🚀 Tezz topshirila guys qabul qilinsela har kuni startapilani ustida ishlisila, stipendiya beriladi, 3 mahal bepul ovqat. Daje startapila zo’r bo’sa investitsiya beriladi
🚀 UzCombinator 45 kunlik Akseleratsiya dasturining 3-mavsumi rasman ochildi! 🎉
Kutganmidingiz? Endi startapingizni haqiqiy daromadli kompaniyaga aylantirish vaqti keldi!
📌Ammo keling, dastlab sizni 2 mavsum davomidagi natijalarimiz bilan tanishtiraylik:
• 5000+ arizadan jami 62 ta founder akseleratsiyaga qabul qilindi 📊
• Demo Day'da jami $3,130,000 investitsiya qo'lga kiritildi💰
🔥 Endi esa sizni 2-mavsumda nimalar kutmoqda?
- 45 kun davomida mutlaqo bepul startap ilmini olish💡
- Barcha kerakli va zamonaviy texnikalarga ega qulay ofis 💻
- $1000 stipendiya va 3 maxal bepul ovqat 💵
- Demo Day'da $1,000,000 gacha investitsiya olish 💸
⚠️ Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 10-noyabr! ⚠️
Nafaqat startapingizni, balki butun hayotingiz yo'nalishini 180°C ga burib yuboradigan bunday ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang.
👇 Hoziroq quyidagi havola orqali o'z arizangizni topshiring:
Instagramga video qo’yomayamman ayrim sabablarga ko’ra, lekin sila uchun yana bir post yozishga qaror qildim ✨
🎓 Agarda siz Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi bo’lsangiz va Abdulla Qahhor yoki Muqimiy nomidagi ko’krak nishon hamda stipendiyasini olmoqchi bo’lsangiz hozirdanoq tayyorlaning!
• 1-bosqich – test
• 2-bosqich – taqdimot
Birinchi bosqichda talabgorlar Abdulla Qahhor yoki Muqimiy hayoti va ijodiga doir 50 ta savoldan iborat test sinovidan o‘tkaziladi va umumiy 100 ballik mezonda baholanadi. Test sinovi natijalariga ko‘ra 56 ball va undan yuqoriball to‘plagan talabgorlar keyingi bosqichga o‘tadi.
Ikkinchi bosqichda Tanlov komissiyasi talabgorning Abdulla Qahhor yoki Muqimiy adabiy-ma’naviy merosini o‘rganish va targ‘ib qilishdagi faoliyati bo‘yicha quyidagi mezon-talablari asosida taqdimotini tinglaydi hamda har bir mezon bo‘yicha va umumiy 100 ballik mezonda baholaydi:
• Tanlovga doir yaratgan platformasi (ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari – web sayt, ilova, bot, kanal, guruh va h.k.) undagi targ‘ibot materiallari - 10 ball;
• Adib ijodiga doir media mahsulot yaratganligi (ssenariy muallifligi, kino muallifligi, video muallifligi) - 10 ball;
• Ilmiy tadqiqot ishlari (kamida 2 ta maqola – 10 ball, risola – 10 ball, monografiya – 10 ball) - jami 30 ball, hammualliflik asosidagi nashrlar mualliflar soniga taqsimot qilinadi;
• Innovasion g‘oyalar muallifligi (sun’iy intellektdan foydalangan holda yaratgan lavxalari, va boshqalar) - 10 ball;
• Adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qilishda alohida faollik ko‘rsatishi - 20 ball;
• Universitet “Muqimiyshunoslar” to‘garagiga a’zoligi yoki kamida 5 marotaba “Adabiyot hiyoboni”da o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtiroki (amaldagi o‘quv yili davri o‘rganiladi) - 10 ball;
• Taqdimot: Nomzodning adabiyot sohasida bajargan ishlari va adib ijodiga doir asar tahlili - 10 ball.
✅ Talabgorlarning har ikkala bosqich natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari qo‘shiladi, yuqori natijani qayd etgan talabgorni maxsus stipendiya tayinlash uchun tavsiya qilinadi.