📚 HARBIY XIZMATÇILAR — “TURON” AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZIDA
Milliy gvardiya Toşkent şahri böyiça boşqarmasi harbiy qismida xizmat ötayotgan muddatli harbiy xizmatchilar dam olish kunini mazmunli ötkazish maqsadida “Turon” axborot-kutubxona markaziga taşrif buyurişdi.
🖼 Taşrif davomida harbiy xizmatchilar markazda taşkil etilgan muzey bilan tanishib, undagi tarixiy eksponatlar va madaniy meros namunalari haqida ma’lumotlarga ega bölishdi.
📖 Bunday ma’rifiy taşriflar harbiy xizmatchilarning dunyoqaraşini kengaytirish, ularning tarix va madaniyatga bö lgan qiziqishini oşirish hamda boş vaqtlarini mazmunli taşkil etishga xizmat qiladi.
25-oktyabr — Özbekiston Respublikasi İçki işlar organlari xodimlari kuni!
Uşbu qutlug‘ sana munosabati bilan Milliy gvardiya Toşkent şahri böyiça boşqarmasi rahbariyati va şaxsiy tarkibi nomidan barcha içki işlar organlari xodimlarini samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yölida fidokorona xizmat qilib kelayotgan barcha soha vakillariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga fayzu baraka va şarafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Bayramingiz muborak bölsin!
Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari jamoat joylari, shahrimizda oʻtkazilayotgan ommaviy tadbirlarda jamoat tartibini va fuqarolar xavfsizligini ishonchli taʼminlab kelmoqda
📚 “MA’NAVIYAT QALQONI” — KITOBXONLIK TANLOVI
Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy qismida “Ma’naviyat qalqoni” respublika kitobxonlik tanlovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📖 Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad — Milliy gvardiya tizimida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish, harbiy xizmatchilarning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, shuningdek, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan, har tomonlama yetuk va bilimli harbiy xizmatchilarni tarbiyalashdan iborat.
🏆 Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etib, munosib natijalarni qayd etdilar.
G‘olib va sovrindorlar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 161-moddasi. Shaharlarni va boshqa aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish
Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi shaxsiy tarkibi barcha yurtdoshlarimizni o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan muborakbod etadi!