Аналитика Telegram-канала
Подписчики
188
Охват за 24 ч
78
ER за 24 ч
41,49%
Публикаций
29
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
31 окт3 ноя6 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
08.1016.1026.1026.1028.1003.11
6
Средний охват
21
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
46
Упоминаний
30
Из них репостов
3
Каналов
2
Упоминаний за 90 дней
0
Из них репостов
2
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 29 2 из 29
Suratdagi inson meni va men tanigan ko'plab biologlarni o'qitgan Zokirov domla bo'ladi.
Bugun ularni uchratib qoldim domla 1937-yilda tavallud topgan, umrining 65 yilini bitta kafedrada talabalarga ilm berishga bag‘ishlagan faxriy ustoz. Yoshi bir kam 90 da bo‘lsa-da, hamon ADU da dars berayotganlarini eshtib hayratga tushdim.
Bu inson bir umr ilm bilan yashayotgan, minglab shogirdlar qalbiga ma’rifat urug‘ini qadagan.
Domla darsni san'at darajasida o'tardi. Ularning ibratli gaplari, iqtiboslari, she'rlari "savol beringlar biologiyadan bo'lmasin" deya lirik chekinishlari hali hamon esimda.
Ustozni manzillari tomon kuzatib borar ekanman, ko‘p narsalar haqida suhbatlashdik. Shunda domla bir jumla aytdi:
«Barcha narsaning miqdori ko‘paysa, narxi arzonlashishi, qadri tushishi mumkin. Ammo ilm unday emas. Ilm qancha ko‘paysa, uning qadri shuncha ortadi. Ilm hech qachon qadrsizlanmaydi».
Zokirov domlaga uzoq umr, sog‘lik tilayman!
Ilm oling, ilm ulashing va ustozlaringizni borlarida qadrlang.
👉@Professor_uzz
ещё
5
1
1 3 ноя, 16:29
#Tibbiyot #Rezidentura #Shifokor #IlmFan
⚡️ TIBBIYOT SOHASIDA KATTA YANGILIKLAR
🇺🇿 Prezident sog‘liqni saqlash tizimida yangi islohotlarni e’lon qildi
🎓 1. 2027-yildan rezidentura bepul bo‘ladi.
- Rezidentura talabalariga oyiga 3 million so‘m stipendiya to‘lanishi belgilandi.
- Oilaviy shifokorlik bo‘yicha o‘qish 2 yil, jarrohlik bo‘yicha esa 5 yil davom etadi.
🩺 2. Tibbiyot talabalarining amaliyoti kuchaytiriladi
- 2027-yildan talabalar haftasiga 3 kun bemorlar bilan ishlashni o‘rganadi.
- Bitiruvchilar oxirgi o‘quv yilida tibbiyot muassasalarida to‘liq amaliyot o‘taydi.
- Oliy ta’lim muassasalari va klinikalar o‘rtasidagi hamkorlik kuchaytiriladi.
💰 3. Tibbiyot xodimlariga yangi ustamalar
E’lon qilingan rejaga ko‘ra:
- Bakalavriatni tugatgan hamshira va tibbiyot og‘alariga — 1,5 mln so‘m.
- Magistraturani tamomlagan tibbiyot xodimlariga — 2,5 mln so‘m.
- Oilaviy shifokorlik bo‘yicha tor soha mutaxassislariga — 5,5 mln so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lovlar nazarda tutilgan.
🤖 4. Tibbiyotda sun’iy intellekt
Kelgusi yildan kardiologiya, gepatologiya, oftalmologiya va gematologiya kabi yo‘nalishlarda 10 ta sun’iy intellekt tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan.
🌍 5. Xorijiy klinikalarda tajriba orttirgan vatandosh shifokorlarni mamlakatimizga qaytarish uchun yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Ularga 50 million so‘mgacha oylik ustama, zamonaviy ish joyi va o‘z jamoasini shakllantirish imkoniyati berilishi ko‘zda tutilgan.
🏅 6. Tibbiyot xodimlari uchun yangi mukofot namuna ko‘rsatgan mutaxassislar uchun “Ibn Sino” ordenini ta’sis etish taklif qilindi.
👉 @Professor_uzz — ta’lim, tibbiyot va ilm-fan yangiliklari.
ещё
21
1
1 28 окт, 06:43
🏥 Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
🇺🇿 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni — 26-oktabr, 2026-yil
Sog’liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ilg’or texnologiyalarni joriy etish va aholi salomatligini mustahkamlashdagi fidokorona mehnatlari uchun 100 dan ortiq shifokor, hamshira va tibbiyot xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi!
🎖 FAXRIY UNVONLAR:
👨⚕️ «Xizmat ko’rsatgan sog’liqni saqlash xodimi»:
▪️ Botir Daminov — Nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi markazi direktori
▪️ Mirjalol Djurayev — Onkologiya markazi abdominal jarrohlik bo’limi ilmiy rahbari
▪️ Shavkat Karimov — Xirurgik angionevrologiya markazi direktori
▪️ Azamat Yusupov — Ko’z mikroxirurgiyasi markazi direktori
👨🏫 «Xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi»:
▪️ Adxamdjon Vaisov — Toshkent davlat tibbiyot universiteti professori
🏅 «FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN» ordeni:
▪️ Aziz Aliyev — Qo’qon shahri tibbiyot birlashmasi nevrologi, Farg’ona
▪️ Nazira Alimuxamedova — Respublika pediatriya markazi laboranti
🏅 «MEHNAT SHUHRATI» ordeni:
▪️ Nurillo Mamasadikov — «Central Asian Medical University» ta’sischisi, Farg’ona
❤️ «SOG’LOM AVLOD UCHUN» ordeni — 15 nafar:
I daraja (8 nafar):
▪️ Dilfuza Aliyeva — Ona va bola salomatligi markazi maslahatxona mudiri
▪️ Baxromxon Alyavi — Terapiya va tibbiy reabilitatsiya markazi direktori
▪️ Zarifjon Ashurov — Ruhiy salomatlik markazi direktori
▪️ Joldas Kuldjanov — AQSh Sent-Luis universiteti ortopediya bo’limi mudiri
▪️ Ulug’bek Sabirov — Dermatovenerologiya markazi direktori
▪️ Davron Tulyaganov — Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori
▪️ Xurshid Fozilov — Kardiologiya markazi direktori
▪️ Barno Tashmuxamedova — 1-bolalar klinik shifoxonasi bo’lim mudiri
II daraja (7 nafar): Allergolog, akusher, doktor, provizor va professor shifokorlar
🤝 «DO’STLIK» ordeni — 9 nafar, jumladan:
🌍 Akiko Fuji — BMT Taraqqiyot dasturining O’zbekistondagi doimiy vakili
🌍 Eisaxan Ayubiy (AQSh) — «Project C.U.R.E.» tashkiloti bosh direktori
🌍 Xasan Baiyev (Rossiya) — Glinka nomidagi bolalar klinik shifoxonasi jarrohi
▪️ Nazira Gizatulina, Axmet Musayev, Antonina Pak va boshqalar...
💊 «SALOMATLIK» ordeni — 19 nafar:
I daraja (3 nafar):
▪️ Abdufarrux Karimov — Endokrinologiya markazi neyroxirurgiya bo’limi ilmiy rahbari
▪️ Ilmira Razikova — Allergologiya va klinik immunologiya markazi direktori
▪️ Nabijon Raxmatov — Oilaviy shifokor, Namangan viloyati
II daraja (16 nafar): Kardiolog, neyrojarroh, provizor, bosh hamshiralar va boshqa soha mutaxassislari
🎗 «JASORAT» medali — 3 nafar:
🌟 Arailim Buribayeva — Tez yordam markazi hamshirasi, Buxoro
🌟 Shohzoda Mirzayeva — Reanimatsiya bo’limi mudiri, Qashqadaryo
🌟 Svetlana Urazbayeva — Oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Qoraqalpog’iston
🎗 «SODIQ XIZMATLARI UCHUN» medali — 4 nafar
🎗 «SOG’LOM TURMUSH» medali — 8 nafar
🌟 «KELAJAK BUNYODKORI» medali:
▪️ Firdavs Inomov — Bolalar milliy tibbiyot markazi shifokor-nevrologi
🎗 «SHUHRAT» medali — 16 nafar:
Kardiologlar, neyrologlar, travmatologlar, hamshiralar, feldszerlar va tez yordam haydovchilari
👨⚕️ Har kuni jonini fido qilib, bemorlar uchun kurashayotgan barcha shifokor va hamshiralarimiz — haqiqiy qahramonlar!
💉 Tibbiyot xodimlarimizga uzun umr, mustahkam sog’liq va yanada ulkan yutuqlar tilaymiz!
📎 Farmonning to’liq matni
https://president.uz/oz/lists/view/9778
👉@Professor_uzz
ещё
4
0
26 окт, 17:46
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней