Аналитика Telegram-канала
Подписчики
479
Публикаций
381
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
19 ноя22 ноя25 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
12:18
77
Средний охват
77
Лучший результат
Показаны 1 публикация за 1 ноября
Больше статистики →
Упоминания
106
Упоминаний
45
Из них репостов
26
Каналов
0
Упоминаний за 90 дней
0
Из них репостов
0
Каналов за 90 дней
Последние посты
1 из 381 1 из 381Ijtimoiy tarmoqlarni bozorga oʻxshataman. Hamma har turli tovar, mahsulotlarni sotishga intiladi. Doimiy shovqin-suron, gʻala-g'ovur hukmron maskan, xuddi bozorlar kabi. Baʼzida tala-to'plar, mashmashalar, tortishuvlar va mushtlashuvlar ham koʻzga tashlanib turadi, albatta, so‘zning jismoniy maʼnosida emas.
Jiddiy narsa oʻrganish, vaqtni munosib va toʻgʻri sarflash uchun esa eng nomunosib va zararli joy. Chalgʻitish shu qadar kuchli ishlaydiki, bir kirdingmi, qaytib chiqishing soatlarcha vaqt olishi mumkin, chunki algoritmlar bu borada jiddiy ish olib boradi. Chinakam rohat, huzur va qalb xotirjamligini osonlikcha boy berish, yoʻqotib qoʻyish mumkin.
Ijtimoiy tarmoq koʻchalarida bir soat sang‘igan odam baayni bozorlar rastalarida shallaqi bozorchi xotinlar-u bezbet xaridorlarning quloqni qomatga keltiruvchi gʻavgʻolarini eshitib ogʻzidan suvi qurib, sillasini tamoman yoʻqotgan kabi aqliy quvvatini toʻlaqonli boy beradi, qoʻli bir ishga bormay qoladi, miyasi, aqli gʻovlab ketadi. U yerdan tezlik bilan yugurib chiqib ketishni istatdi-yu, nariroqda bir sotuvchining koʻzni qamashtirib, yurakni oʻynatuvchi bir buyumini koʻrishi bilan uni yaqinroqdan tomosha qilishni, narxini bilishni, unga oʻxshash boshqa mahsulotlarniyam olmasa ham shunchaki bir qur koʻrib qoʻyishni koʻngli tusab qoladi. Va bu jarayon ustma-ust, ortinma-ketin, toʻxtovsiz davom etaveradi.
Biz bilgan texnologik, virtual, onlayn olamning har bir qismi, har bir parchasi tabiiy, jismoniy olamni aks ettirib turadi. Jismoniy olamdan chekinishga nechogʻlik urinmaylik, soʻngida oʻzimizni charchagan, holdan toydan holda uning ichida topaveramiz.
Virtual olam inson uchun jismoniy olamdan chekinishing tabiiy bir koʻrinishi hisoblanmish tush koʻrishning sunʼiy, yasalgan bir shaklidir. Shu bois ham tush koʻrib oʻzimizni qanchalik toʻliq, haqiqiy, hayratlangan, toʻlqinlangan, qoʻrqqan va hatto boshqa bir dunyo ichida tushib qolgandek his qilsak, sunʼiy yasalgan olamda oʻzimizni yolgʻiz, hissiz, maʼnosiz va chuqur bir boʻshliq ichida his qilaveramiz.
ещё
77
1
4 1 ноя, 12:18
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней