Телеграм канал ''




282 подписчиков
0 просмотров на пост


Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 797'166 каналов
  • Доступ к 318'681'202 рекламных постов
  • Поиск по 1'272'050'321 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 67 постов

Видео/гифка, 10 сек,
Видео/гифка, 18 сек,
Видео/гифка, 9 сек,
Видео/гифка, 10 сек,
Жума_ва_арафа_муборак

Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва баракатуҳ!

Зулҳижжа ойининг иккинчи Жумаси ва Қурбон ҳайитининг арафа куни муборак бўлсин!

Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” ва "Арафа" куни муборак бўлсин.
Яқинларимизни табриклашни унутманг!
@inglizcha_idiomalar
Видео/гифка, 20 сек,
#Эслатма
#Тарқатинг

❗️Эртага 8-июль, Арафа кунида роза тутишга шошилинг


👉 t.me/PATRUL_UZ
Видео/гифка, 60 сек,
#Black_World🖤
Odamlarga ham doim ham maslahat kerak emas....
Ba'zida yordam beruvchi qo'l
Tinglovchi quloq
Tushunuvchi qalb kerak....
XIYONAT ( 14 Yakuniy Qism )

-O'lsam qutulamanmi sizdan..
-Buni iloji yo'q. Chunki men ham tezda ortingdan yetib boraman..
-Ahmoqsiz. Nega tushunishni hohlamaysiz. Bizni birga bo'lishimiz mumkinmas.
-Nima uchun folchi xolalaring shunday dedimi
-Meni unaqa xolam yo'q.
-Bo'ldida bo'lmasa.
Feruza xiyobon atrofida joylashgan o'rindiqqa o'tirib boshini ushlab oldi.
-Yaxshilikcha taslim bo'l bo'lmasa seni hech qachon tinch qo'ymayman.
Bu safar Feruza indmadi.
-Nima qilamiz barini boshidan boshlaymizmi.
U yana jim.
Mayli o'zing bilasan agar rozi bo'lmasan hozir hammani yonida seni sevaman deb bor ovozimda baqiraman.
-Bilganingizni qilmaysizmi.
Feruza ketib qoldi.
-Qo'lidan kelmaydi deb o'yladi shekilli. Mayli ko'ramiz.
Feruuuuuz men seni sevaman bor ovozida baqirdi u. Ko'chadagilar unga qarab kulib qo'yishdi.
Feruza esa jinni ahmoq deya yo'lida davom etardi. Atrof to'la qiz meni Feruzaligimni kim bilib o'tiribdi.
-Qizil ko'ylak qora sumkadagi Feruuuuzaaaaa seni sevamaaaaaaaaan.
-Esingizni yeganmisiz nima balo.
-ho'sh rozimisan .
-Nima qilsa bo'ladi bu telbani
Farruh indamay jilmayib turaverdi.
Feruza ham ortiq chidab turolmadi.
-Ha roziman deb yubordi kulib .
-Yeeest. Seni sevaman..
-Bo'ldi shilqim. Ko'rganlar nima deb o'ylaydi.
-Bu bilan ishim yo'q.....

Feruza butunlay o'zgardi. Qalbini haqiqiy muhabbat qamrab olgandi. O'tmishini unutishga ikkisi ham o'zlarida kuch topa olishdi. Farruhning chin sevgisi uni ortga qaytardi. Endi u bor mehrini Farruhdan ayamasdi. Ishdan kelishini intizorlik bilan kutar huddi yillab ko'rishmagandek sog'inchni his qilib qarshi olardi uni.
Shunday kunlarning birida Farruh ishga ketdi. Feruza tushlik qilishi uchun taom tayyorlab berib yuborgandi .
Tushlik vaqti bo'lgach oshxonaga o'tib idishinj ochdi. Taomning yoqimli isi dimog'ini qitiqlay boshladi.
-Iye bu nima kindermi. Ovqat ichida nima qilyapti. U qiziqib sal sariq tuxum ko'rinishidagi kinderni ochdi. Ichidan bir parcha qog'oz chiqdi. Adajonisi charchamadingizmi sizni judayam sog'indim. Haligi malol kelmasa ko'ylagingizni cho'ntagiga bir qarab qo'ysangiz.
Farruh hayron bo'lib cho'ntagidan ham qog'ozcha oldi. Uzur bugun kayfiyatim zo'r siz bilan biiir hazillashgim kkeldida. Mayli shimingizni orqa cho'ntagida....
Farruh jinnivoy deya tinmay kulardi. Hech kimga etibor bermay shimidagi qog'ozni ham oldi. Bo'ldi boshqa aldash yoq. Bu narsa sizni albatta xursand qiladi. Ro'molchangizni ichida sizni ajoyib sovg'a kutyaptiiiii.
Farruh ovqatni ham unitib ro'molchasini qo'liga oldi....
Tabriklayman biz 8 haftalik bo'ldik...
Farruh uchun haqiqiy xursandchilik boshlandi. Ishdan xush kayfiyatda uyga qaytar ekan yo'ldan bir buket gul va Feruza yaxshi ko'radigan shirinliklardan sotib oldi....


#TAMOM

Oila muqaddas qo'rg'on. U hiyonatni aslo kechirmaydi . Jazo muqarrar.
Bu dunyoda nimaiki qilmang barini javobini berasiz. Yigitlar hech kim bilan yurmagan iboli hayoli qizlarni orzu qilishadi. Ammo o'zlarichi??? Shunga amal qilishadimi? Hech qachon. Bilamaydilarki Muqaddas kitobimiz Qur'oni Karimda ham aytilgan Pok ayollar Pok erkaklar uchun deb. Bo'lar ish bo'lgandan keyin qayerda xato qildim deb o'ylash mutlaqo befoyda.
Shuning uchun azizlarim barchamiz to'g'ri yo'lda yuraylik. Olloh tomonidan taqdirimizga bitilgan juftlarimiz bilan baxtli bo'laylik.
E'tiboringiz uchun raxmat.


#sirli_qizaloq
XIYONAT ( 13 Qism )

6 oydan so'ng.

-Nega kiyinib olding qizim.
-Uyda siqilib kettim. Biroz aylanmoqchiman.
-Bir o'zing borma ana Xusnorani chaqir u ham uyda qachondan beri o'qishi ham tugagan.
-Hop oyi xolamlarnikiga kirib olib ketaman uni ham.
-Qayerga bormoqchisan o'zi.
-Bilmasam kinogami xiyobongami keyin muzqaymoq yermiz Gangada.
-Mayli faqat ehtiyot bo'lgin.
-Hop.
-Mayli oyi men kettim
-To'xta mana buni ol.
-Kerakmas pulim bor.
-Olaversangchi dadang berdi.
-Jahllari chiqmadimi uydan chiqayotganimga.
-Jinnimisan nega jahli chiqadi. Qanchalik yaxshi korishini bilmasang ekan.
-Mayli yaxshi o'tiringlar
Feruza xolasinikiga emas boshqa tomonga qarab yurdi. O'tgan 6 oy uni ancha o'zgartirdi. Avvalgi Feruzadan asar ham qolmadi . Farruh uni olib ketishga juda ko'p harakat qildi ammo Feruza bunga ro'yxushlik bermadi. U qabrlarni bir bir oralab o'tar ekan jajji qabrcha oldida to'xtadi. O'sha yerda o'tirib tilovat qildi. U yerda yangi o'yinchoqlar paydo bo'libdi. Feruza Farruh aka kelibdilarda deb jilmayib qo'ydi.
Qani endi vaqtni ortga qaytarishni imkoni bo'lsa. Qani endi yana hammasini yangitdan boshlashga o'zimda kuch topa olsam. Yo'q bu meni qo'limdan kelmaydi. Farruh aka mendayin xiyonatkor ayolga munosib emas. Hali o'zlariga mos baxtini albatta topadilar. Bunga ishonaman.
Feruza ko'chaga chiqsam ancha yengil tortaman deb o'ylagandi. Ammo adashgan ekan battar qiynalgani qoldi.
-Qizim uhlamaypsanmi.
-Yoq oyi kiravering..
-Haligi meni dadang yuborgandi.
-Nega tinchlikmi .
-Qizing bilan gaplash balki fikridan qaytar deb.
-Yoq meni qarorim qat'iy.
-Bo'lmasa ertaga sudga ariza bermoqchi dadang.
-Mayli beraversinlar. Baribir bir kun shunday bo'ladi ..
Oyisi yana nimadir deyishga og'iz juftladiyu yana indamay ortiga qaytdi.
Feruza esa chuqur xo'rsinib uhlab qoldi....

-Aka nima qilyapsiz
-Kiraver Sunnat
-Mana bun xat sizni nomizga kelibdi...
-Nima ekan.
-Bilmasam.
Farruh ukasini chiqarib yuborib xatni qo'liga oldi suddan ekan...
Yuragi siqilib kanvertni ochdi...
Ajrim xaqidagi ariza ertaga soat 11 ga chaqirishibdi .
Ey hudoyim o'zing to'g'ri yo'l ko'rsat . Meni ajrashadigan xotinim yo'q....

-Sizlar chiqib ketishingiz mumkin. Yoshlarni o'zi bilan gaplashib olamiz ..
-Ho'sh Farruh Ahmedov nima sababdan ajrashmoqchisiz....
-Kechirasiz meni ajrashish niyatim yo'q.
Advokat ayol ko'zoynagini olib unga qaradi. Keyin huddi shu savol bilan Feruzaga yuzlandi.
-Shunisi yaxshi ikkimizga ham.
-Feruza meni nomimdan ham qaror chiqarma men sen bilan hech qachon ajrashmayman.
-Men ajrashaman.
-Tinchlaning bunga arzirli sababingiz bormi.
- ha bor dedi alam bilan Feruza.
Sabab men erimga hiyonat qildim...
-Yolg'on hech qanaqa xiyonat yo'q. Ajrashish uchun shu bahonani o'ylab topding
Feruza yig'lab yubordi..
-Hmm tushunarli sizlarni masalangizni o'rganub chiqqan xolda ajrim ishlarini bir yil muddatga qoldiramiz.
-Raxmat sizga. Farruh jilmayib qo'ydi.
Feruza esa xonadan chiqib ketdi.
-O'ylaymanki Farruh Ahmedov bir yildan so'ng qaytib ko'rishmaymiz..
-Sizga vada beraman. Mehmonga albatta chaqiraman.
-Eh yoshlar yoshlar... Turmushni ham o'yinchoq qiladi bular.


Davomi bor...
#sirli_qizaloq
XIYONAT ( 12 Qism )

-Ketman qizim iltimos. Hali hammasi yaxshi bo'ladi.
-Yo'q oyijon meni majburlamang.
-Hop hech bo'lmasa Farruh kelsin.
-Qololmayman meni qiynamang.
Manzura opa zinada yig'lagancha qolaverdi...
-Oyi sizga nima bo'ldi. Tobingiz yo'qmi.
Boshini ro"moli bilan siqib bog'lab olgan Manzura opaga havotirli boqib so'radi Farruh.
-Ko'zimga ko'rinma.
-Oyi tinchlikmi.
-Sen bola to'g'ri yurganingda hozir kelinim shu uyda bo'lardi.
-Feruza
-Ketdi u...yo'q..
-Nega ketadi qayoqqa ketadi.
Bo'ldi oyijon siz siqilmang men olib kelaman uni.
-Uyga qizimsiz qadam bosma.
Bo'lmasa bergan tarbiyamga rozimasman.
-Oyiii bu nima deganingiz.
Farruhni boshi huvillay boshladi.
-Aytadiganimni aytdim.
Farruh shu alfozda xotining uyiga qarab yo'l oldi.
Avvaliga yaxshi gapirib vaziyatni yumshatmoqchi bo'ldi. Qaynonasi ichkariga kiritmagach avzoyi o'zgarib baqira boshladi.
-Nega ketadi. Kim ruhsat berdi unga. Men haliham qonuniy eriman. O'lganim yo'q. Feruzaning dadasi chiqb ayoliga sen kiraver deb ishora qildi.
-Sizni ham tushunib turibman o'g'lim. Hozir hech qaysi biringizga oson emas.
Mayli uch to'rt kun shu yerda tura tursin. Ancha o'ziga kelib oladi. Keyin yana gaplashib bu masalani hal qilamiz
-Hop dada
Farruh boshqa hech narsa deyolmadi. Yo'lda ketarkan Feruzaga bir necha marotaba qo'ng'iroq qildi. Ammo hech kim javob bermadi.
Yo'l yo'lakay qayerga borishni bilmay yaqin do'stinikiga qarab yurdi.
U bilan ko'rishmaganiga ham ancha bo'lgandi. Anvar uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Farruhning avzoyini ko'rib anavi shishadan ham olib chiqdi.
-Yo'q Anvar men ichmayman.
-Ey jo'ra bir kelib qolibsanda . Menikiga har kuni kelib yuribsanmi ancha yengil tortasan ahvolingni qara kim aytadi seni... Ehhh mayli. Qani ol.
-Oldik...
-O'zi nima bo'ldi gapirchi.
Ichkilik ularning ikkisiga ham o'z ta'sirini o'tkazib borayotgandi.
-Xotinim ketib qoldi.
-Hehh shunga shilvirab yuribsanmi. Ketgan bo'lsa qaytadi.
-Yo'q u qaytmaydi
-Ee o'zing ahmoqsan.
Boshidan qattiq turishing kerak edi unga. Sen o'zing uni boshinga chiqarib olgansan. Nima desa ho'p bo'ladi deb. Eng so'nggi rusumdagi telefon... Yangi ochilgan restoran hech narsa qolmadi. Qani qadringga yetdimi. Agar seni zarracha hurmat qilganida ketmagan bo'lardi bilsang.
-To'g'ri...
-Mana meni xotinim chizgan chizig'imdan chiqmaydim qani chiqib ko'rsinchi o'ziga jabr qiladi.
Farruh u bilan yarim kechagacha o'tirib g'irt mastga aylandi.
Yana shu ahvolida Feruzlarnikiga yo'l oldi.
Qorong'uda temir darvozani zarb bilan urb taqqilata boshladi. Bor ovozida Feruza deb baqirardi. Birozdan so'ng hovliqqancha dadasi chiqdi. Ko'chadagi shovqinni eshitib qo'shnilar ham uyg'ongandi.
-Sen bu yerda nima qilyabsan.
Asablari buzila boshladi Hojimurod akani.
-Xotinimni olib ketgani keldim.
-Feruza chiq dedim senga
-G'irt mastsan bor uyinga ertaga gaplashamiz.
-Men hozir olib ketaman.
-Ket dedim senga.
Farruh kayf ustida qaynotasini itarb yubordi. Bunga javoban qo'shni yigit shunaqangi musht tushirdiki u yerga yuztuban yiqildi. Bu manzarani oynadan kuzatib turgan Feruza ham pastga tushdi.
-Dada...dada sizga hech nima bo'lmadimi.
-qizim sen ichkariga kir.
Feruza titragancha uyga kirdi.
U telefonni oldida qudasiga qo'ng'iroq qildi.
-Assalomalekum Hojimurod aka tinchlikmi shu mahalda..
-Tinchlikmasda quda ..
O'g'lingiz ichib kelib mahalani boshiga ko'tarib janjal qilyapti.
-Yoge..
-Ha olib keting unu yo'qsa o'zimga javob berolmayman.
-Mayli quda hozir...hozir yetib boraman....

Davomi bor...

🍁
#sirli_qizaloq
XIYONAT ( 11 Qism )

-kelinimni ahvoli yaxshimi doktor.
-Bilasizmi bu yerdan olib ketganingiz maqulmikin uni.
-Nega nima bo'ldi.
-Palatadagilarning hammasining farzandi bag'rida. Ularni ko'rib battar ezilyapti. Shuning uchun uyga olib ketganingiz ma'qul deb o'ylayman.
-Mayli doktor. Tushunarli..
Farruh bitta mashina gaplash Feruzani olib ketamiz.
-Hop oyi.
Farruh Feruzani ko'rib yuragi muzlab ketdi. Uch kun ichida shunchalik o'zgarish mumkinmi.
O'sha kundan beri u Feruzani oldiga kirmagandi. To'g'rirog'i jur'ati yetmadi. Uni ko'zlariga qarashga kuch topolmasligiga ishondi. Uyga kelgach ham yurak yutib unga bir og'iz gapirolmadi. Feruza birov sudragudek bo'lib uyiga kirib ketdi. Ko'zlari xissiz ma'nosiz boqardi atrofga. Hamma yoq oq va qora rangga burkanib olgandek go'yo.. kech tushdi. Farruh tushundi butun umr undan qochib yurolmasligini.
-Feruza yur ovqatlanib ol...
-....
-Hohlasang shu yerga olib kelaman.
-Keragi yo'q. Hech narsa yemayman.
-Bunaqada kasal bo'lib qolasanku.
-Shunisi yaxshi .
-Kechir o'sha kuni men nohaqlik qildim. Meni deb..
-Bo'ldi keragi yo'q. Endi kech judayam kech.
-Iltimos unday dema.
-Biz gunohlarimizga yarasha jazoni oldik. Faqatgina hali tug'ilib yorug' dunyoni ko'rishga ham ulgurmagan norasida badal to'ladi biz uchun. Shunisi alam qilyapti. Unda nima ayb edi. Meni jonimni olsa bo'lmaamidi undan ko'ra.
-Unday dema jonim Feruz unaqa dema. Sen menga hali ko'p keraksan. Seni hech qayoqqa qo'yib yubormayman. Kechir iltimos meni kechir.
-Chiqib keting meni yolg'iz qoldiring iltimos meni tinch qo'yiiiing .
-Hop hop faqat yig'lama iltimos sen menga keraksan. Men ketaman.
Farruh tashqariga chiqib ketdi. Ichidan toshib kelayotgan alamni bosib turolmadi.
Ularni ko'rib ota onalari ham ezilib ketishdi.
-Nega bunday bo'ldi dadasi. Ahir hammasi yaxshi ediku. Nima bo'ldi farzandlarimizga . Qachob bunchalik begonalashib ulgurishdi.
-Siqilma onasi. Suv ham bir loyqalanib tinadi. Peshonasida bor ekan shu kunlar ham... hammasi o'tib ketadi. Vaqt hamma narsaga davo u oliy hakam.
-O'tib ketsin hammasi yana avvalgidek o'z holiga qaytsin.
-Ilohim onasi ilohim aytganing kelsin.

Feruza tizzalarini quchib o'tirganicha uzoq hayollarga berildi. Bir yarim yillik hayoti ko'z oldidan huddi kinotasmadek o'ta boshladi.
Farruh bilan ilk uchrashuvlari... Shirin entikib qo'ydi. Turmush o'rtog'i u nima desa barchasiga tayyor edi. Hatto sharoiti to'g'ri kelmay qolgan taqdirda ham bir amallab uning istagini muhayyo qilar edi. Qachon bunchalik qalbim qorayishga ulgurdi. Shunday insonni qadriga yetmadim. Nega nima uchun. Shunchalik inson qiyofasidan ham chiqib ketdimmi. Yo'q men ortiq bu yerda qololmayman. Haqqim yo'q. O'zimni ham ularni ham qiynashni istamayman. Eng to'g'ri yo'l ham shu .

Hovlida Farruh ham ich etini yeb o'tiribdi. Agar o'sha kuni unga e'tibor berganimda hozir bolajonim sovuq qabrda emas ota onasining issiq bag'rida bo'larmidi. Ahir men ham aybdorman... Mardlik qildim deb uni kechirdim. Ammo keyinchi o'zim ham xiyonat ko'chalariga qadam bosmadimmi. Kechir bizni bolajon. Ota onang qilgan xotolarga sen javobgar bo'lding. Kechir.... Seni oldingdagi aybimni hech qachon yuvolmayman. Vijdon azobi tinch qo'ymaydi meni. Kechirilmas xatoga yo'l qo'ydim. Uni albatta tuzataman. Avvalgi baxt qasrimizni tiklayman..

Davomi bor...
#sirli_qizaloq
XIYONAT ( 10 QISM )

-Nonushta qilib oling
-Keragi yoq. Ishxonada ovqatlanaman.
-Hop.
Feruza yana idamay qoldi. Hadeb asabiylashiah siqilishlar unga o'z ta'sirini o'tkazmasdan qo'ymadi. Kamiga oy kunigavoz qolganda qattiq shamollab qoldi.
Yarim tun. Kun issiq bo'lishiga qaramay u hech isimayapti. Ko'rpalarga o'ranib olsa ham juda sovuq .
Ohiri bo'lmadi. Zalda yotgan Farruhni oldiga chiqdi .
-Farruh aka ..hooy Farruh aka..
-Ha nima deysan.
-Mazam bo'lmayapti. Sovuq qotyapman judayam.
-Bor ana oyimga ayt.
-O'ziz chaqirib berin oyijonni. Aldayotganim yo'q rostan ham ...
-Charchaganman ertaga ishga borishim kerak. Meni bezovta qilaverma.
Feruza ko'z yoshlarini ichiga yutib sekin tashqariga chiqdi.
Zinadan tushayotganda boshi aylanib ehtiyotsizlik qilib yiqilib tushdi....
-Aaaa Farruh akaaa....oyijonnnn..
-Voy qizim sizga nima bo'ldi bu yerda nima qilyapsiz.. heey Farruh ... Qanisan. .dadasiii...
Isitmangiz judayam balandkuu. Haay Farruh dedim...
-Ha nima bo'ldi nega baqirasiz.
-Mashina top tezzz..
-Hop hozir.
Farruh ham endi rostmanasiga qo'rqa boshladi.
Feruza shifoxonaga yetib borguncha hushini yo'qotdi.
-Doktor ahvoli yaxshimi nima bo'ldi.
-Agar vaqtida olib kelganingizda hozir farzandingizni asrab qolishga ulgurgan bo'lardik....
-Nimmma...yoooooq...ahir..
-Kelinim yaxshimi yurak yutib so'radi oyisi..
-Uning ham ahvoli qoniqarli emas. Isitmasi tushmayapti. Biz qo'limizdan kelganini qildik bu yog'i Ollohdan.
-Uni ko'rsam bo'ladimi .
-Hozir iloji yo'q.
Shu onda yana bir hamshira chiqib kutish zalidagilarning biriga tabriklayman o'g'illi bo'ldingiz deb suyunchi oldi.
Farruhni ichidan bir nima uzilgandek bo'ldi. Hech narsaga qaramay tashqariga chiqib ketdi .ayni damda hech narsani o'ylagisi kelmas yuqoridan kelayotgan chaqaloqlarning ovozi yurak bag'rini o'rtab yuborayotgandi.
Qanchalik uzoqqa ketishga harakat qilmasin ovozlar tobora kuchayib borardi.
-Bo'ldiiiii bo'lddiiii iltimosss yetar.... Hohlamayman eshitishni istamayman...
Keragi yo'q. Men aybdorman. Hammasiga o'zim aybdorman...

Davomi bor...

🍁

#sirli_qizaloq
XIYONAT ( 9 QISM )

-Nimalar qilib qo'ydim ... Men...men qanday qilib bu gaplarni gapirdim. Axir.. endi nima bo'ladi... Feruza yo'lda keta turib hayoli ming ko'chaga kirib chiqdi. Uyiga yetib kelib ham nima deyishini bilmadi. Ohiri o'zini oppoq ko'rsatib hamma aybni Farruhga ag'darib ko'z yosh qilib bir amallab ularni ishontirdi. Oyisi esa unga bir ikki nasixat qildi.
-Nima qilarding erni telefonini kovlab.
-Nima oyi boshqalar bilan bemalol yuraversinmi bo'lmasa.
-Erkak kishi ming ko'chadagilar bilan yursin ularga qarasin baribir ko'z ochib ko'rgani jufti halolini oldiga qaytadi.
Sen bekor qilibsan. Mayli kuyov bilan ham gaplashamiz ...
Kech tushgach Feruzalarnikiga Farruh bilan dadasi kirib keldi.
Ana endi Feruzada haqiqiy qo'rquv boshlandi. Hozir hammasini dadamga otimga aytsa men... men nima qilaman. O'yla Feruza o'yla. .mazam bo'lmayapti desammikin....ufff nima qilaman endi. Yo'q joydan boshimba balo orttirdim. Ahir hammasi yaxshi ketayotgandiku. Men o'zgardimku Farruh aka. nega bunday qildingiz. Feruza Farruhning telefondagi so'zlariga hali ham chiday olmayotgandi. Lekin hech o'zini turmush o'rtog'ining o'rniga qo'yishni ham o'ylamasdi....
-Endi quda bular yoshlik qilishibdida qizimni chaqiring . Biz bilan ketadi.
-haa nimasini aytasiz. Yoshda bular.
Farruh indamasdi. Qo'lini musht qilgancha dasturxonga qarab o'tiraverdi. Shuncha gap so'z o'tgan bo'lsada u uydagilariga hech narsa demagandi.
Oyisi ularni oldiga Feruzani olib chiqdi
-Assalomalekum dadajon.
-Yaxshimisiz qizim. Qani tayyorlaning ketamiz.
-Men ketmayman.
-Iye nimaga nima bo'ldi. Yoki Farruh hafa qildimi sizni. Shunday bo'lsa ayting o'zim yaxshilab gaplashib qo'yaman.
-Yo'q gap bunda emas. Men qaytolmayman. Sababi siz haqiqatni. ..
-Feruza.... Farruhni ko'zlari katta katta bo'lib ketdi. Haqiqatni men aytaman..
-Nima bo'ldi o'zi tushuntiribroq gapirsalaringchi.
-Dada men adashdim. Zo'rg'a gapirdi Farruh. Ko'chadagi hoyu havasga berilib qoldim. Kechir meni Feruza boshqa bunday bo'lmaydi.
-Nima sen bola hali... Dadasi Farruhga tarsaki tushirishiga oz qoldi..
Feruza esa nima deyishini bilmay hayronu lol... U aslida barchasini tan olib hammasiga nuqta qo'ymoqchi edi. Farruh esa bunday deb turibdi.
Qaynotasi ming bor ulardan uzr so'rab Feruzani olib ketdi. Uyga kelishgach uni xonasiga kiritib yuborib o'g'lini nima qilsa qildi.
Farruhni ishtaxasi ham bo'g'ilib xonasiga kirdi. Feruza ham uni kutib o'tirgandi.
-Nega bunday qildingiz.
-Nima qildim.
-Men bunday yashashni hohlamayman. Ajrashaman siz bilan.
-Ho'sh keyinchi.. keyin nima bo'ladi... Senku o'z yo'lingni toparsan lekin meni oilamdagilar ayniqsa dadam buni ko'tarolmaydi. Shuning uchun majburman sen bilan yashashga.
Feruza indamay qoldi. Farruh esa uni o'zini tashlab boshqa xonaga chiqib ketdi.

Davomi bor...

🍁

#sirli_qizaloq
XIYONAT

8-QISM.

O'zingga behisob shukur Ollohim. Menga shunday insonni jufti halol qilib tanlaganing uchun. Juda katta xatoga yo'l qo'ydim. Agar Farruh akamdan boshqasi bo"lganida meni allaqachon haydab javobimni bergan bo'lardi. Lekin ular bunday qilmadi. Hatto qattiq ham gapirmadi nega..
Farzandi uchun shunday qildimi. Nima uchun... Yoki shu qadar kuchli sevadimi meni. Nima bo'lgandayam ko'zlarim ochildi.

-Feruza nega bunday qildi. Qayerda xato qildim.
Qayerda adashdim. Ahir shu paytgacha to'g'ri yo'lda yurdim. Birovni diliga ozor bermadim . Qizlar bilan vaqtichog'lik qilmadim. Sababi buvam ko'p aytardi. Pok ayollar faqatgina pok erkaklar uchun deb. Sen qanday bo'lsang peshonagga ham huddi o'zingga o'xshagan juft yoziladi .. ehh qqyerda xato qildim. Bilguvchi Ollohdir . Nima qilay uni sevaman. Chin qalbimdan chin yurakdan sevaman uni. Buni bilarmikan.
Hammasi yaxshi bo'ladi. Ollohimning ko'zingni och degani bu. Qaysidur qilgan gunohim uchun jazo. Endi bunday bo'lmaydi. Hali farzandimiz dunyoga kelsa hammasi yaxshi bo'lib ketadi.

Oradan oylar o'tdi. Feruzani ham oy kuni yaqinlashib qoldi.
-Yaxshimisan.
-Ha yaxshi ..
-Inshaolloh bir oydan so'ng farzandimiz bag"rimizda bo'ladi .
-Ha to'g'ri. Farruh aka telefoningizni berib turin . Oyimla bilan gaplashib olay .
-Mana bemalol. Men televizor ko'rib turaman.
-Hop.
Feruza oyisi bilan gaplashib bo'lgach Farruhni qo'l telefonini ko'zdan kechira boshladi..
Telegramga kirdi. Begona raqamlar ko'payib ketibdi. U zaxarxandalik bilan kuldi. Nima qilsin gapirishga haqqi yoq. Gapirolmaydi ham. Chunki. ..
U yuragi siqilib telegramdan chiqdi. Diktofonga kirdi. Bir qancha qo'ng'iroqlar saqlanib qolibdi. Ha bosilib shunday saqlanib qolgandirda deb bittasini eshitib ko'rdi
-Nega ko'tarmayapsz.
-Qizlarim yig'lab qoldi.
-Nima qilyapsiz.
-Ulani uhlatyapman.
-Keling maniyam uhlating.
-Jinnimisz. Uylangansiza.
-Nima qilibdi. Siz ham turmush qurgansizku.
-Bu boshqa masala men ajrashganman.
-Bilaman.
Ular shunaqangi ochiq oydin gaplashishgandiki Feruza chidab turolmadi
Yana boshqasini eshitdi. U butunlay boshqa odam edi. Yana yana boshqa boshqalar. Hammasi bilan deyarli bir xil mavzuda ...
-Nahotki shunchalikka bordi. Nahotki..
-Gaplashib bo'ldingmi.
Senga nima bo'ldi.
Feruza ko'zlaridan yosh tomchilab telefondagi bitta audioyozuvni qo'ydi.
-Ber bu yoqqa..
-Bu nima.
-Hech narsa..
-Bu nima dedim sizgA.
-Ishing bo'lmasin.
-Men ketaman. Siz bilan yashamayman.
-Bu uydan bir qadam ham jilmaysan..
-Ketaman ajrashaman yashamayman siz bilan.
-Mayli bolani tug'asanda keyin ketsang ketaver.
Feruzaga alam qildi. Ayni damda nima qilayotganini nima deyotganini ham anglay olmayotgandi.
-Bola qanaqa bola. U sizni farzandingiz deb kim aytdi. Sizga
-Nima demoqchisan.
-U siznikimas demoqchiman.
-Nima og'zinga qarab gapir.
-Ha u siznikimas u Nuriddin...
Farruh Feruzani yuziga tarsaki toortib yubordi.
-Shunaqa haqiqat achchiq bo'ladi. Yuraver o'sha suyuqoyoqlaring bilan men ketaman.
Feruza jaxl ustida uydan chiqib ketdi. Farruh esa divanga o'tirrgancha shokka tushib qoldi. Eshitganlariga aqli yetmayapti..ularni tushuna olmayapti. Huddi miyasi qotib qolganga o'xshaydi...

Davomi bor...

#sirli_qizaloq
★.............★:
XIYONAT

7-QISM

Feruza endi eshikni ochmoqchi bo'lgandi Farruhning o'zi çhqib qoldi. Ayoliga qaramasdan ham uni turtib yuborgudek bo'lib o'tib ketdi.
Feruza ichini it tirnab qoldi.
Ovqatni ham sovuqqina yeb olishdi. Feruza ishtahasi yo'qligini bahona qilib choy ichish bilan kifoyalandi.
Soat millari ilgarilagani sari Feruzani yuragi ortga tortaverardi.
U xonalariga kirdi ammo Farruhning oldiga emas. Mehmonxonaga o'tdida stolga boshini qo'yib uhlab qoldi.
Birozdan so'ng Farruh chiqdi.
-Feruz...
Feruz dedim.
-Ha.
-Joyingga kir.
-Yoq kirolmayman.
-Senga tur dedim.
U indamasdan o'rnidan turdida kiyimlarini ham alishtirmasdan o'rniga yotdi. Ayni damda U Farruh nima desa rozi edi. Lekin Farruh indamadi. Shiftga termulgancha ux tortib yotardi.
-Nimaga indamayaptilar undan ko'ra ursin so'ksin baqirsin. Qiynalib kettim. Hamma ayb o'zimda. Shundoq insonni qadriga yetmadim . Nimalar qilib qo'ydim a nimalar qildim.
Qancha vaqt o'tsada ikkisi ham uhlay olmadi.
-Feruz nimaga bunday qilding.
Menga qaragin.
Feruza yig'lab yubordi.
O'girilib qarasa Farruh ham silkinib yig'layapti.
-Kechiring.
-Feruza nega. Nima yetishmadi senga nega bu ishni qilding.
-Kechiring Farruh aka men sizga loyiq emasman. Sizga xiyonat qildim. Pok sevgizni qadriga yetmadim. Yuzizga oyoq qo'ydim. Men sizga munosib emasman.
Farruh indamadi. Feruza ham boshqa gapirmay deraza tomonga o'girilib yotdi.
Biror soatlardan so'ng Farruh yana avvalgidek uni bag'riga bosdi. Quloqlariga pichirlab seni sevaman dedi. Feruzani esa ko'zi jiqqa yoshga to'ldi.
Shu ko'yi uhlab qoldii.
Ertalab ham barvaqt uyg'ondida nonushta tayyorladi. Baribir qipgan ishlaridan o'zini ayblab Farruhni ko'zlariga qaray olmayotgandi.
-Menga qara gulim. Bo'ldi ozini qiynama. Hammasini unutamiz. Hopmi. Hayotimizni yangidan boshlaymiz. Faqat boshqa telefon ishlatmaysan..
-Hop.
-Qani endi kulchi
-Mana.
-Aqilligim o'zimni. Seni qanchalar sevishimni bilmaysanda. Dunyolarga alishmaymanku seni..
Yur endi birga nonushta qilamiz.
-Hop.
-Heyyy qani avvalgi Feruza bo'lchi
-Hop bo'ladi .
-Men eshitmadim.
-Ho'p bo'ladi jonim.


Davomi bor deyolmayman. Shu bilan birga tugadi ham demayman

#sirli_qizaloq
XIYONAT

6-QISM

-Feruza hoy Feruza qayerdasiz .
-Tinchlikmi Fotima opa .
-Farruhjon Feruza qani oyimni qon bosimlari oshib ketdimi bir qarab ko'rsinlar.
-Feruz qayerdasan.
-Hoo Farruh aka.
-Qarab yubor Fotima opaga.
-Hop hozir
Feruza telefonini shundoqqina divanga tashlab o'chirmasdan ham chiqibb
ketdi. Hozir qaytamanku degan hayolda.
Farruh abedda biroz dam olish uchun xonasiga kirdi. Telefonini zaryadkaga qo'ydida divanga yotdi. O'rnidan turib beliga botayotgan narsani oldi. Telefon ekan. U Feruzaga o'zidanda ko'p ishonadi. Shuning uchun hech qachon telefonini tekshirmagan xatto parollarini ham bilmaydi.
Hozir esa negadir qiziqish ustunlik qildi.
Internet ham o'chirilmagan.
Xabar keldi.
-Asalsande jonim.
Farruh avvaliga hech narsani tushunmadi. Kim yozgan nima uchun yozgan aqli yetmadi. Biroz tepaga chiqdi va yozishmalarni boshidan o'qiy boshladi.
-Erin qatta.
-Qatta bo'lardi ishdade.
-Eh qanidi yoninda bop qolsam o'zim bilardm sani nima qilishni
-Shuni etin jonim.
Siz boshqachaszde baribir
Yozishga ham uyaladigan darajadagi rasmlar.... Farruh tamom bo'ldi.
Ortiq o'qiy olmadi. Ichini nimadir kuydirib ketayotgandek tuyilaverdi. Feruzani qidirib tashqariga chiqdi. Ammo bunga ham qanoat qilmay mashina toxtatdida qayergadir ketb qoldi.
-Farruh aka qayerdasiz.
Feruza Farruhni hech qayerdan topa olmadi. Qarasa telefoni turibdi. O'zini esa yo'q. Uni tok urgandek bo'ldi. Yo'q bunday bo'lishi mumkinmas. U ishonmasdan yana bir bor Farruhni izlab chiqdi.
Yo'q u hech qayerda yo'q.
Feruza uning telefonidan o'zining raqamiga qo'ng'iroq qildi. Ammo narigi tarafdan faqat qisqa gudoklar eshitilaverdi.
-Hammasi tamom endi nima qilaman. Tamom tamom. Nima qilaman. Sharmanda bo'ldim. Ota onam eshitsa nima bo'ladi . Meni sog' qo'yishmaydi. Akamchi meni o'ldiradi endi.
-Feruza tinchlikmi qizim
-Ha oyijon tinchlik.
-Nima bo'ldi nega yig'layapsiz.
Feruza nima deyishni bilay dadam bilan oyimni sog'indim deb bahona qildi.
-Voyey shunga ham yig'lab o'tiribsizmi . Menga aytmaysizmi. Bo'ling tayyorlaningda ko'rib keling ularni.
-Farruh akam..
-O'zim aytaman unga.
Feruza ko'chaga chiqishga chiqdi biroq uyiga borishga qo'rqdi. Farruh o'sha yerda bo'lsachi. Hamma narsani ularga ko'rsatgan bo'lsachi deb.
Ming bir hayol bilan uyiga yetib bordi.
U o'ylagandek qo'rqinchli hech narsa yo'q. Uydagilari uni xursand bo'lib kutib olishdi.
-Oyi Feruza qani.
-Uyiga ketgandi hozir kelib qoladi.
-Nega ruhsat berdiz.
-Nega baqirasan tinchlimi o'zi. Kirsam yig'lab o'tirgan ekan.
Farruh shunaqangi istehzo bilan kuldi.
-Nima bo'ldi o'zi.
-Qo'yavering hech gap yo'q
-O'zingni bosib ol bo'lmasa. Hech narsadan hech narsa yo'q baqiraverma. Og'iroyoq bo'lsa.
-Hop oyi.
Feruza yana birov sudragudek bo'lib uyiga qaytdi. Zinada Farruhni oyoq kiyimi turibdi. Uni yoniga kirishga botina olmadi. Oshxonaga o'tib qaynonasiga yordamlashdi.
-Qizim Farruhni chaqiring ovqatni suzamiz. Tushlik ham qilmasdan yotibdi..
-Hop oyijon hozir.


Davomi bor🖤

#sirli_qizaloq
XIYONAT

5-QISM

-Farruh mb bormi senda.
-Ha bor.
-Menga telefoningni berib tur.
-Nega.
-Bitta ishni hal qilib olay .
-Qanaqa ish ekan.
-Kechka voxting bormi.
Bitta zo'ri bor. Olib boraman seni.
-Raxmat kamina unaqa joylardan ancha yiroqda.
Maslaxatim sen ham yig'ishtir
Chunki Qur'an Karimda ham aytilgan pokiza ayollar pok erkaklar uchun deb..
-Bopti berib tur tarbiyali soatni keyin o'tamiz mavlono .
-Mana ol faqat keyin o'chirib tashla.
-Okey..
Feruza Farruhning telegramini o'zinikiga ulab olgandi.
Bundan Farruhning xabari yoq.
U qiziqarli videolarni tomosha qilib o'tirgandi Farruhning raqamiga xabar kela boshladi.. u avvaliga e'tibor bermadi. Baribir qiziqish ustunlik qilib ularni o'qiy boshladi.
-Jonim kechga voxting bormi uchrashelik sog'indim.
-Kim bu..
-Tanimi qoldinmi endi .
-E haa boldi. Kelavering.
-Nima ovoli asalim.
-Pivo bosa bo'ldi.
-Boldide onash. Bir xursan qilarkansanda a.
-Siz kelavering ko'ramiz
Feruzani tishlab turgan olmasi yerga dumalab tushdi
-Ahir Farruh akam ahir..bular ..nega..
Boshi aylanib miyasi ishlamay qoldi.
Nahotki ular ...nahotki ..shu darajaga borgan bo'lsa..
Keyin yana yozishmalarni ko'rmoqchi edi o'chirib tashlanibdi.
Dunyo ko'zlariga qorong'u ko'rinib ketdi.
-Men keldim. Feruz yaxshimisan. Kiyimlarimni tayorlab ber. Bugun yigitlar bilan o'tirishimiz bor..
Ko'zimga qarab aldashini qaranglar.
-Yog'e shunaqami
-Ha bo'laqol kech qolib ketdim shundoq ham.
Shoshiling o'sha suyuqoyoqni oldiga.
-Feruz ahvoling yaxshimi. Nima bo'ldi senga.
-Yaxshiman.
-Bo'pti men kettim yaxshi o'tiringlar. Jonim o'zimmi.
Feruza uni orqasidan termulgancha qoldi.
Ayni damda nima qilarini bilmas asablarini jilovlay olmayotgandi.
Hech narsaga qaramay telefonini oldida Nuriddinga xabar jo'natdi
-Salom.
-Bormisan.
-Borman.
-Nima bo'ldi.
-Sog'indim....
-Ering bilan urishib qoldimi.
-Hmmm.
-Tinchlimi.
-Yurarkan.
-Rosa maqtagandinku..
-Yuregimi siqmeng sizam.
-Sog'indim sani.
-Manam sogindm szi jonim.
-Rasm tasha.
-Hop hozir.
Soat o'nlarga yaqin Farruh kirib keldi. Feruza unga qaragisi ham kelmadi.
-Charchamadingmi gulim.
U indamadi.
-Nega boshqachasan nimadir bo'ldimi.
-Ha bo'ldi.
-Hop gapir.
-Oyimchezi oldidan yaxshi kelyapsizmi.
-Tishunmadim.
-Meni xech narsadan xabari yoq deb o'yliszda.
-Umuman tushunmayapman nimalar haida gapiryapsan.
-Boya gaplashdizku telegramda.
-Sen buni qayerdan bilding.
-Sizdan kutmagandim.
-U men emasman jinni.
-Bilib bo'ldm kimligini.
-Feruz.
-Yaqinlashmen menga.
-Menga ishonmisanmi.
-Yoq ishonmiman.
-Feruz.
Ko'zimga ko'rinmen yo'qoling.
Feruza shunday deb zalga chiqib ketdi va eshikni ichkaridan qulflab oldi.

Davomi bor🖤

#sirli_qizaloq
​Xitoylik eng boy odamning mulohazalari

Agar maymunlarning oldiga pullar va yong‘oqlar qo‘yilsa, maymunlar yong‘oqlarni tanlaydi. Chunki ular pulga juda ko‘p yong‘oqlar sotib olish mumkinligini bilmaydi.

Xuddi shu ishni ko‘plab insonlarga qo‘lladim. Ularning oldiga bir loyiha va maosh olib ishlash ixtiyorini qo‘ydim. Ularning juda ko‘pchiligi maosh olib ishlashni tanlashdi. Chunki ular bitta loyihani amalga oshirish orqali bir oylik maoshdan ko‘ra ancha ko‘p pul topish va yashash tarzini o‘zgartirish mumkinligini bilishmaydi.

Odamlarning kambag‘al bo‘lishlariga sabab bo‘ladigan narsalardan biri — turli biznes loyihalarini ishga solish, ular natija bergunicha sabr qilish, loyihalar bilan ishlashdek qulay fursatni qo‘ldan bermaslikni o‘rganmaganlaridir. Ular maktab va oliygohlarda «Ishga borib ishlash maosh olish uchundir» degan narsani o‘rganishgan. Ular o‘zlari uchun ishlashni emas, boshqalar boy bo‘lishi uchun ishlashni, birovlarning qo‘lida ishlashni o‘rganishgan, xolos.

To‘g‘ri, oylik maosh sizni faqir bo‘lib qolmasligingizga sabab bo‘ladi, lekin shu bilan birga u sizni boy bo‘lishdan to‘sadi.

Men hayotimda ertalab soat 8 dan to kech soat 3 gacha ishlab, boy bo‘lib ketgan shaxsni ko‘rmadim. Faqat oylikka ishlaydigan buzuq tabiatli odamgina (poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, xiyonat va hokazolar sababli) boy bo‘lib ketganini ko‘rdim.

Jek Ma,
Xitoyning eng boy odami, shaxsiy boyligi 39 milliard dollarni tashkil etadi...

Найдено 67 постов