Аналитика Telegram-канала
Подписчики
425
Охват за 24 ч
273
ER за 24 ч
64,24%
Публикаций
86
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
14 ноя17 ноя20 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
04.1104.1114.1114.1117.1120.11
147
Средний охват
320
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
12
Упоминаний
7
Из них репостов
8
Каналов
1
Упоминаний за 90 дней
1
Из них репостов
1
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 86 2 из 86Professor Iqboljon Qoraboyevga imi-jimida 10 yil bervorishibdi
2 oycha avval xorijiy OAVlarda Qozog’istonda faoliyat olib borayotgan O’zbekistonlik professor josuslikda ayblanib 2 oydan beri qamoqda saqlanayotgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Aniq sabablar aytilmagan bo’lsada, bu uning tadqiqotiga bog’liq bo’lishi mumkinligi tahmin qilingan.
Professorning so’nggi tadqiqotlari mintaqadagi muhim mineral resurslar haqida edi. Bu tadqiqotlar ochiq manbalar asosida amalga oshirilgan. Universitet professori Qozog’istonda amaldor bo’lmagan, unda qandaydir maxfiy ma’lumotlarga kirish yo’q bo’lsa-da, uni dom-daraksiz bir necha oy ushlab, mana endi yopiq tarzda sud qilib jazo tayinlashibdi.
Qiziq tomoni, sud bo’lgan kuni Qozog’iston rahbari ilm-fan rivojlanayotgani va mamlakat ta’lim xabiga aylanayotgani haqida chiqish qilgan. Shuningdek, 600 dan ortiq xorijiy professorlar ushbu maqsad yo’lida mamlakatda faoliyat yuritayotganini ta’kidlagan.
Alamli tomoni, shu 2 oy ichida O’zbekistondan bu voqea bilan bog’liq hech qanday rasmiy xabar-bayonot chiqmadi. Nahotki shunday olim odamni biznikilar himoya qila olmadi?!
ещё
220
7
1 20 ноя, 10:23
Tajriba va ta’lim
Bundan qariyb yuz yil avval bir amerikalik faylasufning g‘oyalari Anqaradan Moskvagacha bo‘lgan maktab islohotchilarini qiziqtirgan edi. 1924-yilda Jon Dyui Turkiya hukumati taklifi bilan mamlakat maktab tizimi haqida hisobot yozdi, 1928-yilda esa Sovet Ittifoqiga borib, yangi maktablarni ko‘zdan kechirdi. 1920-yillarda sovet maktablarida uning g‘oyalari va shogirdi Kilpatrikning «loyihalar usuli» keng sinab ko‘rildi, 1930-yillar boshida esa rad etildi. Dyui nomi o‘zbek kitobxoniga deyarli notanish, ammo u qo‘ygan savollar bizning maktab tariximizdan uzoq emas.
Ta’lim haqidagi bahslarimiz odatda natijalar atrofida aylanadi: qaysi maktab yaxshiroq, qaysi metodika samaraliroq, bitiruvchi nimani bilishi kerak. Biroq bulardan oldin turadigan, kamroq so‘raladigan bir savol bor: biz ta’lim deganda nimani tushunamiz? Maktab tayyor bilimni keyingi avlodga uzatadigan joymi yoki bola o‘z tajribasi orqali fikrlashni o‘rganadigan maydonmi? Tartib qayerda tugab, erkinlik qayerda boshlanadi? O‘qituvchi bilim beruvchi avtoritetmi yoki yo‘l ko‘rsatuvchi hamrohmi?
«Tajriba va ta’lim» (Experience and Education, 1938) Dyuining eng qisqa va, ehtimol, eng o‘qishli asari. U Amerikada Dyui nomidan ish ko‘rayotgan «progressiv maktablar» keng tarqalgan bir paytda yozilgan. Ko‘pchilik undan an’anaviy maktabni yana bir bor fosh etishini kutgan edi. Dyui esa kutilmagan ish qiladi: eski maktabni tanqid qilar ekan, o‘z izdoshlarini ham ayamaydi. Uning fikricha, an’anaga qarshi chiqishning o‘zi hali yangi ta’lim falsafasi emas. Erkinlikni e’lon qilish bolani erkin qilmaydi, tajribaga tayanish esa har qanday tajriba ta’lim beradi degani emas: ba’zi tajribalar insonni o‘stiradi, boshqalari uni to‘xtatib qo‘yadi. Sakkiz qisqa bobda Dyui tajribani ta’limiy qiladigan ikki mezonni, ya’ni uzluksizlik va o‘zaro ta’sirni ishlab chiqadi hamda erkinlik, nazorat, maqsad va o‘quv materiali masalalarini shu nuqtai nazardan qayta ko‘rib chiqadi. Kitob so‘ngida esa «izm»lar, jumladan «progressivizm» haqida emas, ta’limning o‘zi haqida o‘ylashga chaqiradi.
Bu chaqiriq bugungi O‘zbekiston uchun ayniqsa dolzarb. So‘nggi yillarda xususiy maktablar, o‘quv markazlari va universitetlar soni bir necha barobar oshdi, ammo ta’lim haqidagi bahslar hamon «davlat maktabimi yoki xususiy», «milliy modelmi yoki xorijiy» kabi qarama-qarshiliklar ichida qolmoqda. Bu manzara bizga notanish emas: XX asr boshida jadidlar ham «usuli jadid»ni eski maktabga qarshi qo‘ygan edi. Dyui esa bunday «yo u, yo bu» tanlovlar ortidagi chuqurroq savolni eslatadi: maktab kimga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar, bola unda qanday tajriba orttiradi? Ta’limni o‘zgartirish haqida gapirishdan oldin aynan nimani o‘zgartirmoqchi ekanimizni anglab olishimiz kerak.
Quyida muallifning qisqa so‘zboshisi va kitobning birinchi bobi, «An’anaviy va progressiv ta’lim» tarjimasini e’tiboringizga havola etamiz. So‘zboshini o‘tkazib yubormaslikni tavsiya qilamiz: Dyui unda butun kitobning asosiy g‘oyasini bir necha jumlada jamlagan. Uning fikricha, ta’limni yangilashni istaganlar biror «izm», hatto «progressivizm» nuqtai nazaridan emas, balki Ta’limning o‘zi nuqtai nazaridan fikr yuritishlari kerak. Chunki boshqa «izm»larga qarshi kurash ichida tug‘ilgan har qanday harakat beixtiyor o‘zi rad etgan narsaning izmiga tushib qoladi.
Tarjimon: Nurmuhammad Ahmad
Muharrir: Maxfiratbegim Azizi
Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/tajriba-va-ta-lim
Manba: John Dewey. Experience and Education. New York: Touchstone / Simon & Schuster, 1997 [1-nashr: Macmillan, 1938]. So‘zboshi (5–6-betlar) va 1-bob «Traditional vs. Progressive Education» (17–23-betlar).
Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Substack | LinkedIn (YANGI)
ещё
55
0
17 ноя, 12:29
Scopusdan olib tashlangan jurnallarda maqola chiqarish bo’yicha 1-o’rindamiz 😎
Yaqinda nashr bo’lishi kutilayotgan ushbu tadqiqotda muammoli jurnallar hamda ularda kimlar maqola chiqarishi o’rganilgan.
Umumiy son va tashkilotlar bo’yicha Xitoy hamda Hindiston oldinda bo’lsa-da, biz yetakchilik qilgan bir joy bor ekan 😇
2015–2026-yillarda Scopusda mamlakat tomonidan chiqarilgan barcha maqolalarda shubhali + olib tashlangan jurnallardagi maqolalar ulushi bo’yicha 3-o’rinda ekanmiz.
Lekin jadavalda yaxshilab qaralsa, Scopusdan olib tashlangan jurnallarda maqola chiqarish bo’yicha biz yetakchimiz. 10 yil davomida chiqargan maqolalarimizning tahminan 2.2% qismi Scopusdan olib tashlangan jurnallarda chiqarilgan. Mualliflar nashrga yuborayotgan paytda o’sha jurnallar hali Scopusda bo’lgan bo’lishi mumkin. Lekin keyin olib tashlangan.
Shuning uchun tadqiqotda shubhali (flagged) jurnallar ham keltirilmoqda. Ya’ni bu jurnallar hali Scopusda turibdi. Tadqiqotchilar quyidagilarga ko’ra ba’zi jurnallarni shubhali deb tamg’alagan:
- Jurnalda chiquvchi maqolalar sonining keyingi yilda keskin (2 barobar) oshishi
- Asosan bir mamlakat mualliflari tomonidan ko’pchilik maqolalarning chiqishi
- Jurnalda Problematic Paper Screener tomonidan aniqlangan maqolalar ulushining 15% dan ko’pligi
(Problematic Paper Screener metodikasi – qaytarilgan maqolalarga iqtibos beruvchi maqolalar, sun’iy iboralar (AI yozgan?!), qaytarilgan maqolalar, vb.)
Tadqiqot mualliflariga ko’ra, Scopus biror jurnalni indeksdan chiqarganda aniq sabablarni har doim ham aytavermaydi.
Lekin bu sabablar asosan tadqiqot etikasi va sifatiga bog’liqligi aniq.
Shuningdek, tadqiqotchilar ushbu natijalardan kelib chiqib hozirgi kunda akademik reytinglar (QS, THE), grant ajratish, lavozimda ko’tarilish va boshqa KPI lar Scopus kabi bazalardagi maqolalarga qarab belgilanishini savol ostiga olishadi. Bundan tashqari, bunday jurnallarda maqola chiqarishga sovurilgan pullarni yaxshiroq tadqiqot qilishga yoki tadqiqotchilar oyligi uchun ishlatish muvofiqligi aytiladi.
ещё
320
9
2 14 ноя, 12:20
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней