Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «Simple things ✨»

Simple things ✨
245
622
4
2
2.7K
IELTS band 7 holder 📂
Ibrat Camp participant 🔆
A year of teaching experience 👩🏻‍🏫
Student of UzSWLU 🎓
Living enthusiastically💫
Russian and Arabic learner🌝
Murojaat uchun: @things_simple_bot
Also telemetr.me/daisys_s
Подписчики
Всего
154
Сегодня
0
Просмотров на пост
Всего
78
ER
Общий
50%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 1 из 245 постов
Смотреть все посты
Пост от 07.10.2026 14:12
1
0
0
Nima uchun “xato qilishdan qo’rquv” xavfli bo’lishi mumkin?

Eng katta sabab bu mas’uliyatni olishdan cho’chish sanaladi. Xato qilishdan qo’rqqan odam na shaxsiy va na ijtimoiy mas’uliyatlarini bo’yniga ololmaydi. Doimiy “ideal natija” va “hech narsa qilmaslik” orasida suzib yuradi. Biz muvaffaqqiyat kartinasi omadsizlik qismlaridan yasalishini unutmasligimiz kerak, xato qilishdan qo’rqqan odam katta tavakkallar qilolmaydi.

Keyingi muhim sabab — qanoatsizlik. Xato qilishdan qo’rqqan odam shunchaki qo’rquvi bilan yashamaydi, balki hammadan va o’zidan ham mukammallik kutadi. Natijada hozirgi holati, sog’ligi, ko’rinishi, yashash sharoiti, munosabatlari, atrofidagi insonlari, tinchligi, farzandlari kabi qimmatli ne’matlaridan qoniqmay qo’yadi. Uni rozi qilish ham, xursand qilish ham amri mahol bo’lib ketadi. Yaxshilikni ko’rolmaydi, faqat kamchiliklarni ilib yuradigan bo’lib qoladi. Oddiy taomdan, bir burda nondan, yaxshi havodan quvonolmay qoladi.

Keyingi sabablardan biri esa arzimagan narsalar sabab tez tushkunlikka tushadi, tez taslim bo’ladi. Ishdagi, munosabatdagi, odamlardagi tabiiy xato-kamchiliklarni qabul qilolmagan odam tez tushkunlikka tushib ketadi, go’yoki butun dunyo idealu, bir uning atrofida hamma beso’naqaylar, deb o’ylaydi. Bir ish bajarsa-yu, tanqidga uchrasa ham, tez sinib qoladi. Tanqidlarni o’rinli qabul qilolmaydi. Bunaqa odamlar asab va yurak kasalligiga tez chalinsa kerak, deb o’ylayman. Hamma narsani yuragiga olaverib, o’zlarini ham, boshqalarni ham qiynashadi. Lekin shundayam asosiy muammo jamiyat yoki har xil fe’lli odamlarda emas, mana shu insonning o’zida — fikrlashi, vaziyatni qabul qilishi va past moslashuvchanligida. Inson o’zini isloh qilishga mas’ul, odamlar bir umr unga moslashib yasholmaydi. Tanqidlarni o’rinli qabul qilish, kamchiliklardan to’g’ri xulosa chiqarish va yana olg’a yurish, qo’ygan maqsaddan ortga qaytmaslik, qat’iyat kabi ko’nikmalarni shakllantirish kerak.

Va eng muhimi natija qanday bo’lishidan qat’iy nazar unga baho beruvchi, ajrlantiruvchi Zot faqat Allohligini unutmaslik kerak. Biz mukammal natijaga buyurilmaganmiz, biz qo’limizdan kelganicha harakat qilishga buyurilganmiz. Mana shu harakatimiz bizning darajamizni belgilaydi. Xato qilsak ham, qoqilsak ham, yiqilsak ham Alloh hamisha bizni qabul qiladi va arzimagan amalimizga ham ulkan darajotlar bitishi mumkin. Mezonni to’g’ri qilib olish kerak faqat.

@palmoviysad
Смотреть все посты