"Dilimizda armon, ko'zimizda yosh bo'lib me'ros qoldi... Yaxshi fazilatlariz va samimiy tabassumingiz har doim yodimizda yashaydi. Oxiratingiz obod, joyingiz jannatda bo'lsin, ukajonim. Hayot go'yo bir lahzalik tushdek... Erta ketgan bevaqt umringiz, pok qalbingiz va yaxshi xotiralaringiz yuragimizda abadiy qoladi. Yotgan joyingiz nurga tolsin. Sizning yo'qligingiz oilamiz uchun bitmas-tuganmas og'riq bo'ldi. Sizda bor bo'lgan samimiyat va hurmat har doim qalbimizda yashaydi. Inna lillahi va inna ilayhi roji'un. Robbim sizni o'z rahmatiga olgan bo'lsin. Biz sizdan faqat yaxshilik ko'rdik, ilohim joylaringiz firdavs jannatlarida bo'lsin."