IELTS imtihonini Speaking qismidan qanday qilib yubori ball olish siri👆
Agar siz ham IELTS imtihonini Speaking qismida qiynalayotgan bo'lsangiz, sizlar uchun IELTSdan Mutlaqo bepul vebinar o'tkazayapmiz.
Bepul IELTS vebinarimizda siz:
📌 Tayyorlanishni nimadan boshlashni;
📌 Qaysi resurslardan foydalanishni;
📌 Keng tarqalgan xatolardan qanday qochishni bilib olasiz.
🔥 Vebinarda qatnashish uchun izohlarda “IELTS” so’zini qoldiring va ko'proq reaksiyalar qoldiring!🤗
✍️ Nima uchun ko‘pchilik IELTS Writing’dan qiynaladi? Writing 7.0+ olishning TOP 3 ta siri!
IELTS’dan yuqori ball olishni xohlaysiz, lekin Writing natijangiz 6.0–6.5 atrofida qolib ketyaptimi? 👀
Siz yolg‘iz emassiz! Ko‘pchilik nomzodlar ingliz tilini yaxshi bilsa ham, Writing’da yuqori ball olishda qiynaladi. Chunki bu bo‘limda faqat grammatikani bilish emas, balki fikrni to‘g‘ri tuzish, rivojlantirish va aniq ifodalash ham muhim.
🎯Xo‘sh, Writing’dan 7.0+ olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Qiyin so‘zlar emas, aniq va mantiqli fikrlar yozing
Ko‘pchilik yuqori ball olish uchun murakkab vocabulary ishlatishga harakat qiladi. Ammo so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash yoki bir xil iboralarni majburan ishlatish natijaga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
✅ Savolga aniq javob bering.
✅ Har bir fikringizni sabab va misol bilan rivojlantiring.
✅ Yangi so‘zlarni kontekstda to‘g‘ri ishlating.
Essay’ni to‘g‘ri strukturada yozing
Yaxshi essay — bu shunchaki grammatik jihatdan to‘g‘ri gaplar to‘plami emas. Unda fikrlar izchil va mantiqiy tartibda berilishi kerak.
📌 Oddiy struktura:
- Introduction: savolni parafraz qiling va asosiy pozitsiyangizni bildiring.
- Body Paragraphs: har bir paragrafda bitta asosiy fikrni tushuntiring, sabab va misol keltiring.
- Conclusion: asosiy fikringizni qisqacha umumlashtiring.
Har bir paragraf oldingisi bilan mantiqan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Yozing, tekshiring va xatolaringiz ustida ishlang
Faqat namunaviy essay’larni o‘qish Writing’ni yaxshilash uchun yetarli emas. O‘zingiz ham muntazam yozishingiz va xatolaringizni tahlil qilishingiz kerak.
✅ Haftasiga bir nechta Task 1 va Task 2 topshiriqlarini bajaring.
✅ Grammar, vocabulary, coherence va task response bo‘yicha xatolaringizni tekshiring.
✅ Bir xil xatolarni takrorlamaslik uchun ularni alohida yozib boring.
Imkon bo‘lsa, javoblaringizni IELTS mezonlarini biladigan ustozga tekshirtiring.
Agar siz ham IELTS imtihonini Writing qismida qiynalayotgan bo'lsangiz, sizlar uchun IELTSdan Mutlaqo bepul vebinar o'tkazayapmiz.
Bepul IELTS vebinarimizda siz:
📌 Tayyorlanishni nimadan boshlashni;
📌 Qaysi resurslardan foydalanishni;
📌 Keng tarqalgan xatolardan qanday qochishni bilib olasiz.
🔥 Vebinarda qatnashish uchun izohlarda “IELTS” so’zini qoldiring va ko'proq reaksiyalar qoldiring!🤗
Kurslarga pul sarflamasdan ham tayyorgarlikni boshlash mumkin. Eng muhimi — to‘g‘ri manbalarni tanlash! 🎯
1. IELTS.org — rasmiy tayyorgarlik manbasi 🎓
Bu yerda siz:
- IELTS formati bilan tanishasiz;
- Listening va Reading uchun namunaviy testlarni topasiz;
- Writing va Speaking bo‘yicha topshiriqlarni o‘rganasiz.
📌 IELTS imtihonini endi boshlayotganlar uchun
2. British Council — bepul mashqlar 📚
Listening, Reading, Grammar va Vocabulary ko‘nikmalaringizni rivojlantirish uchun foydali materiallar mavjud.
Muntazam mashq qilish orqali ingliz tilidagi tushunish va ishlash tezligingizni oshirishingiz mumkin.
📌 Til bazasini mustahkamlashni istaganlar uchun.
learnenglish.britishcouncil.org
3. Cambridge English — darajangizni sinab ko‘ring 💡
- Ingliz tili darajangizni tekshiring;
- Bepul mashqlarni bajaring;
- Turli ko‘nikmalaringiz ustida ishlang.
📌 O‘z darajasini aniqlash va zaif tomonlarini topishni istaganlar uchun.
🔗 cambridgeenglish.org
4. IELTS Liz — strategiya va tushuntirishlar ✍️
IELTS Liz orqali quyidagilarni o‘rganishingiz mumkin:
- Writing Task 1 va Task 2 bo‘yicha tavsiyalar;
- Speaking savollari va namunaviy javoblar;
- IELTS bo‘limlari uchun strategiyalar.
📌 Ayniqsa, Writing va Speaking’da qiynalayotganlar uchun.
🔗 ieltsliz.com
5. IELTS Simon — sodda va tushunarli darslar 📝
Bu resurs orqali:
- Writing uchun foydali g‘oyalarni o‘rganasiz;
- Savollarga qanday yondashishni tushunasiz;
- Javoblaringizni yaxshilash uchun tavsiyalar olasiz.
📌 Mustaqil o‘qib, o‘z strategiyasini shakllantirmoqchi bo‘lganlar uchun.
🔗 ielts-simon.com
Bepul resurslar bor. Lekin ulardan qanday foydalanishni bilasizmi? 🤔
IELTS’da yuqori ball olish uchun faqat test ishlash yetarli emas.
✅ To‘g‘ri tayyorgarlik rejasi
✅ Xatolar ustida ishlash
✅ Vaqtni boshqarish
✅ Writing va Speaking bo‘yicha muntazam feedback
Aynan shu jihatlar tayyorgarligingizni samaraliroq qiladi!