Аналитика Telegram-канала
Подписчики
13 644
Охват за 24 ч
1,1K
ER за 24 ч
7,83%
Публикаций
3 754

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
7 ноя10 ноя13 ноя
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

03.1105.1105.1105.1106.1108.11
394
Средний охват
943
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

1 673
Упоминаний
728
Из них репостов
256
Каналов
Все упоминания

Последние посты

3 из 3 754 2 из 3 754
Rossiya Abu-Dabidagi Ukraina bilan muzokaralarda delegatsiyasi darajasini oshirdi Rossiya 10-11-noyabr kunlari AQSh vositachiligida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan Ukraina bilan muzokaralarga avvalgi uchrashuvlarga nisbatan yuqori darajadagi delegatsiyani yubormoqda. Bloomberg nashriga ko‘ra, bu bir necha oylik diplomatik turg‘unlikdan so‘ng Moskvaning mazmunli muzokaralarga tayyorligini ko‘rsatishi mumkin. Rossiya delegatsiyasi tarkibiga avvalgi muzokaralarda qatnashgan delegatsiya rahbari V.Medinskiy, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari M.Galuzin va Bosh shtab vakili I.Kostyukov bilan bir qatorda yangi vakillar - tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari S.Ryabkov hamda Qurolli Kuchlar Bosh shtabi Operativ boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Jigarlovskiy ham kiritilgan. S.Ryabkov Rossiya TIVda AQSh va Eron bilan munosabatlar, shuningdek, qurol-yarog‘ ustidan nazorat masalalariga mas’ul. Uning muzokaralarga jalb etilishi Moskva siyosiy masalalar bilan bir qatorda harbiy va strategik xavfsizlik masalalarini ham muhokama qilishga tayyorlanayotganidan dalolat berishi mumkin. Ukraina delegatsiyasiga Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi R.Umerov rahbarlik qiladi. Delegatsiya tarkibidan Prezident ofisi rahbari K.Budanov va «Xalq xizmatkori» partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari D.Araxamiya ham o‘rin oladi. Shu bilan birga, Yevropa vakillari Yevropaning yangi xavfsizlik arxitekturasini muhokama qilish faqat Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi to‘xtatilganidan keyingina mumkinligini ta’kidlamoqda.
ещё
171 0 1 8 ноя, 12:04
Demokratlarning Kongressdagi g‘alabasi: AQShning Yaqin Sharq siyosatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda? Demokratlarning AQSh Kongressidagi saylovlarda muvaffaqiyat qozonishi ortidan Vashingtonning Yaqin Sharq siyosatida bir qator o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Ekspertlar prognozlariga ko‘ra, demokratlar Kongressdagi mavqeidan foydalanib, Donald Tramp ma’muriyatining mintaqaviy siyosatiga nisbatan institutsional va moliyaviy bosimni kuchaytirishga intiladi. Bunda asosiy e’tibor Eron bilan davom etayotgan urush, Isroilga harbiy yordam va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan munosabatlarga qaratiladi. Kutilayotgan jarayon AQSh tashqi siyosatining keskin o‘zgarishidan ko‘ra, Oq uyning Yaqin Sharqdagi harakat erkinligi cheklanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Birinchi navbatda, Eron bilan urushni to‘xtatish masalasi demokratlarning Kongressdagi asosiy siyosiy ustuvor yo‘nalishiga aylanishi kutilmoqda. Yangi Kongress yanvar oyida ish boshlagach, demokratlar Pentagon uchun ajratiladigan mablag‘lardan foydalanish shartlarini qayta ko‘rib chiqishga va Eronga qarshi harbiy operatsiyalarni moliyalashtirishni cheklashga urinishi mumkin. Xususan, harbiy harakatlarni davom ettirish uchun mablag‘ ajratishni taqiqlovchi qonunchilik tashabbuslari, War Powers Resolution mexanizmini qo‘llash va urushning Kongress roziligisiz boshlanganligi yuzasidan parlament tekshiruvlarini kuchaytirish ehtimoli mavjud. Biroq bu jarayonning natijasi kafolatlanmagan: Tramp prezidentlik vetosidan foydalanishi, demokratlar esa uni bekor qilish uchun zarur bo‘lgan uchdan ikki ovozni to‘play olmasligi mumkin. Shu sababli demokratlarning asosiy strategiyasi urushni bevosita taqiqlashdan ko‘ra, uni davom ettirish uchun zarur moliyaviy va siyosiy sharoitlarni murakkablashtirishga qaratilishi ehtimol. Ikkinchi muhim yo‘nalish - Isroilga ko‘rsatilayotgan Amerika harbiy yordamini qayta ko‘rib chiqish va unga qo‘shimcha shartlar kiritish masalasi. Demokratik partiya ichida Tel-Avivga harbiy yordamni cheklovlarsiz davom ettirish borasidagi kelishmovchiliklar kuchayib borayotgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan ayrim turdagi og‘ir aviabombalarni yetkazib berishni cheklash, Amerika qurollaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va G‘arbiy Sohildagi zo‘ravonliklarga aloqador isroillik ko‘chmanchilarga nisbatan sanksiyalar joriy etish tashabbuslari ilgari surilishi mumkin. Bundan tashqari, 2028-yilda amaldagi harbiy yordam kelishuvining muddati tugashi munosabati bilan yangi o‘n yillik bitimni muhokama qilishda Vashington qat’iyroq shartlarni ilgari surishi ehtimoldan xoli emas. Shunga qaramay, yaqin istiqbolda Isroilga harbiy yordamning butunlay to‘xtatilishi emas, balki uning hajmi, yo‘nalishlari va foydalanish shartlari ustidan nazorat kuchayishi kutilmoqda. Uchinchi yo‘nalish - Tramp ma’muriyatining Fors ko‘rfazi davlatlari bilan moliyaviy va biznes aloqalarini parlament tekshiruvidan o‘tkazish. Demokratlar, xususan, Trampning kuyovi Jared Kushner boshqaruvidagi Affinity Partners investitsiya kompaniyasi hamda Saudiya Arabistoni, BAA va Qatar suveren fondlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarga alohida e’tibor qaratishi mumkin. Shuningdek, Qatar tomonidan AQSh prezidentiga foydalanish uchun taqdim etilgan, qiymati qariyb 400 million dollarga baholangan samolyot masalasi ham qayta muhokama qilinishi ehtimoli bor. Bu jarayon Fors ko‘rfazi monarxiyalari bilan Vashington o‘rtasidagi munosabatlarga bevosita ta’sir qilmasa-da, Tramp ma’muriyatining mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy kelishuvlari ustidan qo‘shimcha nazorat shakllanishiga olib kelishi mumkin. Natijada Oq uy ayrim strategik qarorlarni qabul qilishda ichki siyosiy va huquqiy omillarni ko‘proq hisobga olishga majbur bo‘ladi. To‘rtinchi yo‘nalish - Pentagon va Oq uyning tashqi siyosatdagi qarorlarini parlament nazorati ostiga olish. Demokratlar Kongress qo‘mitalarining vakolatlaridan foydalanib, ma’muriyat vakillarini eshituvlarga chaqirish, harbiy operatsiyalar bo‘yicha ma’lumot talab qilish va Pentagon faoliyatini tekshirishni kuchaytirishi mumkin. Bunda mudofaa vaziri Pit Xegset hamda Eron bilan urushni rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan mansabdor shaxslar alohida e’tibor markazida bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim demokrat qonunchilar tomonidan Xegsethga nisbatan impichment tashabbusini qo‘llab-quvvatlash ehtimoli ham mavjud. Shu bilan birga, Senatdagi demokratlar Pentagon va Yaqin Sharqdagi diplomatik vakolatxonalar uchun yangi nomzodlarni tasdiqlash jarayonini kechiktirish yoki bloklash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa Tramp ma’muriyatining harbiy va diplomatik kadrlar siyosatida qo‘shimcha to‘siqlarni yuzaga keltirishi mumkin. Umuman olganda, demokratlarning Kongressdagi ustunligi AQShning Yaqin Sharq siyosatida yangi ichki siyosiy muvozanatni shakllantirishi mumkin. Eron bilan urushni moliyalashtirish, Isroilga harbiy yordam shartlari va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan moliyaviy munosabatlar endilikda nafaqat tashqi siyosat, balki Vashingtondagi ichki siyosiy kurashning ham muhim mavzulariga aylanadi. Bu holat Tehron uchun AQShning harbiy qarorlar qabul qilish jarayonida qo‘shimcha siyosiy cheklovlar paydo bo‘lishini anglatishi mumkin. Biroq demokratlarning Kongressdagi g‘alabasini Trampning mintaqaviy siyosati to‘liq o‘zgarishining kafolati sifatida baholash erta. Strategic Focus: Central Asia
ещё
208 1 6 ноя, 08:07
Demokratlarning Kongressdagi g‘alabasidan so‘ng Tramp ma’muriyatiga Eron bilan urushni to‘xtatish, Isroilga harbiy yordamni qayta ko‘rib chiqish va Fors ko‘rfazi davlatlari bilan aloqalarni tekshirish bo‘yicha bosim kuchayishi kutilmoqda. Bu Vashingtonning mintaqadagi siyosatiga qanday ta’sir qiladi? Batafsil tahlil ertaga e’lon qilinadi. Strategic Focus: Central Asia
ещё
274 0 1 1 5 ноя, 20:11
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней