🔹Pre-Master talabalari — magistratura bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan va hali magistr darajasini olmagan talabgorlar; 🔹PhD doktorantlari — ilmiy daraja olish ustida tadqiqot olib borayotgan doktorantlar; 🔹Postdoctoral researchers — PhD darajasini oxirgi 5 yil ichida olgan yosh tadqiqotchilar. Rasmiy postdoktorant lavozimida ishlash majburiy emas. 📌Qo‘shimcha shartlar: • PhD darajasini olganidan keyin farzandli bo‘lgan tadqiqotchilar uchun 5 yillik muddat har bir farzand uchun 1 yilga uzaytiriladi. • Har bir akademik bosqichda forumda faqat bir marta ishtirok etish mumkin. • Dunyodagi barcha mamlakat fuqarolari, jumladan, O‘zbekiston yoshlari ham ariza topshirishlari mumkin. ⚠️MUHIM ESLATMA Ushbu forum barcha yo‘nalishlar uchun ochiq emas. Asosiy e’tibor matematika, kompyuter fanlari va ularga bevosita yaqin ilmiy sohalarga qaratilgan. Shuning uchun boshqa yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabgorlar o‘z tadqiqot sohalarining dastur talablariga mosligini oldindan tekshirishlari kerak. 🔗ARIZA TOPSHIRISH VA BATAFSIL MA’LUMOT: 🌐 https://www.newsroom.hlf-foundation.org/news/article/the-application-process-for-the-14th-heidelberg-laureate-forum-has-begun/ ⏰Deadline: 11-fevral, 2027-yil.
ещё
39 1 26 ноя, 17:08
1-dekabrdan qabul ochiladi🔥 🇺🇸Global UGRAD 2027-2028 — AQShda 1 semestrlik to’liq moliyalashtiriladigan almashinuv dasturi Moliyalashtirish: To’liq Til talabi: Ingliz tili (sertifikat shart emas) Kimlar uchun ➡️Kunduzgi bakalavr bosqichida o’qish; ➡️Dasturdan keyin o’z universitetida kamida bir semestr o’qishi shart; ➡️2027-yil 1-avgust sanasiga ko’ra kamida 18 yoshda bo’lish; ➡️Belgilangan yo’nalishlardan birida tahsil olish kerak. Foydali tomonlari ➡️1 semestrlik o’qish uchun kontrakt puli qoplanadi; ➡️Turar-joy (universitet kampusidan) ➡️AQShga borish-kelish xarajatlari qoplanadi va b; ➡️Cheklangan tibbiy sug’urta; ➡️Zarur darsliklar beriladi; ➡️Oylik yashash stipendiyasi beriladi. Dastur haqida ➡️Dastur talabalarga 1 semestr davomida AQSh universitetlarida almashinuv asosida bepul ta’lim olish imkonini beradi. ⏲Oxirgi muddat: 11-yanvar, 2027 ➡️Batafsil: grantgo.uz/go/jm0j7i
ещё
37 2 25 ноя, 16:39
🇺🇸AQSHda o‘qish — Fulbright? 🤩 Buyuk Britaniyada ta’lim olish — Chevening? 🇪🇺Yevropada xalqaro akademik tajriba — Erasmus+? Siz xalqaro grantlarga topshirishga tayyormisiz? Arizangiz boshqalardan nimasi bilan ajralib turadi? Aynan shu savollarga javob topish uchun sizni maxsus seminar-treningga taklif etamiz! 🎙 ZUHRA HAKIMOVA Spikerimiz xalqaro ta’lim dasturlari va grantlar yo‘nalishida amaliy tajribaga ega mutaxassis. Uning xalqaro akademik tajribalari orasida: 🏅 Fulbright Foreign Student Program — 2024 finalisti; 🇬🇧 UCL Teacher Training Program — 2025 ishtirokchisi; 🇪🇺 Erasmus+ Staff Mobility — 2024 ishtirokchisi; 🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi — 2024 yarim finalchisi; 🌏 Faculty Enrichment Program — yarim finalchisi. 🎙 SEMINAR-TRENINGDA SIZNI NIMALAR KUTMOQDA? 🔹 Fulbright, Chevening, Erasmus+ va boshqa xalqaro grantlar imkoniyatlari; 🔹 Grantlarga topshirishning asosiy talablari va bosqichlari; 🔹 Kuchli CV tayyorlash sirlari; 🔹 Motivatsion xat (Motivation Letter) qanday yoziladi? 🔹 Study Plan orqali o‘z maqsadingizni qanday asoslash mumkin? 🔹 Tavsiyanomalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash; 🔹 Grant komissiyasi e’tiborini tortadigan ariza qanday bo‘lishi kerak? 🔹 Xalqaro grantlarni qayerdan izlash va ularga qanday tayyorlanish kerak? Eng muhimi, siz shunchaki grantlar haqida ma’lumot olmaysiz — muvaffaqiyatli ariza tayyorlash uchun zarur bo‘lgan amaliy tavsiyalar va real tajribalar bilan tanishasiz! 📆SANA: 27-noyabr ⏰ VAQT: 10:30 📍 MANZIL: 101-xona
ещё
306 7 1 25 ноя, 11:19
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней