🚒"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MChJ XKda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
📢 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2026-yil 31-yanvardagi 1-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida "Qo‘ng‘irot soda zavodi" MChJ XKda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
🔥 O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi - kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, insonlar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, moddiy boyliklarni saqlab qolish, shuningdek, avariya oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
🚒Mashg‘ulot davomida favqulodda vaziyatlarda mas’ul xodimlarning harakatlari, tegishli xizmatlarning o‘zaro hamkorligi, jabrlanganlarni himoya qilish va avariya oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalda sinovdan o‘tkazildi.
✅ O‘quv mashg‘uloti yakunida belgilangan maqsad va vazifalarga erishildi.