Anchadan beri deyarli narsa yozmay qoʻydim. Bunga bir nechta sabablar bor.
Misol uchun aytadigan boʻlsak: Moshina yurishi uchun unga benzin, gaz yoki zaryad kerak boʻladi. Agar unga yoqilgʻi quyilmasa joyidan qimirlamay turaveradi.
Inson ham shunaqa. Undan qanaqadir fikrlar, emotsiya shu va shu kabi narsalar chiqishi uchun unga kirishi ham kerak ekan.
Odatda oʻqigan kitoblardan yoki eshitgan podcastlardan xulosalar yoki fikrlar yozar edim. Lekin shu nafs oʻlsin unaqa foydali narsalarga qoʻl urdirmay qoʻydi.
Bazan hayron qolamanda biz bu dunyoga nima ovqatimizni maqtash va tanitish uchun kelganmizmi deb.
Qashqadaryo tandir goʻshti bilan mashhur deydi
Jizzax somsasi bilan mashhur
Samarqand zigʻir oshi bilan
Toshkent norin bilan
Andijon devzira oshi bilan va hokazo.
Nima biz faqat yegani kelganmizmi? Ertaga bu dunyodan ketsang anavi ovqatlar seni eslamaydi, Falonchi akam meni yomon zoʻr yerdi deb. Bunaqa odam boshqa chiqmadi deb siqilib, sen uchun aza tutmaydi. Qoʻpol qilib aytganda u uchun umuman qizigʻing yoʻq.
Hoʻsh, Unda nima bilan maqtanaylik, nima deb oʻylaysiz ?
Shu qatori ingliz tili ustozlarga ham shunaqa gaplar boladi. Ingliz tili oson e. Shu gapirishni orgatib olsangiz boldi. Listening, Reading, Writing sekin ozi chiqib oladi deyishadi.
Keyin IELTS 7 baling bilan soraysan: ozizda qanaqadir daraja sertifikatingiz bormi desangiz. Ozi L bilan R 7.5-8 chiqyapti topshirmayapman. 9 qilmoqchiman deydi. Shunga keyin topshiraman deydi.
Ey qozivoy, avval shu 5.5 ni ovol keyin gapir. Shu 5.5 ga ham aqling yetmayaptida, shuning uchun topshirolmayapsan deydigan odam yoq. Jimgina, ha yoge rostdan deb turaverasan.
Kimdir matematikani oʻrganadi, sertifikatni oladi va dars oʻtishni boshlaydi. Keyin hamkasblariga matematika qiyin, miyam achib ketdi.
Matematika ham qiyinda. Hali ratsional, irratsional sonlar, NBY, NBS, toʻmlam, factorial, funksiya, trigonometriya hullas shunaqalar bor. Oʻquvchilarga bularni oʻrgatish qiyin deydi.
Huddi shu pallada, boshqasi oʻsha yerda ingliz tili oʻqitayotgan boʻladida. Keyin e ingliz tili qiyinda deydi. Bolalarga so`z yodlatish kerak, grammatikasini to`g`rilash kerak, speaking, listening ehhee deydi.
Keyin imi jimida, matematika oson e, shu qo`shish ayrishni, ko`paytirish bilan bo`lishni o`rgatasiz. Bolalar ishlayveradi. Shu bitta formulani yodlab olsa bo`ldi chiqaveradi deydi.
Shunaqa bir paytda qo`yib yuborsangda hech kim indamasa. Oson ekan o`zing dars berchi desangda. Qayoqda...