Аналитика Telegram-канала
Подписчики
95
Охват за 24 ч
18
ER за 24 ч
18,95%
Публикаций
1 887

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
16 ноя19 ноя22 ноя
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

23.1027.1029.1007.1117.1117.11
74
Средний охват
319
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

99
Упоминаний
41
Из них репостов
36
Каналов
𝐍𝐀𝐇𝐑𝐔𝐋 𝐈𝐋𝐌 26 сен · охват 37
Все упоминания

Последние посты

3 из 1 887 2 из 1 887
Odamzodning haqiqati (kim boʻlsa boʻlsin) shundan iborat. Hamma sendan nimadir olish yoki senga nimanidir yuklash ilinjida yashaydi. Shunda sen yaxshi, aks holda tuqqan bolangga ham yoqimsiz boʻlasan. Yaʼqub alayhissalom ikki oʻgʻlini yoʻqotgan “alamini” chiqaraman desa, bir otaning dardiga 10 ta erkak farzandi “dard qutisi” boʻla olmadi. Hammalari bundan ensalari qotib: “Xudo haqqi, chirib tamom boʻlguncha yoki halok boʻlguncha Yusufni eslayverar ekansizda” deyishdi. Farzandlari otaning dardiga malham boʻlolmay, aksincha dashnom berishganda, Yaʼqub alayhissalom ularga gapirishdan yuz oʻgirib: “Vo asaf Yusufga!” (Voy, Yusufim-a!) dedilar. Farzandlari hatto otaning oʻzlariga aytilmagan, ichiga yutgan dardiga ham chidamadilar. Shunda u zot: “Gʻam-qaygʻuyimni Allohgagina shikoyat qilaman va Allohdan sizlar bilmaydigan narsani bilaman” dedilar. (Yusuf, 84, 85, 86) ©️عبد الله @haniyftv
ещё
15 0 17 ноя, 01:05
“Arizalar qutisi” Biror doʻkon yoki idoraga kirsang, eshik tagida “ariza va shikoyatlar uchun” deb nomlangan qutiga koʻzing tushadi. Yuk va odam tashiydigan ogʻir transport vositalarida ham shunga oʻxshash shikoyatlar uchun “telefon raqam” yozib qoʻyilgan boʻladi. Ammo insonlar ichida hammaning muammosi oʻziga yetadi. Hech kim odamlar uchun “ariza qutisi” yoki oʻzi ichiga sigʻdira olmay qolgan narsalarini tashlaydigan “axlat yashshigi” emas. Kim boʻlsa boʻlsin, odamlarning arz-shikoyatlaridan yo toqati toq boʻladi, yoki tishini tishiga qoʻyib tinglasa-da, unga nisbatan muhabbat yoʻqoladi. Baʼzilar doʻsti yoʻqligi va yolgʻizlikdan shikoyat qiladi. Agar sen “doʻst” nomi bilan oʻzingga “ariza qutisi” izlab yurgan boʻlsang, unday doʻstni hech qayerdan topa olmaysan. Ibn Ato rohimahulloh bir kishini eshitib qoldilar: “Men oʻttiz yildan beri doʻst izlab, hanuzgacha topa olmadim” der edi. Shunda unga aytgan ekanlar: “Chunki sen undan nimadir oladigan doʻst izlab yuribsan. Agar unga nimadir beradigan doʻst izlasang, allaqachon topgan boʻlar eding!” Odamlar bilan kelishib yashashni istagan kishi oʻzining muammosini oʻzi hal qilishni oʻrganishi kerak. Nabiy alayhissalomdan “Najot nima?” deb soʻralganda aytdilar: “Tilingni tiy! Oʻz xatoyinga yigʻla va uying seni sigʻdirsin” (Termiziy rivoyati) Uyi insonni sigʻdirishiga kishi oʻz muammosini birovga toʻkib solmasligi ham kiradi. Zero, insonning jasadi uning uyidir. Magar maslahat olish uchungina birovga dardini aytish mumkin. Aks holda, baribir biror foyda bera olmaydigan kishiga shunchaki toʻkib solish — Allohdan boshqaga shikoyat deyiladi. Inson uchun bittayu-bitta “ariza qutisi” joynamozidir. Hamma dard va shikoyatingni oʻshanga olib borib toʻkishing mumkin. Ammo boshqa hech kim, na ota-ona, na er yoki xotin, na farzanding senga “ariza qutisi” boʻla olmaydi. Chunki hech kimga birovning ichidan chiqqan narsa yoqmaydi. Shuning uchun roʻzadorning ogʻzidan chiqqan hid ham “Allohning huzurida misk hididan xushboʻy” (Buxoriy rivoyati) boʻlsa-da, u baribir bizga yoqimsizdir. Shahidning qoni “qiyomat kunida misk” (Buxoriy rivoyati) boʻlsa-da, bugun bizning nazdimizda baribir u qoʻlansa hid paydo qiladigan qondir. Xovla bintu Saʼlaba roziyallohu anho Rasulullohga erining holatini arz qilar ekan, shikoyatni Allohga qilar edi. Shuning uchun Alloh taolo aytadi: “Siz bilan eri haqida tortishib, Allohga shikoyat qilayotgan ayolning soʻzini Alloh eshitdi” (Mujadala, 1) Demak, hatto qoziga arz qilsang ham, shikoyatni Allohga qilishing kerak, qoziga emas. Agar odamlarga yoqishni istasang, ulardan oʻzingga “dard qutisi” yasamay, bilʼaks, ularga “dard qutisi” boʻlishing kerak. Nega Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xadija roziyallohu anhoni katta yosh, juvon, bola-chaqali ayol boʻlishiga qaramay, bunchalar yaxshi koʻrar edilar? Chunki u ayol hech bir oʻrinda oʻziga Rasulullohni “dard qutisi” qilib olmagan, aksincha, Rasulullohga “dard qutisi” edi. Vahiy kelgan vaqtdagi hodisa, undan oldingi Hiro gʻoridagi voqealar bunga misol boʻladi. Ammo keyinchalik boshqa toʻqqiz ayollari Rasulullohga bu vazifani bajarish oʻrniga, u zotga shikoyatni koʻpaytirishganda, hammasidan arazlab bir oy cherdakda oʻtirdilar. Ayollariga esa gʻalvasiz xotinlar bilan tahdid qilingan oyatlar tushdi (Tahrim, 3, 4, 5). Va ayollarni jahannamning koʻpi qilgan illatlarning biri haqida: U kishi “Shikoyatni koʻpaytirasizlar” dedilar (Muslim rivoyati). Hatto Alloh huzuridan ilm berilgan Xizr ham Muso alayhimassalomning oshiqcha savollariga toqati yetmay, shundan ular ayrilib ketishdi (Kahf, 66, 82). Chunki inson shu darajada zaifki, baʼzan tuqqan bolasining ham arillab turishi unga ogʻirlik qilib ketadi. Endi birovning injiqliklariga hech kim indamay “quti” boʻlib tura olmaydi. Hatto tuqqan va tugʻdirgan bolangiz ham sizga “dard qutisi” boʻlishga toqati yoʻq. Bir kuni Aʼmash rohimahullohning qizi undan narsa soʻrasa, otasi talabini bajo qilmabdi. Shunda qizi otasiga aytgan ekan: “Men sizdan ajablanmayman, lekin sizga qiz bergan onamning qavmidan ajablanaman!”
ещё
16 0 17 ноя, 01:05
#Qiroat
ещё
319 6 1 7 ноя, 00:52
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней