✍️Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ XKda “Umummilliy diktant” loyihasi o‘tkazildi
👧21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ XKda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Umummilliy diktant” loyihasi tashkil etildi.
➡️Mazkur loyiha korxona ishchi-xodimlarining davlat tilida ish yuritish samaradorligini oshirish, ona tiliga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, shuningdek, ularning imloviy savodxonligi hamda yozma nutq madaniyatini baholash maqsadida o‘tkazildi.
Tanlov yakuniga koʻra:
🥇-oʻrinni Ohak kuydirish sexidan Qilishbayeva Nigora
🥈-oʻrinni Ishlab chiqarish markaziy boshqaruv pultidan Fayzullayeva Damexan
🥉-oʻrinni Tikuv sexidan Sherimbetova Juldiz egalladi.
🎁Gʻoliblar korxona kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.