Аналитика Telegram-канала
Подписчики
109
Охват за 24 ч
61
ER за 24 ч
55,96%
Публикаций
29

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
16 ноя19 ноя22 ноя
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

02.1104.1105.1105.1112.1119.11
12
Средний охват
45
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

16
Упоминаний
14
Из них репостов
7
Каналов
Все упоминания

Последние посты

3 из 29 2 из 29
Hurmatli talabalar! ChatGPT platformasidan samarali va oqilona foydalanishingizni so‘raymiz. ChatGPT Work funksiyasidan foydalanishda 5 soatlik va haftalik (weekly) limitlar mavjudligini inobatga olishingiz zarur. Shu sababli har bir talaba o‘z vazifalarini mavjud limitlardan kelib chiqib, oldindan rejalashtirishi lozim. Quyidagilarga alohida e’tibor qarating: Oddiy ChatGPT (Chat) orqali ham ko‘plab vazifalarni bajarish mumkin. Jumladan, matn yozish, tarjima qilish, dasturlash, kodlarni tahlil qilish, loyiha g‘oyalarini ishlab chiqish va boshqa kundalik topshiriqlarni bajarishda oddiy chatdan foydalaning. ChatGPT Work funksiyasidan asosan murakkab, ko‘p bosqichli va katta hajmdagi vazifalarni bajarishda foydalanish tavsiya etiladi. Har bir topshiriq uchun Work funksiyasini ishga tushirish shart emas. 5 soatlik va haftalik limitlarni hisobga olib, Work imkoniyatlarini muhim topshiriqlar uchun saqlab qoling. Ayrim foydalanuvchilarga qo‘shimcha kredit (credit) sotib olish bo‘yicha elektron xabarlar kelishi mumkin. Bu mavjud foydalanish limitlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha kredit sotib olishga shoshilmang, avvalo mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaning. Asosiy maqsad — qo‘shimcha xarajatlarsiz, mavjud ChatGPT imkoniyatlaridan maksimal darajada samarali foydalanish.
ещё
16 1 1 19 ноя, 14:13
Assalomu alaykum, qadrli talabalar! 👋 Talabalarimiz o‘rtasida amaliy loyihalar musobaqasini e'lon qilamiz! 🚀 ⚠️ Eslatma: Ushbu tanlovda faqat “No-Code AI Lab” — Sun’iy intellekt va dasturlashsiz raqamli xizmatlar yaratish kursida ta'lim olayotgan talabalar ishtirok eta oladilar. 🏆 Mukofot jamg‘armasi: 🥇 1-o‘rin: 3 000 000 so‘m 🥈 2-o‘rin: 2 000 000 so‘m 🥉 3-o‘rin: 1 000 000 so‘m 📌 Musobaqa sharti: Har bir jamoa universitetimizdagi biror-bir muammoni aniqlab, unga amaliy yechim sifatida biror jarayonni avtomatlashtirib beruvchi tizim yoki dastur yaratishi kerak. 💡 Jamoalardan biri uchun tayyor loyiha taklifi: Xalqaro bo‘lim uchun viza nazorati tizimi. Tizim xorijiy talabalarning viza muddati tugashiga 2 hafta qolganda ularni avtomatik aniqlaydi; Talabalarning Telegram guruhiga bu haqda avtomatik eslatma yuborib turadi; Talaba xalqaro bo‘limga uchrashib, bazadagi ma’lumot yangilangach, tizim faqat bo‘limga kelmagan talabalargagina xabar yuborishda davom etadi. 🤝 Ushbu loyiha bilan qiziqqan jamoa Xalqaro bo‘limga tashrif buyurib, muammoni joyida o‘rganishi va jarayon bilan batafsil tanishib ketishi so‘raladi. ⚖️ Baholash mezonlari: 1️⃣ Ishlab chiqilgan tizimning buyurtmachi uchun amaliy foydasi; 2️⃣ Ustozning xulosasi va fikri. Barcha jamoalarga omad tilaymiz!
ещё
1 0 12 ноя, 11:58
📢 DIQQAT, TALABALAR! 💻 Git dasturini yuklab oling va o‘rnating! Git nima? Git — dasturlash jarayonida yaratilgan loyihalar va dastur kodlaridagi o‘zgarishlarni boshqarish, saqlash va kuzatib borish uchun mo‘ljallangan bepul dastur. 🚀 Git nima uchun kerak? ✅ Kodlarni boshqarish — dastur kodlariga kiritilgan o‘zgarishlarni saqlab borish. ✅ GitHub bilan ishlash — loyihalarni GitHub platformasiga yuklash va boshqalar bilan ulashish. ✅ Jamoaviy dasturlash — bir nechta talaba bitta loyiha ustida birgalikda ishlashi. ✅ Oldingi versiyalarga qaytish — kodda xatolik yuzaga kelsa, avvalgi saqlangan holatni tiklash. ✅ AI yordamida dasturlash — VS Code va GitHub Copilot orqali yaratilayotgan loyihalarda versiyalarni boshqarish. 📥 O‘rnatish tartibi: 1. Ushbu xabarga ilova qilingan Git o‘rnatish faylini kompyuteringizga yuklab oling. 2. Faylni ishga tushiring. 3. O‘rnatish jarayonini yakunlang. 4. O‘rnatilganini tekshirish uchun terminalda git --version buyrug‘ini kiriting. 🎯 Git — zamonaviy dasturchilar uchun muhim vositalardan biri. Uni o‘rganish kelajakdagi dasturlash va sun’iy intellekt loyihalarida foydali bo‘ladi. 📌 Eslatma: Git dasturini mashg‘ulotlardan oldin o‘rnatib qo‘yish tavsiya etiladi.
ещё
1 0 5 ноя, 14:50
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней