“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCh XK mavjud boʻsh ish oʻrni “Avtokran haydovchisi” shtat birligiga tanlov asosida ishga qabul qilinishini maʼlum qilamiz.
💬 Tanlov shartlari:
💬Avtokran maxsus texnikasini ishlatish guvohnomasiga ega boʻlishi shart
💬Sohada 3 yillik ish tajribasiga ega
💬"B, C" haydovchilik guvohnomasiga ega
📍 Tanlov o‘tkaziladigan vaqti:
🗣2026-yil 25-sentabr soat 10-00 da
🗣Manzil: Qo‘ng‘irot tumani «Elabad» ShFY
“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ XK binosi
⚠️ Nomzodlar o'zlari haqida obyektiv ma'lumot (rezyume) tanlov o'tkaziladigan kuni olib kelishlari zarur.
Қарақалпақстанлы жаслар ушын жаңалық: усы жылда да қосымша 6 500 квота ажыратылды
Ҳүрметли Президентимиздиң 2022-жыл 31-августтағы 213-санлы пәрманы менен ҳәр жылы Қарақалпақстан Республикасында турақлы жасайтуғын ҳәм де улыўма орта, орта арнаўлы ҳәм профессионал билимлендириў шөлкемлерин тамамлаған жаслар ушын төлемли-контракт тийкарында қосымша квоталар ажыратылып келинбекте.
Усы жылда да республикамыздың қала ҳәм районлары ушын зәрүр болған маманлықлар санынан ҳәм кадрлардың ишки мүтәжликлеринен келип шығып, ўәлаятлардағы жоқары оқыў орынларын таңлаған абитуриентлер ушын төлемли-контракт тийкарында 6 500 қосымша квота ажыратылды.
Әлбетте, қосымша квоталардың ажыратылыўы бул республикамыз ушын зәрүр болған жоқары билимге ийе маман кадрларды таярлаўда әҳмийетли болып, бул өз нәўбетинде ҳүрметли Президентимиздиң қарақалпақстанлы жаслар ушын айрықша жаратып берген имканиятларының және бир көриниси болды десек алжаспаған боламыз.
—
Қорақалпоғистонлик ёшлар учун янгилик: бу йил ҳам қўшимча 6 500 квота ажратилди
Ҳурматли Президентимизнинг 2022 йил 31 августдаги 213-сонли фармони билан ҳар йили Қорақалпоғистон Республикасида доимий яшайдиган ҳамда умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълим ташкилотларини тамомлаган ёшлар учун тўлов-контракт асосида қўшимча квоталар ажратиб келинмоқда.
Жорий йилда ҳам республикамизнинг шаҳар ва туманлари учун зарур бўлган мутахассисликлар сонидан ва кадрларнинг ички эҳтиёжларидан келиб чиқиб, вилоятлардаги олий ўқув юртларини танлаган абитуриентлар учун тўлов-контракт асосида 6 500 та қўшимча квота ажратилди.
Албатта, қўшимча квоталарнинг ажратилиши бу республикамиз учун зарур бўлган юқори билимга эга малакали кадрларни тайёрлашда муҳим бўлиб, бу ўз навбатида ҳурматли Президентимизнинг Қорақалпоғистонлик ёшлар учун алоҳида яратиб берган имкониятларининг яна бир кўриниши бўлди десак адашмаган бўламиз.
Hurmatli hamkasblar, aziz do'stlar!
“Uz-Kor Gas Chemical” MChJ QK jamoasi sizlarni ajoyib yubiley — korxona ishga tushirilganining 20 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!Yigirma yil muqaddam Qo'ng'irot soda zavodining ishga tushirilishi muhim voqea sifatida tarixga kirdi: mamlakatimiz xaritasida Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida qurilgan birinchi sanoat giganti paydo bo'ldi. Uning tashkil etilishi sanoat rivojlanishi vektorining kuchli siljishiga turtki bo'ldi va O'zbekistonning sanoat suverenitetining mustahkamlanishiga hissa qo'shdi.
Yigirma yillik jadal rivojlanish davomida zavod ajoyib yo'lni bosib o'tdi. Korxona innovatsion texnologiyalar va ilg'or sifat standartlarini joriy etish orqali xalqaro aloqalarni mustahkamlash va Respublikamiz eksport salohiyatini izchil oshirishga beqiyos hissa qo'shdi.
Bugungi kunda zavodning yuqori sifatli mahsulotlari ham ichki, ham jahon bozorida yuqori talab va ishonch qozonib, mamlakatning yirik kimyo xabi sifatidagi nufuzini mustahkamlamoqda. Har bir ishlab chiqarish natijalari va modernizatsiya bosqichining ortida bir yarim mingdan ortiq jamoaning chuqur sadoqati, yuksak professionalligi va hamjihatligi yotadi.
Qoraqalpog'iston zaminida korxonalarimiz yelkama-elka ishlab, mintaqaning qudratli sanoat tayanchini shakllantirayotgani bilan faxrlanamiz.
Biz Qo'ng'irot soda zavodiga uzluksiz o'sish, barqarorlik, yangi eksport cho'qqilarini zabt etish va barcha reja va g'oyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni chin dildan tilaymiz!
Korxonaning butun jamoasi va faxriylariga mustahkam sog'lik, bitmas-tuganmas g'ayrat, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va Vatanimiz ravnaqi yo'lida yangi zafarlar yor bo'lsin!
Hurmat bilan,“Uz-Kor Gas Chemical” MChJ QK mehnat jamoasi
Korxonaning 20 yilligi munosabati bilan, shuningdek, kasaba uyushmasining ish rejasiga asosan xodimlar o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🎚️ Erkaklar o‘rtasida:
🥇-o‘rin — Kurbanbayev Aybek
(Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika sexi)
🎚️ Ayollar o‘rtasida:
🥇 -o‘rin — Allambergenova Bazargul
(Ohak kuydirish sexi)