Аналитика Telegram-канала
Подписчики
592
Охват за 24 ч
133
ER за 24 ч
22,47%
Публикаций
75

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
26 окт29 окт1 ноя
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

25.1026.1028.10
36
Средний охват
49
Лучший результат
Показаны 3 публикации — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

11
Упоминаний
4
Из них репостов
10
Каналов
Все упоминания

Последние посты

3 из 75 2 из 75
Yaqinda IMAN kompaniyasi rahbariyatidagi o‘zgarishlar va IFCB tekshiruvlari yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan rasmiy bayonot jamoatchilikda ko‘plab savollarni keltirib chiqardi. Kompaniya $20 mln miqdoridagi kamomad haqidagi gap-so‘zlarni rad etib, buni «zaxiralar hisobga olingan muammoli kreditlar va kelajakdagi daromadlar» deb izohladi. Keling, ushbu bayonot ortida turgan klassik korporativ PR usullarini va real moliyaviy mexanizmlarni professional nuqtai nazardan tahlil qilib ko‘ramiz. 1. «Bu zarar emas, balki muammoli kreditlar va kelajakdagi daromadlar» Moliya va buxgalteriya amaliyotida (xususan, MHXS/IFRS standartlarida) ehtiyotkorlik tamoyili (prudence) mavjud: xatarlar va yo‘qotishlar aniqlangan paytdayoq tan olinadi, daromadlar esa faqat real tushgandagina aks ettiriladi. Zaxiralar va qaytmas yo‘qotishlar: Kredit portfelini «muammoli» deb tasniflash va unga zaxira ajratish — bu amalda kassa uzilishini (likvidlik yetishmovchiligini) yoki mablag‘larning qaytmasligini tan olish demakdir. Kelajakdagi daromadlar hisobiga yopish: Bugungi majburiyatlarni hali tushmagan «muddatli to‘lovdan kelajakdagi daromadlar» bilan tenglashtirish — bu real taqchillikni (defitsitni) qog‘ozda xaspo‘shlashga bo‘lgan klassik urinish. Majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni bugun amalga oshirish kerak, mijozlarning ertaga to‘lash-to‘lamasligi esa yangi kredit xatarlarini tug‘diradi. 2. Xolding aksiyalari bilan ta’minlangan qarz: xatar nimada? Bayonotdagi eng nozik jihatlardan biri — fond oldidagi qarzning xolding aksiyalari bilan ta’minlangani va olti oy ichida yopilishi haqidagi banddir. Moliyaviy arxitektura nuqtai nazaridan bu yopiq doira (circular collateral) xavfini keltirib chiqaradi: Kompaniyaning ommaviy bo‘lmagan (birjada erkin sotilmaydigan) aksiyalari past likvidlikka ega. Ularni ertaga tezda naqd pulga aylantirib, investorlarga to‘lab berishning imkoni yo‘q. Aksiyalarning real qiymati bevosita ushbu biznesning omon qolishiga va operatsion rentabelligiga bog‘liq. Agar tizimda likvidlik inqirozi chuqurlashsa, garovga qo‘yilgan bu qog‘ozlarning ham bozor qiymati nolga tenglashadi. Bu holat investorlarga to‘lash uchun ayni damda «jonli» pul vositalari yetishmayotganini ko‘rsatadi. 3. MHXS va tashqi audit: post factum shaffoflik Kompaniyaning endigina xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (MHXS) o‘tayotgani, tashqi auditorlarni jalb qilayotgani hamda shariat kengashini shakllantirayotgani e’lon qilindi. Bir qarashda, bu to‘g‘ri va ijobiy qadam. Biroq yirik kapital bilan ishlovchi fintex kompaniyasi uchun bunday qadamlarning krizisdan so‘ng boshlanishi jiddiy savollarni uyg‘otadi: Nazoratning orqada qolishi: Bu holat shu paytga qadar hisob-kitob, buxgalteriya va ichki nazorat tizimi shaffof bo‘lmaganini tasdiqlaydi. Regulyatorlik va komplayens choralari jalb qilinayotgan kapital sur’atidan ancha ortda qolgan. Islom moliyasi tamoyillari: Islom bankingida (xususan, Mudaraba va Musharaka shartnomalarida) xatarlarning to‘g‘ri taqsimlanishi, investorlar mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va ularning operatsion kompaniya xarajatlari bilan qorishib ketmasligi eng muhim shartdir. Mustaqil audit va doimiy shariat nazoratisiz bu talablarni to‘liq bajarish imkonsiz edi. Boshqaruvning yangi jamoaga topshirilishi va asoschining ijrochi lavozimidan kuzatuv kengashiga o‘tishi — vaziyatni barqarorlashtirish va institutsional ishonchni qaytarish uchun qilingan qadamdir. Kelgusi 6 oy kompaniya uchun haqiqiy imtihon davri bo‘ladi: e’lon qilingan aksiyalar hisobiga qarzni yopish, muammoli aktivlarni undirish va eng asosiysi — real pullar bilan investorlar oldidagi majburiyatlarni to‘liq bajarish talab etiladi.
ещё
43 0 2 28 окт, 17:00
🇺🇿 Mahmud Usmon (IFCB shariat kengashining sobiq rahbari) va Iman Invest o‘rtasidagi nizo — iqtisodiyot nuqtai nazaridan, bu o‘yinlar nazariyasidagi klassik «ko‘priklarni yoqish» (strategic commitment) keysidir. Vaziyat Diksit va Neylbaffning ozish haqidagi realiti-shou bayon etilgan mashhur kitobidagi misolni aynan takrorlaydi. U yerda ishtirokchi shunday majburiyat imzolaydi: «Agar ozmasam, mening sharmandali suratlarim ashaddiy dushmanimga yuborilsin». Orqaga yo‘l yo‘q. Yo natija bo‘ladi, yo ommaviy tanazzul. Iman keysida tomonlar muzokaralarda boshi berk ko‘chaga kirib qolishdi (tovlamachilik va 20 million dollar kamomad haqida ayblovlar yangramoqda). Shunda Mahmud Usmon aynan mana shunday ortga qaytarib bo‘lmas qadamni tashladi: Iman shariat me’yorlariga mos kelmasligini ommaviy ravishda e’lon qildi va 50 dan ortiq maxfiy hujjatlar hamda Zoom yozuvlarini sizdirish bilan tahdid qildi.
ещё
49 0 3 26 окт, 20:13
🇷🇺 Сидели мы в Moti, ели паназиатскую кухню, обсуждаем дела. В какой-то момент звучит классическое: «А погнали на выходных в горы, пожарим шашлык?» Мужская логика фаундеров сработала безотказно: моргнули — и мы уже сидим в Urla в Дубае смотрим на ночную Бурдж-Халифу. В этом и есть настоящая мужская энергия — в скорости принятия решений. Когда между идеей и посадкой в самолёт нет двух месяцев согласований, сомнений и прокрастинации. В бизнесе мы каждый день живём в спринтах, метриках, архитектуре систем и рисках. Но лучший способ перезагрузить процессор — это спонтанность в правильном окружении. Окружении людей, с которыми можно за полчаса перевернуть планы на 180 градусов, выдохнуть и просто кайфануть от момента. 🇺🇿 Moti’da o‘tirib, dengiz taomlaridan yeb, ishlarni muhokama qilayotgan edik. Bir payt kimdir: «Dam olish kunlari tog‘ga chiqib, shashlik qilmaymizmi?» deb qoldi. Founder’larning qaror qabul qilish tezligi darhol ishga tushdi: ko‘z ochib yumguncha Dubayda, Urla restoranida, Burj Xalifa chiroqlari ostida o‘tiribmiz.  Erkak kishining kuchi va energiyasi ham aynan shunda — qaror qabul qilish tezligida. G‘oya paydo bo‘lishi bilan samolyotga chiqish orasida oylarca cho‘ziladigan ikkilanishlar, rejalashtirishlar va ortga surishlar bo‘lmasligi kerak. Biznesda har kuni loyihalar, tizimlar arxitekturasi, xatarlar va stress ichida yashaymiz. Lekin aqlni qayta «zaryadlash»ning eng yaxshi yo‘li — to‘g‘ri davrada bo‘lish va kutilmagan, dadil qarorlar qabul qila olish. Yarim soat ichida rejalarni 180 darajaga o‘zgartirib, birga dam ola biladigan do‘stlar davrasi — bebaho. Tog‘dagi shashlik biroz kutib turadi. Dubay esa ayni muddao bo‘ldi! @alisherahmatovich
ещё
15 0 1 25 окт, 00:17
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней