Аналитика Telegram-канала
Подписчики
157
Охват за 24 ч
30
ER за 24 ч
19,11%
Публикаций
767
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
22 окт25 окт28 окт
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
09:4410:4411:4412:4414:0215:00
1
Средний охват
1
Лучший результат
Показаны 6 публикаций за 28 октября
Больше статистики →
Упоминания
81
Упоминаний
22
Из них репостов
8
Каналов
32
Упоминаний
7
Из них репостов
15
Каналов
Последние посты
3 из 767 2 из 767
Prezident Olimpiadasi ğoliblari OTMlarga imtihonsiz qabul qilinadi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Toşkentdagi Olimpiya şaharçasida Prezident Olimpiadasining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdi. Tadbirda Prezident Olimpiadasida ğolib bölib, Özbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvçilari oliy taʼlim muassasalarining sport yönalişlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinişi maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, ikkinçi bor ötkazilayotgan uşbu musobaqada 3,5 mingdan ziyod yoş sportçi olimpiya va paralimpiya yönalişidagi 26 ta sport turi böyiça bellaşadi. Ularga 1,5 ming nafar murabbiy hamrohlik qilmoqda.
Yangi tartibga köra, kelgusi yildan birinçi örin sohiblariga 25 million söm, ikkinçi örin uçun 12 million söm, uçinçi örin uçun esa 6 million söm pul mukofoti beriladi.
Şuningdek, har yili musobaqa ğoliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro öquv-maşğulot yiğinlariga yuboriladi. Kelasi yildan ğoliblarga bir yillik stipendiya ham tayinlanadi. Kelgusida musobaqadagi sport turlari soni 35 taga yetkazilib, unda 14–17 yoşli öquvçilar iştirok etadi.
Marosim yakunida Şavkat Mirziyoyev 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini oçiq deb eʼlon qildi va musobaqa maşʼalasi yoqildi.
Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
ещё
1
0
28 окт, 15:00
Toşkentda ösmirlar yarim tunda xonadonlar qönğiroğini çalib, aholini bezovta qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentda nomaʼlum yigitlar tunda köp qavatli uylarning kiriş qismida yurib, xonadonlar qönğiroğini çalib, eşik tutqiçlarini tortayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Yunusobod tumani Içki işlar boşqarmasi izoh berdi.
Qayd etilişiça, hodisa 26-oktabr kuni soat 00:30 atrofida Yunusobod tumanining 10-mavzesidagi köp qavatli uylardan birida sodir bölgan. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar maʼlumotiga köra, 16 yoşli uç nafar ösmir şu binoda yaşovçi tanişini qidirib, adaşib boşqa binoga kirgan. Ular bir neça bor xonadonlardan birining qönğiroğini çalib, aholini bezovta qilgan.
Ösmirlar notöğri manzilga kelganini anglagaç, u yerdan ketgan. Şuningdek, ulardan xavfli buyumlar topilmagan.
Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tumani Içki işlar boşqarmasi xodimlari tomonidan tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
ещё
1
0
28 окт, 14:02
🇺🇿🇹🇷 Toşkentda yoşlar uçun “Bilim Toşkent” markazi oçildi
Toşkent şahar Yoşlar markazida Özbekiston va Turkiya hamkorligida taşkil etilgan “Bilim Toşkent” ilm-fan va texnologiyalar markazi faoliyati yölga qöyildi.
Oçiliş marosimida Yoşlar işlari agentligi direktori Alişer Saʼdullayev, Toşkent şahar hokimi örinbosari Durdona Rahimova, Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamğarmasi Boşqaruv kengaşi raisi Elvan Kuzuju Hıdır hamda Turkiyaning Özbekistondagi elçisi Ufuk Ulutaş iştirok etdi.
Markaz Yoşlar işlari agentligi, “Beş taşabbus loyiha ofisi” va Turkiya Texnologiya Jamoasi Jamğarmasi hamkorligida taşkil etilgan.
📚 Markazda yoşlar nimalarni örganadi?
— Aniq fanlar, aviatsiya va kosmik texnologiyalar;
— Robototexnika va sunʼiy intellekt;
— Xorijiy tillar va muloqot könikmalari;
— Xalqaro taʼlim va mehnat bozoriga tayyorgarlik.
Markaz yoşlarning texnologik bilimlarini oşiriş, amaliy könikmalarini rivojlantiriş va kelajakdagi ixtiroçilarni tayyorlaşga xizmat qiladi. Bu taşabbus özbekistonlik yoşlar xalqaro musobaqalarda, jumladan, “FIRST Global Çallenge 2026” jahon çempionatida qatnaşayotgan bir paytda amalga oşirildi.
Telegram 📸Instagram ✅Facebook 📹 YouTube
ещё
1
0
28 окт, 12:44
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней