Аналитика Telegram-канала
Подписчики
194
Охват за 24 ч
1,9K
Публикаций
1
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
28 окт31 окт3 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
10:02
425
Средний охват
425
Лучший результат
Показаны 1 публикация за 2 ноября
Больше статистики →
Упоминания
24
Упоминаний
22
Из них репостов
10
Каналов
0
Упоминаний
0
Из них репостов
0
Каналов
Последние посты
1 из 1 1 из 1«Ichki ishlar vazirligi targ’ib qilgan “Apk Qo’riqchi” bu josuslik agenti» — degan da’volar haftalab tarqaldi. LogBit Labs gapni emas, kodni tekshirdi.
IIV ilovani ochiq targ’ib qilmoqda: vazir o’rinbosari Ramazon Ashrapov 9-oktabr matbuot anjumanida 3 million foydalanuvchi ulanganini aytdi, Google Play’da esa yuklanishlar 5 milliondan oshgan. Shu ko’lamdagi davlat ilovasi ijtimoiy tarmoqlarda «bu josus dastur», «davlat telefoningizni to’liq nazorat qiladi» degan izohlarga sabab bo’ldi.
Taxmin qilish o’rniga LogBit Labs forenzik tahlil o’tkazdi — so’nggi versiya (v1.2.15) va 10 ta eski versiya dekompilyatsiya qilinib, kod satrma-satr o’qildi.
Avval bir chalkashlik: “Apk Qo’riqchi” - antivirus emas. U bitta aniq muammoga - Telegram orqali yuboriladigan zararli «.apk» fayllarga qarshi ishlaydi: ularning o’rnatilishini to’xtatadi, xavfli ilovalarni belgilaydi va qolib ketgan .apk’larni tozalaydi. Hammasi qurilmada, bepul, o’zbek tilida.
Asosiy xulosa. v1.2.15 kodida masofaviy server (C2), buyruq kanali, kuzatuv ruxsatlari (SMS, joylashuv, kamera, mikrofon, IMEI) yoki yashirin ma’lumot uzatish - yo’q. Aniqrog’i, ilova kodida umuman tarmoq kodi yo’q. Demak, uni “josuslik quroli” deyishga texnik asos yo’q.
Eng muhim topilma — eski versiyalarda. 1.2.0–1.2.12 versiyalari o’rnatilgan ilovalar xeshlarini foydalanuvchiga aytmasdan VirusTotal’ga (Google xizmati) yuborgan — bu Play’dagi «ma’lumot yig’ilmaydi» deklaratsiyasiga zid. Muhim nuqta: ma’lumot davlat serveriga emas, VirusTotal’ga ketgan; telefon raqami yoki IMEI uzatilmagan. Bu kod 1.2.13 versiyadan boshlab butunlay olib tashlangan.
Shaffoflik. Nashriyotchi «IIV» deb ko’rsatilgan, biroq aloqa ma’lumotlari shaxsiy (shaxsiy Gmail, com.baxtiyorov.security), maxfiylik siyosati rasmiy davlat domenida emas, Google Sites’da. Ilovani IIV o’zi ishlab chiqdimi — ochiq manbalardan tasdiqlab bo’lmadi; bu savolga IIV javob bergani ma’qul.
Fuqarolarga: ilovani faqat Google Play’dan o’rnating; Telegram’dagi «Qo’riqchi.apk»ni hech qachon ochmang; o’rnatgan bo’lsangiz 1.2.13+ ga yangilang. Esda tuting: u faqat APK’dan himoya qiladi — SMS-kodingizni hech kimga bermang.
Umumiy baho: josus vosita emas, real tahdidga qarshi foydali — lekin kuchli ruxsatli, egaligi shaffof emas va doimiy mustaqil nazoratni talab qiladi. Barcha xulosalar SHA-256 xeshlari va trafik loglari bilan tasdiqlangan.
To’liq texnik hisobot :
https://logbit.uz/blog/apk-qoriqchi-forenzik-tahlil
😎 LogBit Labs - kiberxavfsizlik tadqiqotlari
Telegram | Web-site | Linkedin
ещё
425
27
14 2 ноя, 10:02
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней