🏆 “O‘FF PREZIDENTI KUBOGI”: SARALASH BAHSLARIGA QUR’A TASHLANDI
⚽️ Havaskor jamoalar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining 2026/2027-yilgi mavsumi saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, dastlabki bosqichda o‘zaro kuch sinashadigan juftliklar hamda ikkinchi bosqichda to‘qnash kelishi mumkin bo‘lgan jamoalar aniqlandi.
📍 Saralash bahslari 24–25-oktabr kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tadi.
Tursunov Nodirjon Botirovich — Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika sport tibbiyoti markazi, Milliy antidoping agentligi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida rahbarlik va mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Shuningdek, Profi University rektori lavozimida faoliyat olib borgan.
Nodirjon Tursunov 2001-yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini, 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Mutahassisligi bo’yicha sport shifokori, xalqaro toifadagi doping-ofitser va klassifikator hisoblanadi.
Nodirjon Tursunovning yangi lavozimdagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!
🤩Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
📝Telegram | 💻Instagram |
📝Facebook | 🕊Threads |
✅ Bugun Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Anvar Mursakulov bilan O‘zbekiston karlar sport federatsiyasining 2027-yilga mo‘ljallangan sport tadbirlari kalendar rejasi atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida karlar sportini yanada rivojlantirish, sportning ommaviyligini oshirish va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Jumladan: 📌
- Hududlardagi imkoniyat va ehtiyojlarni tahlil qilish;
- Talab yuqori bo‘lgan sport turlarini aniqlash;
- Istiqbolli sport turlarini aniqlash va rivojlantirish;
- Iqtidorli yoshlarni sportga keng jalb etish va sportchilar zaxirasini shakllantirish;
- Sport maktablarida surdlimpiya sport turlari bo‘yicha ixtisoslashgan guruhlar tashkil etish;
- Murabbiylar malakasi va sportchilar tayyorgarligini oshirish;
- Xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etish va yuqori natijalarga erishishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.
Muhokama yakunida belgilangan ustuvor vazifalar, hududlarning imkoniyatlari hamda sport turlarining rivojlanish salohiyatidan kelib chiqib, 2027-yilga mo‘ljallangan sport tadbirlari kalendar rejasini ishlab chiqish belgilandi.
🎯 Asosiy maqsad – karlar sportini tizimli rivojlantirish, iqtidorli sportchilar uchun keng imkoniyatlar yaratish va xalqaro maydonda yuksak natijalarga erishish.
***
📆 Обсуждены планы развития спорта на 2027 год
✅ Сегодня исполнительный директор Ассоциации адаптивных видов спорта Анвар Мурсакулов и представители Спортивной федерации глухих Узбекистана подробно обсудили календарный план спортивных мероприятий на 2027 год.
В ходе встречи были определены приоритетные задачи, направленные на дальнейшее развитие спорта глухих, повышение его массовости и достижение высоких результатов на международных соревнованиях.
В частности, определены следующие задачи: 📌
- Анализ возможностей и потребностей регионов;
- Выявление наиболее востребованных видов спорта;
- Выявление и развитие перспективных видов спорта;
- Широкое привлечение талантливой молодёжи к занятиям спортом и формирование резерва спортсменов;
- Создание специализированных групп по сурдлимпийским видам спорта в спортивных школах;
- Повышение квалификации тренеров и уровня подготовки спортсменов;
- Разработка мер, направленных на достойное выступление и достижение высоких результатов на международных соревнованиях.
По итогам обсуждения было определено, что календарный план спортивных мероприятий на 2027 год будет разработан с учетом обозначенных приоритетных задач, возможностей регионов и потенциала развития отдельных видов спорта.
🎯 Главная цель – обеспечить системное развитие спорта глухих, создать широкие возможности для талантливых спортсменов и добиться высоких результатов на международной арене.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish va jismoniy reabilitatsiya tizimini takomillashtirish masalalari muhokamada
🩼 Bugun Ijtimoiy himoya milliy agentligi binosida, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy reabilitatsiyasini kuchaytirish va adaptiv sportni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.
👥 Yig‘ilishda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi raisi M. Tashxodjayev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari I. Adhamov, Agentlik va Assotsiatsiyaning hududiy boshqarma boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori, shuningdek, adaptiv sport federatsiyalari vakillari ishtirok etdi.
💻 Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda sohada mavjud muammolar va aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni kengaytirish hamda jismoniy reabilitatsiya jarayonida adaptiv sportning rolini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🖋 Yig‘ilish davomida mas’ullarga quyidagi vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi:
⏺xalqaro va mahalliy sport musobaqalarining yillik taqvim rejasini ishlab chiqish;
⏺adaptiv sport yo‘nalishlari bo‘yicha boshlang‘ich klassifikatorlar va hakamlarni tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish;
⏺faoliyat samaradorligini oshirish va har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ul kuratorlarni belgilash;
⏺hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish.
🤝 Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yagona adaptiv sport tizimini shakllantirish hamda bu boradagi qo‘shma ishlarni tashkil etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.