Аналитика Telegram-канала
Подписчики
149
Охват за 24 ч
48
ER за 24 ч
32,21%
Публикаций
58
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
17 ноя20 ноя23 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
21.1121.1122.1122.1122.1122.11
10
Средний охват
25
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
5
Упоминаний
1
Из них репостов
2
Каналов
0
Упоминаний за 90 дней
0
Из них репостов
0
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 58 2 из 58"– Sening, dedi u, qalin baroq qoshlari ostida makkor kulib turgan jigarrang ko'zlari bilan uning ko'zlarining to ichlariga qarab...
O'zi shundoq ham kimdir ko'zlarining ichiga qarashidan noqulay bo'ladigan hassos ruh edi u. Yetmaganiga, ko'zlarining ichiga bunaqa makkor va niyatining toza emasligi ma'lum bo'lgan insonlar qaraganida, u nigohini ulardan olib qochardi. Chunki, o'zi ham ta'riflab bera olmaydigan darajada ojiz his qilardi o'zini. Ruhi ozorlanardi... Qarshisida shayton aks etgan yuzlarni ko'rganida ozorlanardi u.
–...bu tulkilar, bo'rilar, ayiqlar, shoqollar, ayyorlar, makkorlar va quzg'unlar bor joylarda bu ishlarni yaxshi biladigan va yo'l ko'rsatadigan bir sohibing bo'lishi kerak!
Ko'zlarini olib qochgani bilan, quloqlari va ongi yuzda-yuz ishlab turardi. Bu gapni eshitdi-yu u bilan o'rtasida xayoliy bir devor bir zumda paydo bo'lib qolgandek tuyuldi. U hozir qarshisidagi uni sof va soddalikda ayblab, mazah qilayotganini yaxshi bilardi. Uni qo'rqitib, ojiz his qildirib, manipulyatsiya qilayotganini ham oynada o'zini ko'rgandek ko'rib turardi. "...sohibing" so'zini eshitgan onidayoq birdan shalviragan yuragi tetiklashdi, oyoqlari ostidagi yer huddi oyoqlariga kuch bergandek qaddini tikladi, tomog'idagi bo'g'ilish hissi yo'qoldi. Hamma qo'rquvlari birdan havoga tarqab yo'qolib qolgan sarobdek bo'ldi, va "mening sohibim Alloh. U meni har holimda tashlab qo'ymaydi!" dedi tinch, xotirjam ammo dadil ovoz bilan.
U har qancha nozik ko'rinmasin, uni bu dunyoda o'lim ham qo'rqita olmasligini, eshitgan voqealaridan shunchaki nozik ruhi ta'sirlanganini va bu uni sodda, o'zini eplay olmaydigan darajada qo'rqoq va ojiz, hech narsani bilmaydigan va hammaga muhtoj inson qilib qo'ymasligini qarshisidagi tushunmas edi. U nozik ruh egasi edi, ha...va u o'zidagi har bir insonga xos bo'lgan qo'rquv, achinish, rahmdillik, hayrat, muhabbat tuyg'ularini yashirib o'tirmasdi. Shisha kabi shaffof edi, lekin olmos kabi mustahkam edi. Olmos ham o'z zamonida oddiygina tosh bo'lganini, turli bosimlar ostida shakllanib, nozik ko'rinadigan, o'z jilosini saqlab qolgan, lekin mustahkam holatga kirganini, haligi baroq qoshli tushunmas edi..."
***
Nozik ruhga ega bo'lish, zariflik har doim ham ojizlik, boshqariluvchanlik, soddalik degani emas ekan.
@teskinn
ещё
2
0
1 22 ноя, 19:59
Oxirgi paytlarda 2–3 kishida bir holatni kuzatdimki, bu meni judayam hayratga soladi. Nega bunday bo‘lishini, buning tagida nima yotganini, asl sababi nimada ekanini tushunolmay, hayron qolaman.
Shaxsan o‘zim uyimdagi bir dona qoshiq ham qayerdan kelganini, nimani qaysi bozordan, qachon, qanchaga olganimni, nimani qaysi yili kim hadya qilganini — hammasini eslayman. Avtopilot rejimida yashamaslikka harakat qilaman. Kimga nima dedim, u menga nima dedi, kimga qanday niyat bilan nima gapirganim — bularning barchasi esimda turadi. O‘zimni anglab, ongli ravishda yashashga harakat qilaman.
Lekin yaqinda ba’zi ajoyib holatlarga guvoh bo‘ldim.
Masalan, bir tanishim mendan imtihoniga tayyorlanishda yordam berishimni so‘radi. Men unga bo‘sh vaqtim bo‘lishi bilan xabar berishimni aytdim. Biroz bo‘sh vaqtim paydo bo‘lganida, unga xabar berdim. Lekin bu safar uning vaqti yo‘qligini, o‘zi vaqt topganida xabar berishini aytdi. Men rozi bo‘ldim. Ammo yaqinda ko‘rishganimizda, xuddi men bu ishni ortga surib yurgandek, talabchan va sitamkorroq ohangda tayyorgarlik qachon boshlanishini so‘rab qoldi. Men unga o‘zi vaqti yo‘qligini aytganini eslatdim. Indamadi. Birozdan keyin qachon bo‘sh vaqti bo‘lishini aytdi. Kelishdik, lekin men hayratda qoldim.
Boshqa bir tanishim bilan esa yangi tanishgan paytimizda u mendan masofa saqlardi, gapirsam, gapirgisi kelmasdi. Lekin oradan ancha vaqt o‘tib, bir-birimizni yaxshiroq taniganimizda, «Boshida siz sovuq muomala qilardingiz», deb qoldi. Men shokda qoldim. Chunki aslida u bilan munosabatimiz iliqlashishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilganimni o‘zim yaxshi bilardim.
Yana bir voqea... Bir insonga o‘rganishni istagan bir ilmda yordam bera olishimni aytdim. U esa yanada malakaliroq, shu sohada diplomga ega bo‘lgan odamni qidirayotganini aytdi. «Mayli, hechqisi yo‘q», dedim. Oradan ancha vaqt o‘tgach esa: «Men o‘shanda o‘rgating deganimda, siz menga o‘rgatishdan bosh tortgansiz», deb qoldi.
***
Men maydagap odam emasman. Insonlar unutuvchidir, buni ham tushunaman. O‘zim ham ojiz insonman.
Lekin nahotki inson o‘z og‘zidan chiqqan gapni boshqaning og‘ziga qo‘yib, o‘zi emas, aynan o‘sha inson rad etgan deb o‘ylab qoladigan darajada xotirasi buzilishi mumkin bo‘lsa? Inson shu darajada unutishi mumkinmi? Yoki inson voqelikni butunlay teskari talqin qilib, o‘zi yaratgan noto‘g‘ri tasavvurni haqiqat deb qabul qiladigan darajada distorted thinking ga ega bo‘lishi mumkinmi? Buning sababi nima? Shu meni juda qiziqtiradi.
Chunki shaxsan o‘zim aniqlikni sevaman. Noaniqlik, muallaqlik, tayinsizlik va beqarorlikni yoqtirmayman. O‘z miyamda qancha beqarorlik bo‘lmasin, bu boshqalarning vaqtini olishiga, ularga yolg‘on umid berishimga yoki o‘zimdagi beqarorlik sababli boshqa insonni yarim yo‘lda qoldirib ketishimga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilaman. So‘z men uchun muhim ahamiyatga ega.
Kimdir nimadir desa, xotiram yaxshi bo‘lgani uchun yillar davomida esimda qoladi. Kim nima dedi, nega dedi, men nima dedim, nega unday dedim — bularning barchasi miyamda aniq-tiniq qayd etiladi. Keyin esa bir-biriga zid, nomutanosib gaplarni eshitganimda, katta hayrat to‘lqinlari ichida qolaman. Subhanalloh!
Biz o‘zimiz aytgan gapga ham javob bera olmaydigan bo‘lib ketdikmi yoki xotiramiz shunchalik pasayib ketyaptimi?
Eng qizig‘i, bu voqealarning barchasida odamlar mas’uliyatni o‘zlaridan soqit qilib, «ayb»ni qarshi tomonga yuklashmoqda.
Buning uch xil sababi aqlimga kelyapti, xolos:
1. Unutuvchanligi yuqori insonlar voqelikni xotiralarida o‘zgartirib, keyinchalik boshqacha talqin qilishlari mumkin.
2. Diqqat va e’tiborning yetishmasligi. Balki ular suhbatning o‘zidayoq aytilgan gaplarni noto‘g‘ri tushunib, yetarlicha e’tibor bermagandirlar.
3. Nafsning makrlaridan biri. Balki inson o‘z xatosini tan olishni istamagani uchun voqelikni o‘z foydasiga moslab talqin qilar.
Nimalardir g‘alati...
Alloh hammamizga ofiyat bersin.
___
distorted thinking - voqelikni buzib talqin qilish
delusion - xomxayol, asossiz nimagadir haqiqat deb ishonish, voqelik haqidagi noto'g'ri tasavur
@teskinn
ещё
25
0
1 22 ноя, 19:29
Hech kimni sizda bor lekin unda yo'q qaysidir rizq uchun malomat qilmang.
Kimdir sizni malomat qilsa ham aslo ko'nglingizga yaqin olmang.
Chunki bu dunyoda hamma narsa rizq. Alloh "bo'l" demagan narsani bandasi bo'ldira olmaydi!
Eslang, Qur'onda "bo'l deydi va bo'lur" deb ta'rif berilgan Zot yagona Allohdir!
***
Masalan, kimnidir farzandi yo'q bo'lsa, kimdir uylanmagani uchun, kimdir turmushga chiqmagani uchun, yoki kimdir hali hijob kiymagani uchun, kimdir hali hidoyatga kelmagani uchun, kimdir yana nimadir qilmayotgani uchun malomat toshini otmang. Balki uning rizqida siz unda malomat qilgan narsada sizdan ancha o'tib ketish bordir... Biz bir soniya keyinidan ham g'ofil bo'lgan bandalarmiz...
***
Har bir inson hayotimizga nimadir sabab bilan keladi. Ko'rinishiga yoki martabasinig past yoki balandligiga qaramang. "Bu insondan nima o'rganishim mumkin" deng.
Ba'zi bandalari borki Robbul a'lamiynning, qalblari quyoshdan ham porloqdir. Ularda Allohga mahbub nimadir bor. "Shu narsa qarshimdagi bu bandada bordir balki...."Shu izlanish bilan yashab o'ting. Shunda, izlaganimizni topib dars olamiz, yoki eng kamida mo'minlar haqida yaxshi gumon qilishga nafsimizni o'rgatib qo'ygan bo'lamiz.
Nafsing senga makr qiladi. Sen ham unga haq yo'lida makr qil.
@teskinn
ещё
5
0
22 ноя, 18:53
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней