ImageFlow loyihasi Photoshop’ga muqobil vosita sifatida rivojlanishda davom etmoqda. Platformaning yangi Relight funksiyasi suratlarda soyalarni dinamik tarzda yaratish imkonini beradi.
Eng muhimi, ushbu imkoniyatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda va bepul ishlaydi.
Ular Rust dasturlash tilida yozilgan, shu sababli kompyuter resurslarini ko‘p talab qilmaydi va tez ishlaydi. Shuningdek, muntazam ravishda yangilanishlar va yangi funksiyalar qo‘shib boriladi.