✅ Bu filmni oldin ko'pchiligimiz ko'rgan va har xil anglashlar olgan bo'lishingiz mumkin. Ammo bu filmni bugun bir joyiga ahamiyat berib ko'rishingizni taklif qilgan bo'lar edik!
👉 Aslida yangilik va eskilik tushunchasi yo'q. Biz hozir bilimlimiz bizni zamon rivojlandi deb, ajdodlarimizni , ota - onamiz qarashlariga tanqid qilib ulardan yuz o'girib biz faqat yutqazamiz! Biz hozir qanday holatda bo'lsak, bizga ajdodlarimiz, ota- onamiz bergan o'rgatgan boshlang'ich bilimlar orqali keldik va endi ularni kuchiga o'z kuchimizni qo'shsakgina biz ulkan marralarga erishamiz!
👆 Bu filmni ayni shu joylariga ahamiyat berib ko'ring, Otalarimiz ko'p narsa bera olmagandur , ammo ular o'zlarida borini barchasini berishgan. Ular yaxshi ko'raman deb ayta olmasligi mumkin, ammo bizni kelajagimiz uchun borini bera olgan!!!
🥰 Maroqli va anglashli hordiq tilaymiz! Aniq bu filmni shu joylarida e'tibor qaratsangiz, o'z kuchingizni his qilasiz!!!❤️