Аналитика Telegram-канала
Подписчики
1 352
Охват за 24 ч
382
ER за 24 ч
28,25%
Публикаций
1 569
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
22 ноя25 ноя28 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
21.1124.1126.1126.1126.1127.11
110
Средний охват
138
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
326
Упоминаний
182
Из них репостов
168
Каналов
14
Упоминаний за 90 дней
10
Из них репостов
9
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 1 569 2 из 1 569
Kechasi eski divan va kreslolarni eshikka chiqarib qo‘ydik, bugun chiqindiga tashlamoqchiydik...
Uyda bekorga joy olib yotibdi, ham biz foydalanmaymiz. Xonani bo‘shatib, tozalab, o‘yinchoqlarni joylashtirib, Mahdi bilan Safinaga “Oyun alanı” qilib berdik.
Ertalab 2-3 kishi uyga kelib, chiqargan ashyolaringiz kerakmi, bo‘lmasa biz olib ketsak maylimi deb so‘radi. Bo‘lib olib, bemalol ishlatinglar ehtiyojingiz bo‘lsa, dedik.
Nihoyat, biz ham kimlargadir narsa bera olyapmiz, Xudo shu kunlargayam yetkazdi, shukr. Kechagina faqat chemodan bilan uydan uyga ko‘chib yurgandik, bugun esa ortiqcha ashyolarimiz bor...
Baxt har doim ham qimmat uy, inomarka mashina, brend kiyim-kechaklarda yashamaydi. Shunday oddiy narsalar bergan hisni boshqa joylardan topish imkonsiz.
Eshikda qarzdorlar yo‘q, banklardan qo‘ng‘iroq bo‘lmaydi, shifoxonada emassan, muzlatkich to‘la, sevganlaring yoningda, uying, oilang xotirjam, yursak yo‘limiz, ichsak choyimiz bor, baxtlimiz...
Alhamdulillah!
@Ijoddardi
ещё
124
1
1 30 27 ноя, 15:32
Boshlig‘imning orqasidan ergashib uyga kirdik, gilam, divan-kreslolar, oshxonada qoshiq-vilka, choynak-stakanlar, muzlatkich, ovqatlanadigan stol-stul... 70% narsa shunday turardi.
Erman bey onasiga telefon qilib, “Hamma narsani chiqarib ketdim deganding, shunday turibdiku?!” dedi. Teyze bo‘lsa, “Abdulazizning ashyosi yo‘q demadingmi o‘zing, men yangi oldim, ular qolsin, hadyamiz bo‘lsin, nima yoqmasa chiqarib tashlashadi, keragini olib qolib foydalansin” dediku.
Erman beyning narsalarini mashinaga ortdik. “Onamning qarori bu, men aralashmayman. Nima deganini eshitding, maza qilib yashanglar ana, xayrli bo‘lsin” deb kalitni qo‘limga tutqazdi.
Kir yuvadigan mashina olsam bo‘ldi deb yurgandim, kecha ishxonadagi salatchi Halima xonim eski kir moshinam bor, shunday beraman, dedi. Pul beray desam olmadi.
Ustaboshimiz esa mening ham hissam qo‘shilsin, deb mashinasida opaning uyiga borib, kir yuvadigan mashinani uyga olib kelib berdi.
Mayda-chuydalarni Sitora bilan marketdan ovoldik, yashayapmiz. Yo‘lkira, avtobus kutish, tiqilinchda metroga kevolish, ishga bir-bir yarim soat yo‘l bosib kelish, yana uyga qaytish... hammasi ortda qoldi.
Na Toshkentda, na Turkiyaga kelganimdan beri metroga bunchalik yaqin yashamaganman, maza bo‘larkan, butun Anqara bir qadam :)
Ashyoli uyda yashaganimizda, ichimizda doim xavotir bo‘lardi. Mahdi sho‘x, Safina ham yurishni, shkaflarni titishni boshlagan. Gilamga nimanidir to‘kib qo‘ymadi, biror narsani tushirib yubormadimi, sindirmadimi degan hadikda yashardik.
Eski uyimizda hamma narsa bor edi. Tost va qahva aparati, kir yuvadigan, quritadigan mashinalar, blender, pilisos... lekin biror texnika tiq etib muammo qilsa, ichimizdan zil ketardi, uy egasiga nima deymiz, qanday, qanchaga tuzattirib beramiz deb.
Xudoga yoqqan biror jihatimiz bor ekanki, shunday yaxshi odamlarga yo‘liqtirib, musofir yurtda xor-zor qilib qo‘ymayapti. Alloh rozi bo‘lsin barchalaridan. Yetkizganiga shukr!
Endi ashyolar o‘z-o‘zimizniki. Bolalar ham xotirjam. Bexavotir yashayapmiz...
Oddiy ashyolar bizniki bo‘lgani ko‘ngilga qancha taskin berdi, yashash osonlashdi. Butun boshli uy o‘zimizniki bo‘lsa, hech kimga ijara puli to‘lamasang qanday bo‘larkan, bilmadim. Eng yaqin muddatda shu hisni ham yashab ko‘rish nasib etsin, hammamizga, omiyn!
@Ijoddardi
ещё
113
2
1 31 26 ноя, 18:06
Bir oycha avval eski uyimizning tepa tarafidan ijara uy topdik, ashyoli, hamma narsasi bor, narxi esa hududdagi boshqa uylardan arzon, e’lon qo‘yilganiga bir oydan oshgan...
Bu bizning nasibamiz dedik, hovliqib emlakchi(makler) bilan bog‘landik, uyni borib ko‘rdik, ma’qul bo‘ldi.
Ertasi kuni shartnoma qilgani emlak ofisiga bordik, kafil so‘radi. Restoran rahbari Erman bey kafil bo‘laman, qancha pul kerak bo‘lsa so‘ra, dedi, xursandmiz!
Keyin emlakchi maqsadga o‘tdiku. Uy egasi uzoq yillardan beri Germaniyada yashaydi, bu yerdagi narx-navoni bilmagani uchun ijara haqini arzonroq qo‘yganmiz, deyishdi.
Yana xursandmiz. Lekin kafilimiz Erman beydan bir yillik ijara narxi bahosida “senet” so‘rashdi. Salkam 6 ming dollar!
Kafilim uni imzolasa, agar biz bir yillik shartnoma to‘lmasdan uydan chiqsak, ular bu pulni Erman beydan undirishardi. Kamiga depozit+bir oylik ijara haqi+makler xizmat haqi bilan uyga kirishimiz mumkin edi.
Erman bey, shoshmanglar, dedi. So‘ragan narsasi aqlga sig‘maydi, hech kim bunga rozi bo‘lmas ekan. Uy nimaga oylardir e’londa turganini keyin tushundik.
“Men ota-onamga yangi uy sotib oldim, ular ishxonaning yonida ijarada yashashadi. Bir oy nari-berisi ularni ko‘chiraman, istasang shu uyning egasi bilan gaplashay, birdan ko‘chasizlar”, dedi Erman bey.
Bizga ham ma’qul bo‘ldi. O‘rtada makler yo‘q, to‘g‘ridan to‘g‘ri uy egasidan qabul qilib olamiz, ishga o‘n daqiqalik yo‘l, metroning yonida.
4-5 kun o‘tdi. Ishxonada baliq pishirayotsam, Erman beyning onasi Pokiza teyze yoniga chaqirdi. O‘g‘li va ustaboshimiz biz haqimizda aytganini, yangi uyga hamma narsasini yangilagani uchun barcha ashyolarini bizga qoldirib ketishini aytdi.
Og‘zimiz qulog‘imizda, ularning yangi uyga ko‘chishlarini kutdik. Vanihoyat o‘sha kun keldi, dam olishimda Erman bey ishxonaga chaqirdi, uy egasi kelibdi, shartnoma imzoladik, o‘zi kafil bo‘lib, depozitlarimizni to‘lab berdi, oyligimdan qaytarib qolaveradi kam-kamdan...
Ertasi kun Erman bey uyga boramiz, mening qolgan narsalarimni mashinaga ortib, senga kalitni beraman, dedi. Eshikni ochib, ne ko‘z bilan ko‘raylikki...
Davomi keyingi postda :)
@Ijoddardi
ещё
83
0
1 5 26 ноя, 15:07
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней