O‘z vaqtida o‘zini ko‘rsatish — mahorat, imkoniyatdan foydalanish — aql.
Ammo hamma vaziyat o‘zini namoyon qilish uchun imkoniyat degani emas. Ba’zan ortiqcha gapirishingiz sizga hech qanday foyda bermaydi, aksincha, axloqingiz va qadriyatlaringizdan voz kechishingizga sabab bo‘ladi.
Har bir eshikdan kirish shart emas. Ba’zan o‘zingizni tuta bilish — o‘zingizni ko‘rsatishdan ham kuchliroqdir.