Yana bir hafta ortda qoldi. Bu hafta ham darslarda faolligi, intizomi, uy vazifalarini o‘z vaqtida bajarishi va mehnati bilan ajralib turgan o‘quvchilarimiz aniqlandi.
G‘oliblarimizni chin dildan tabriklaymiz!
Aziz ota-onalar, farzandingiz bugun yig‘ayotgan coinlar shunchaki ball emas. Ular mehnat, intizom, mas'uliyat va rivojlanishga bo‘lgan intilishning natijasidir. Har bir coin ortida yangi bilim, yangi ko‘nikma va kelajak sari tashlangan yana bir qadam bor.
⭐️TOP 5 ga kira olmagan o‘quvchilarimiz ham xafa bo‘lmasin. Har bir yangi hafta — bu o‘zingizni isbotlash uchun yangi imkoniyat. Balki keyingi haftada aynan sizning ismingiz ushbu ro‘yxatda bo‘lar!
✨Harakat qilishdan to‘xtamang. Robify'da har bir mehnat albatta qadrlanadi!
Avgustni eslaysizmi? Har dushanba bitta savol: "Bu hafta kim TOP 5 da?" 👀
🎁O'sha hayajon qaytdi. Bu safar mukofot ikki baravar katta!
🪙Hafta davomida eng ko'p coin yiqqan TOP 5 o'quvchi — +100 Robo Coin oladi!
Ismlari Telegram kanalimizda butun Robify oldida e'lon qilinadi.
⚡️ Eng qizig'i: har bir o'quvchi oyiga faqat 1 marta TOP 5 ga kira oladi.
Ya'ni o'tgan haftaning g'oliblari chetga chiqadi, maydon sizga bo'shaydi.
Bu hafta sizning navbatingiz bo'lishi mumkin. Faqat bitta shart bor: harakat qiling.
💬 Ota-onalar, farzandingizdan bugun so'rang: "Nechta coining bor?"
Bu savol uni ertangi darsga yana ham shijoat bilan yuboradi.
Start berildi. Kim birinchi?
🇺🇿 21-OKTABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUBORAK BO‘LSIN!
Ona tilimiz — millatimizning ruhi, xalqimizning bebaho boyligi va avlodlarni birlashtiruvchi ma’naviy merosimizdir.
🤖 Har bir robotning harakati ortida buyruq, har bir dastur ortida esa inson tafakkuri yotadi. Inson o‘z fikrini til orqali ifodalaydi, bilimini esa ijod va texnologiyalar orqali namoyon etadi.
✨ Tilimiz ravnaq topsin, tafakkurimiz yuksalsin, kelajak sari intilishimiz hech qachon so‘nmasin!
Robify Academy jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy tabriklaydi!