➡️Korxonada zamonaviy oqova suvlarni tozalash inshooti ishga tushirildi
⚫️Korxonamizda oqova suvlarni zamonaviy texnologiyalar asosida tozalashga mo‘ljallangan yangi inshoot ishga tushirildi.
⚫️Mazkur inshoot korxonadan chiqarilayotgan oqova suvlarni biologik hamda fizik-kimyoviy usullar orqali tozalash va qaytadan korxonaning ishlab chiqarish jarayoniga yo‘naltirish imkonini beradi.
⚫️Yangi tozalash inshootining quvvati sutkasiga 500 m³ ni tashkil etadi. Loyiha “INTL CONSTRUCTION UNITED” tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, loyihaning umumiy qiymati 7,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
⚫️Ayni paytda inshoot orqali kuniga o‘rtacha 150–200 m³ oqova suv qayta tozalanib, ishlab chiqarish jarayoniga yetkazib berilmoqda.
⚫️Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida korxonada ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan texnik suv sarfi qisqarmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish xarajatlarini optimallashtirish va mahsulot tannarxini kamaytirishga xizmat qilmoqda.
⚫️Mazkur loyiha korxonada suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, ishlab chiqarish jarayonining ekologik samaradorligini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN O‘QUV-SEMINARI BO‘LIB O‘TMOQDA
🇺🇿"O'zkimyosanoat" AJ tomonidan tarmoq korxonalari xodimlari uchun zoom platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi mazmun-mohiyatini soha xodimlariga yetkazish hamda unda ilgari surilgan ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini keng tushuntirish maqsadida maxsus o‘quv-seminari tashkil etilmoqda.
✅Seminarda korxona xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
⚡️Yodlanǵan as duzı hám as sodasın islep shıǵarıw joybarınıń qurılısına start berildi
✍️Búgin "Qońırat soda zavodı" JShJ SK tárepinen ámelge asırılıp atırǵan investiciyalıq joybar sheńberinde yodlanǵan as duzı hám as sodasın islep shıǵarıw kompleksiniń qurılısına start berildi.
Joybardıń ulıwma bahası 6,9 million AQSh dolların quraydı. Bul joybar sheńberinde jıllıq quwatlılıǵı 20 mıń tonna joqarı sapalı yodlanǵan as duzın hám 10 mıń tonna as sodasın islep shıǵarıw jolǵa qoyıladı.
Joybar Qıtaydıń "Beijing Triumph International Engineering Co., Ltd." kompaniyası tárepinen ámelge asırıladı.
Qurılıs jumısları 2027-jıldıń II shereginde juwmaqlaw rejelestirilgen.
Joybardıń iske qosılıwı nátiyjesinde 50 den aslam jańa jumıs ornı jaratıladı hám aymaqta jergilikli óndiris kólemin arttırıwǵa xızmet etedi.
⚡️Yodlangan osh tuzi va iste’mol sodasi ishlab chiqarish loyihasi qurilishiga start berildi
✍️Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ XK tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasi doirasida yodlangan osh tuzi va iste’mol sodasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishiga start berildi.
Loyihaning umumiy qiymati 6,9 million AQSh dollarini tashkil etadi. Mazkur loyiha doirasida yillik quvvati 20 ming tonna yuqori sifatli yodlangan osh tuzi hamda 10 ming tonna iste’mol sodasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Loyiha Xitoyning «Beijing Triumph International Engineering Co., Ltd.» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Qurilish ishlarini 2027-yilning II choragida yakunlash rejalashtirilgan.
Loyihaning ishga tushirilishi natijasida 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi hamda hududda mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirishga xizmat qiladi.
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCh XK mavjud boʻsh ish oʻrni “Avtokran haydovchisi ” (40 tonna) shtat birligiga tanlov asosida ishga qabul qilinishini maʼlum qilamiz.
💬 Tanlov shartlari:
💬Avtokran maxsus texnikasini ishlatish guvohnomasiga ega boʻlishi shart
💬Sohada 3 yillik ish tajribasiga ega
💬"B, C" haydovchilik guvohnomasiga ega
📍 Tanlov o‘tkaziladigan vaqti:
🗣2026-yil 25-sentabr soat 10-00 da
🗣Manzil: Qo‘ng‘irot tumani «Elabad» ShFY
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ XK binosi
⚠️ Nomzodlar o'zlari haqida obyektiv ma'lumot (rezyume) tanlov o'tkaziladigan kuni olib kelishlari zarur.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Nukus shahrida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
—
Под председательством Президента Шавката Мирзиёева в городе Нукусе состоялось совещание по вопросам социально-экономического развития Каракалпакстана.
На этом Президент нашей страны завершил поездку в Каракалпакстан и вернулся в Ташкент.
Оринбаевнинг ички ишлар органлари тизимидаги кўп йиллик меҳнати, Қорақалпоғистонни ҳар томонлама ривожлантириш, аҳоли фаровонлиги, хавфсизлиги ва осойишта ҳаётини таъминлаш ва бошқа хизматлари эътироф этилди.