Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «Inter Zone | Uzbekistan»

Inter Zone | Uzbekistan
20.6K
48.5K
163
106
171.3K
Barchasi Inter haqida, va albatta O’zbek tilida.
📰 Yangiliklar
⚽️ Onlayn gollar
🎬 Videolar
🎤 Intervyular
🥅 Anonslar
♻️ Transferlar

Murojaat uchun: @interfcadmin

Gruppa: telemetr.me/InternazionaleFanUZ
Подписчики
Всего
1 203
Сегодня
-1
Просмотров на пост
Всего
384
ER
Общий
31.93%
Суточный
30.34%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 7 из 20 603 постов
Смотреть все посты
Пост от 27.10.2026 12:30
109
1
0
⚡️📰 | La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, “Inter” Markus Tyuram bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshladi.

Hozircha moliyaviy shartlar muhokama qilinmagan, ammo har ikki tomon ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor.

Tyuramning amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan. Italiyadagi “Decreto Crescita” soliq imtiyozlari esa uning maoshini biroz oshirish imkonini beradi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
Пост от 27.10.2026 09:13
66
0
0
⚡️📰 | La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, “Inter” yaqin orada Karlos Avgusto bilan shartnoma 2031-yilgacha uzaytirilganini rasman e’lon qiladi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
❤ 2
Пост от 27.10.2026 09:03
95
0
1
☝️ | Aytgancha, Lautaro Martines Lionel Messidan keyin ketma-ket 4 yil “Oltin to‘p” reytingining TOP-30 taligidan joy olgan ilk argentinalik futbolchiga aylandi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
👍 3
Пост от 27.10.2026 07:09
6
0
0
👀


⚽️ INTER ZONE | UZB
Пост от 26.10.2026 21:22
57
0
0
🎂 | KRISTIAN KIVU: 18 YOSHLI YIGITDAN “AYAKS” SARDORIGACHA!

1999-yil yozida Kristian Kivu “Ayaks”ga kelganida endigina 18 yoshda edi. Bir yil avval otasidan ayrilgan, Amsterdamda esa deyarli hech kimni tanimasdi. U Holiday Inn mehmonxonasining bir xonasida yolg‘iz yashar, mashg‘ulotlarga esa maxsus haydovchi olib borardi. Taxminan olti oydan so‘ng Kivu Ouderkerk-an-de-Amstel hududidagi uyga ko‘chib o‘tdi va nihoyat o‘ziga kerakli xotirjamlikni topdi.

Maydondagi dastlabki oylari ham oson kechmadi. Kivu bir necha oy ichida uch marta qizil kartochka oldi.

“Men hali bola edim. O‘zimni ko‘rsatishga haddan tashqari intilardim va shu sababli xatolarga yo‘l qo‘yardim”, — deya eslagan edi u keyinchalik.

O‘sha paytda Yan Vouters boshqaruvidagi “Ayaks” ham qiyin davrni boshdan kechirayotgan edi. Klub o‘zining 100 yilligini nishonlayotgan 2000-yilning 19-martida “Tvente”ga qarshi katta bayram uchrashuvini o‘tkazdi. Kivu asosiy tarkibda maydonga tushdi.

“​​Ayaks” futbolchilari tarixiy liboslarda o‘ynadi, stadionga esa 40 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi. Biroq bayram kutilganidek o‘tmadi. “Tvente” 28-daqiqada gol urdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Raqib birinchi bo‘limdayoq bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, “Ayaks” hisobni tenglashtira olmadi. Amsterdamliklar mavsumni 5-o‘rinda yakunladi.

2000-yilda Leo Benhakker texnik direktor etib tayinlangach, vaziyat asta-sekin o‘zgara boshladi. 2001-yil yozida klubga Zlatan Ibrahimovich, Maksvell, Mido va Hatem Trabelsi kabi futbolchilar kelib qo‘shildi. Ular Ko Adriyanse shakllantirgan, Endi van der Meyde va yosh Rafael van der Vart kabi iqtidorlardan iborat jamoani yanada kuchaytirdi.

2001-yil noyabrida Adriyanse iste’foga chiqarildi va uning o‘rnini Ronald Kuman egalladi. Yangi murabbiy darhol muhim qaror qabul qildi: atigi 21 yoshli Kristian Kivuni jamoa sardori etib tayinladi.

2002-yil 5-may kuni “Ayaks” safarda NEC ustidan g‘alaba qozonib, 1998-yildan beri ilk bor Niderlandiya chempioniga aylandi.

O‘sha g‘alabadan keyin olingan surat tarixga kirdi: Kivu yirtilgan, loyga belangan futbolkada, qo‘lida Amsterdam shahrining gerbi tushirilgan sardorlik bog‘ichi bilan turardi.

Bir hafta o‘tib, “Ayaks” Niderlandiya kubogi finalida “Utrext”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Vamberto 90-daqiqada ofsayd holatidan gol urib hisobni tenglashtirdi, qo‘shimcha bo‘limlarda esa Zlatan Ibrahimovich “oltin gol” muallifiga aylandi.

O‘sha yili Kivu “Oltin butsa” mukofotini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u 2000/01 va 2002/03-yilgi mavsumlarda “Ayaks”ning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bu tarixning yana bir qiziqarli jihati bor.

“​​Ayaks”ning afsonaviy jamoa menejeri David Endt Kivuning o‘sha loyga belangan, yuvilmagan futbolkasini uyiga olib ketdi. Keyinchalik u futbolkani Amsterdam ArenAdagi ishxonasiga osib qo‘ydi va yillar davomida saqladi. Hozir esa ushbu tarixiy libos Amsterdam muzeyiga vaqtincha topshirilgan.

David Endt bu voqeani birgina jumla bilan izohlagan edi:

“Toza futbolka bilan hech qachon g‘alaba qozonolmaysan”.


⚽️ INTER ZONE | UZB
👍 2
🔥 1
Пост от 26.10.2026 20:46
142
5
0
✅ | RASMAN: “Inter” sardori Lautaro Martines “Oltin to‘p” uchun ovoz berish natijalariga ko‘ra 22-o‘rinni egalladi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
🗿 6
Пост от 26.10.2026 19:09
247
2
2
🏆 | “Oltin to‘p” tarixidagi eng yosh g‘olib — “Inter”ning afsonaviy hujumchisi Ronaldo Nazario.

🫵 Umid qilamanki, bu rekord bugun ham yangilanmaydi.


⚽️ INTER ZONE | UZB
🔥 3
💯 2
😁 1
Смотреть все посты