Аналитика Telegram-канала
Подписчики
78
Охват за 24 ч
10
ER за 24 ч
12,82%
Публикаций
396
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
16 ноя19 ноя22 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
26.1001.1117.1117.1119.1121.11
3
Средний охват
7
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
7
Упоминаний
4
Из них репостов
7
Каналов
10
Упоминаний за 90 дней
6
Из них репостов
7
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 396 2 из 396
Muhabbat deganim bilsam, shunchaki
Oʻtmishni sogʻinish ekan, tushundim.
Qimorga tikilgan umrning chekin
Ishi oʻtga solish ekan, tushundim.
Tuygʻular tartibin tuzatish uchun
Ellikka yuzlashdim, keyin tushundim.
Yoshlikning bahridan oʻtmay, yozlanib,
Soʻng sokin kuzlashdim, tayin, tushundim.
Senimas, oʻtmishni sogʻinganim-u,
Hech kim emasliging ayon, tushundim.
Keraksiz tuygʻuni koʻtarib yurib
Zarurini, bilmam, qayda tushirdim?
Zarurini, bilmam, qayda tushirdim...
Dilsoʻz Azimova
@taraddud
ещё
7
0
21 ноя, 08:39
Ufqlar ortida zangori yöl bor,
Balki u xayolim, balki afsonam.
Pokiza kunlarin şu yölga boğlab,
Keçmoqda qismatim — yölovçi sanam.
Ufqlar ortida zangori yöl bor…
Yuragim vujuddan ketar sitilib,
Yaşayman kimningdir yodidan qoçgan –
Adaşgan arvohday unga intilib.
Ufqlar ortida zangori yöl bor…
Ruhimni izlayman, qayda u, evoh?
Osmon, yulduzlarning qabrini körsat,
Unda kömilganmi ruhim begunoh?
Ufqlar ortida zangori yöl bor,
Ölim erk ustiga qadalgan tuğdir.
Ketaman, qontalaş ufq ortiga,
Xayolim munavvar, yölim yoruğdir.
Ufqlar ortida zangori yöl bor,
Hayqir, dalli dilim, sen neçun nigun?
Nega jim keçasan, la’livaş qonim,
Sen kimni izisan, közimdagi mung?
Ufqlar ortida zangori yöl bor…
* * *
Halima, uyğongin,
Halima, uyğon!
Men senga yarim tun qamar keltirdim.
Xudo tomondagi dariçani oç,
Maşrabdan qadimiy daftar keltirdim.
Ğamginsan, ma’yussan, parişondursan,
Ğamni öldirguvçi zahar keltirdim.
Xazinam yöq deding,
noçorman, deding,
Laylining ganjidan gavhar keltirdim.
Kel deding, kelmadi,
endi özing bor,
Bolalik tomonga safar keltirdim.
Quşlar ovozida soğinçing qolgan,
Bulbullarga töla sahar keltirdim.
Ruhingni kuzlarga öğirlatganding,
Senga yangi ruhi dilbar keltirdim.
Özingni zulmatdan ajratib ol, deb,
Uning nigohidan nazar keltirdim.
Hijron aççiqligin sezmaysan endi,
Majnun dökonidan şakar keltirdim.
Ğam yema, ey mening Zulayho könglim,
Oşiq Yusufingdan xabar keltirdim.
Halima AHMAD
@taraddud
ещё
1
0
19 ноя, 18:29
#yangi
ONA
Bugun kelib, ertaga yana
Ketadirman koʻzingni yoshlab.
Tovoningga kiradi, ona,
Diydam kabi shafqatsiz toshlar.
Mehmon kutgan odamday shoshib,
Yashirasan kamingni xursand,
“Nima ovqat tusaydi koʻngling?
Uy nonini sogʻingandirsan…”
Koʻzlaringga qaray olmadim,
Bu munglarning yakuni yoʻqday.
Olislasam, qochdi omadim,
Peshonamga qarolar yuqdi.
Bugun kelib, ertaga yana
Huvullatib ketaman koʻksing,
Goh sovuqdan noliyman, goho
Bardoshingdan ketaman oʻksib…
Sen qolarsan, koʻnglingni tinglar
Pastqam devor, oy balqqan kecha.
Kumush soching koʻrsatib shamol
Roʻmolingni iznsiz yechar.
Ayozdanmas oyoq ogʻrigʻing,
Qoʻling erta tark etgan darmon,
Nechun tunlar beoromliging
Hech kim bilmasa ham
bilarman.
Adolat shart xudbin holimga –
Bugun oʻzim otaman axir.
Pichirlayman erka bolamga:
“Toshbagʻir boʻl,
biroz toshbagʻir…”
2026-yil, noyabr
✍️Rashid XOʻJAMOV
ещё
2
0
17 ноя, 17:42
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней