Assalomu aleykum hurmatli obunachilar, kanalim uchun adminka kerak!
Azizlarim, sizlarga bir narsani aytmoqchiman.
Hozirda men talabaman va o‘qishlarim, darslarim sababli kanalga avvalgidek ko‘p vaqt ajrata olmayapman. Sizlarga foydali ma’lumotlar, qiziqarli postlar va chiroyli kontentlar ulashishni juda xohlayman, lekin afsuski, hammasiga birdek ulgurish biroz qiyin bo‘lyapti.
Shu sababli, kanalim faoliyatini birgalikda yuritish uchun mas’uliyatli, faol va kreativ adminka izlayapman.
📌 Adminkadan kutiladigan talablar:
— Kanalga muntazam post joylay olish;
— Chiroyli va mazmunli postlar tayyorlash;
— Foydali ma’lumotlar bilan bo‘lishish;
— Kanal rivoji uchun yangi g‘oyalar taklif qilish;
— Eng muhimi, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashish.
Agar sizda qiziqish bo‘lsa yoki bu ishga munosib insonni tanisangiz, menga kommentariyaga izoh qoldirish orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Maqsadimiz — kanalimizni yanada rivojlantirish va sizlarga ko‘proq foyda ulashish!
Ishonamanki, birgalikda bundan ham ajoyib natijalarga erishamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat!
Xotira – bu tug‘ma qobiliyat emas. Xotira – bu mashq.
Ko‘pchilik “mening xotiram yomon” deb yuradi. Lekin ular xotirani hech qachon mashq qilmagan. Muskulni ishlatmasangiz, u kuchsiz bo‘ladi. Xotira ham xuddi shunday.
Mnemonika – bu xotirani rivojlantirish texnikasi. U yordamida siz 100 ta raqamni, 100 ta so‘zni, 100 ta faktni eslab qolishingiz mumkin. Buning uchun tug‘ma qobiliyat kerak emas. Faqat texnika va mashq kerak.
Xotira – bu hayotni osonlashtiradi. Ishingizda, o‘qishingizda, kundalik hayotingizda. Xotirangiz kuchli bo‘lsa, siz tezroq o‘rganasiz, tezroq qaror qabul qilasiz va kamroq xato qilasiz.
Xotirani rivojlantirish uchun har kuni 10 daqiqa mashq qiling. 10 ta so‘zni eslab qoling. Keyin 20 ta. Keyin 50 ta. Bir oydan keyin o‘zgarishni ko‘rasiz.
Xotira – bu kuch. Uni rivojlantirsangiz, hayotingiz o‘zgaradi.