Аналитика Telegram-канала
Подписчики
21
Публикаций
90
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
24 ноя27 ноя30 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
04.1104.1128.11
2
Средний охват
4
Лучший результат
Показаны 3 публикации — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
1
Упоминаний
1
Из них репостов
1
Каналов
12
Упоминаний за 90 дней
11
Из них репостов
3
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 90 2 из 90
Zo‘ravonliksiz jamiyat sari: hamkorlik, psixologik yordam va amaliy yechimlar
“Gender zöravonlikka qarşi 16 kunlik kampaniya” doirasida DTPI Pedagogika fakultetida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tengligini targ‘ib qilish hamda zo‘ravonlikning barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda DTPI rektori O.A. Ruziyev, “Ayol va shodlik” ayollar NNT tashkiloti masʼullari, “Taskin” ayollar markazi rahbari G. Avazova, Pedagogika fakulteti dekani R.Salomova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatçisi J.Ubaydullayeva, inspektor O. G‘ulomov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida SDC (Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi) tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan “Free Her – Surxondaryo” loyihasi doirasida “Taskin” ayollar markazi va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanganligi asosida yo‘lga qo‘yilayotgan tashabbuslar taqdim etildi.
Loyihaning muhim tarkibiy qismi sifatida institutda psixologik laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Laboratoriya xonasi uchun DTPI rektori tomonidan tegishli ilmiy va amaliy adabiyotlar taqdim etildi. “Taskin” ayollar markazi esa loyihani qo‘llab-quvvatlagani va samarali hamkorligi uchun institut rahbariyatiga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Psixologik laboratoriya va Taskin 404 – ayollar uchun yangi imkoniyat!
Hamkorlik doirasida Taskin 404 platformasi orqali DTPI psixologi tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan hamda psixologik ko‘makka ehtiyoj sezgan xotin-qizlarga psixologik yordam ko‘rsatadi.
Shuningdek, “Taskin” ayollar markazi, “Ayol” va “Shodlik” ayollar nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida “Equality: Xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishda fuqarolik jamiyati tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida “Gender stereotiplari, oiladagi zo‘ravonlik va kiberbulling: muammolar va ularning yechimlari” mavzusida interaktiv sahna ko‘rinishlari hamda forum-teatr muhokamasi o‘tkazildi.
Forum-teatr davomida ishtirokchilar kundalik hayotda uchraydigan gender stereotiplari, oiladagi zo‘ravonlik va internetdagi tazyiq holatlarini sahna ko‘rinishlari orqali tahlil qilib, muammolarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
ещё
1
0
28 ноя, 16:36
Ўзбекистон нодавлат нотижорат ташкилотлари миллий ассоциацияси ташаббуси билан Сурхондарё вилояти Таълим бошқармасида коррупцияга қарши курашиш йўналишида жамоатчилик мониторинги ва унинг натижаларига бағишланган жамоатчилик эшитуви ўтказилди.
ещё
4
0
4 ноя, 13:20
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi jamoatchilik nazorati kuchaytirilmoqda.
Bizni kuzatib boring:
Telegram | YouTube
Instagram | Facebook
ещё
1
0
4 ноя, 13:18
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней