Аналитика Telegram-канала
Подписчики
71
Охват за 24 ч
58
ER за 24 ч
81,69%
Публикаций
698

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
10 ноя13 ноя16 ноя
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

12.1112.1113.1113.1114.1115.11
13
Средний охват
46
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

18
Упоминаний
18
Из них репостов
2
Каналов
Все упоминания

Последние посты

3 из 698 2 из 698
The weekend
ещё
5 0 15 ноя, 17:09
Yana bir-ikki yil ichida qizlar yigitlarga erishish uchun kurashadi. Mavzuning sarlavhasiga qarang, naqadar xunuk eshitiladi, ayniqsa qizlar uchun. Bilaman, tushunaman. Bugun genetik jihatdan chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan qizlarning aksariyati o‘z jozibadorligidan imkon qadar foydalanib qolishga harakat qiladi. Oilaviy qadriyatlari va shaxsiy qarashlari bunga imkon bersa, birinchi navbatda modellik, aktrisalik yoki blogerlik sohasiga kirishga intiladi. Chunki bugungi jamiyatda go‘zallik shunchaki estetik xususiyat emas, u ijtimoiy e’tibor, mavqe va hatto iqtisodiy kapitalga aylangan qaysidir ma’noda ustunlik belgisi ham. Lekin bir narsaga e’tibor bering, taxminan 2027-2028-yillardan boshlab sun’iy intellekt modellik va aktrisalik kabi sohalarda inson bilan jiddiy raqobatga kirishadi. Balki bu jarayon allaqachon boshlanganini ham ko‘rayotgandirsiz. Sun’iy intellekt yordamida yaratilayotgan obrazlar tobora tabiiylashib, ayrim jihatlari bilan real inson tashqi ko‘rinishidan ham mukammalroq bo‘lib bormoqda. Buyurtmachi uchun esa bunday obraz bilan ishlash bir necha o‘n barobar arzonga tushishi mumkin. Suratga olish, kasting, gonorar, safar va boshqa tashkiliy xarajatlar yo‘q. Vaqt tejaladi, obrazni istalgan shaklda o‘zgartirish mumkin, hatto uning yoshi, qiyofasi va xarakterini ham buyurtmaga moslashtirish mumkin. Eng qizig‘i, erkaklar ham ulardan estetik, hatto erotik zavq ololadi. Demak, reklama va ko‘ngilochar industriyada tabiiy inson go‘zalligining tijoriy ustunligi asta-sekin zaiflashishi ehtimoli bor. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda minglab obunachilar, reklama shartnomalari va daromad keltirayotgan tashqi jozibadorlik ertaga avvalgidek kapital bo‘lib xizmat qilmaydi. Chunki bozor uchun insonning tabiiyligi emas, talabni qondiradigan mahsulotning narxi va samaradorligi muhimroq bo‘lib qoladi. Endi shu yerda bir savol tug’iladi, keyin nima bo‘ladi? degan. Bugun shunchaki tashqi ko‘rinishi sababli tanlangan, shu orqali pul topgan yoki muayyan ijtimoiy mavqega ega bo‘lgan ayrim qizlar uchun boshqa sohalarda o‘z o‘rnini topish oson bo‘lmasligi mumkin. Chunki hamma ham do‘konda kassir bo‘lishni, maktabda o‘qituvchilik qilishni yoki yillar davomida mehnat va malaka talab qiladigan kasblarni egallashni istamaydi. Bu kasblarning hech biri kamsitishga loyiq emas, albatta. Gap shundaki, inson biror ustunligiga haddan tashqari suyanib qolsa, o‘sha ustunlikning qiymati yo‘qolgan paytda nima bilan yashashni bilmay qoladi. Menimcha, bu jarayon faqat kasbiy raqobat bilan cheklanmaydi. Ijtimoiy munosabatlarda ham muayyan o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Bugun ayrim qizlar uchun tashqi ko‘rinish, ijtimoiy mavqe va tanlanish imkoniyati munosabatlarda ma’lum bir ustunlik yaratadi. Ularning talablari ham, o‘zlariga nisbatan kutishlari ham shu ustunlik bilan bog‘liq. Agar go‘zallikning bozordagi qiymati pasaysa, shu asosda shakllangan talablar ham qayta ko‘rib chiqilishiga to‘g‘ri keladi. Bir paytlar yigitlar uchun yopiq tizimdek ko‘ringan munosabatlar bozori nisbatan ochiq va raqobatli tus olishi mumkin. Bunda avvalgi tanlov mezonlari ham o‘zgaradi. Albatta, bu barcha qizlar yigitlarga erishish uchun kurashadi yoki erkaklar oldidagi mavqeyi birdaniga o‘zgaradi, degani emas. Insoniy munosabatlarni faqat go‘zallik va iqtisodiy manfaat bilan izohlab bo‘lmaydi. Ammo tashqi jozibadorlikka asoslangan ustunlikning zaiflashuvi ayrim ijtimoiy tasavvurlarni o‘zgartirishi mumkin. Shopengauerning inson istaklari haqida bir qarashi bor, ya’ni inson ko‘pincha o‘z xohish-istaklarining quli bo‘lib yashaydi. U nimagadir erishishni istaydi, unga erishgach esa bu istakning o‘rnini boshqasi egallaydi. Balki bugungi go‘zallik kapitali atrofida shakllangan hayot tarzining eng katta muammosi ham shundadir, ya’ni inson o‘zining asl qadrini emas, boshqalarning unga bo‘lgan talabini o‘z qadriga aylantirib qo‘ygan. Aslida, men bu yerda qizlarning go‘zalligini yoki erkaklarning tanlash imkoniyatini muhokama qilmoqchi emasman. Gap insonning o‘zida mavjud bo‘lgan biror ustunlikni butun shaxsiyati bilan adashtirib yuborishi haqida edi. @islom_nurmurod
ещё
1 0 1 14 ноя, 10:52
only 1 or 2 % will rule over others )
ещё
2 0 1 13 ноя, 13:59
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней