Аналитика Telegram-канала
Подписчики
2 572
Охват за 24 ч
490
ER за 24 ч
19,05%
Публикаций
389
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
1 ноя4 ноя7 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
19.1024.1029.1029.1029.1030.10
179
Средний охват
355
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
112
Упоминаний
76
Из них репостов
44
Каналов
10
Упоминаний за 90 дней
6
Из них репостов
6
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 389 2 из 389
Har doim hammasi siz o‘ylagandan qiyinroq bo‘ladi, ko‘proq vaqt oladi va qimmatroqqa tushadi.
Lekin baribir bunga arziydi.
Alex Hormozi (c).
Keep going!
@founderdotio
ещё
290
4
1 7 30 окт, 14:47
"Y Combinator"ning o’sish bo’yicha ichki qo'llanmasi.
1. O’sishdan oldin mijozlarni ushlab qolishga e’tibor bering (Retention before growth)
O’sish muhim, chunki u o’rganish uchun ko’proq foydalanuvchi beradi. Lekin ishga tushirishning asl maqsadi qolib ketadigan mijozlarni topishdir. Asosiy vosita: kogorta retention egri chizig’i (cohort retention curve). Agar har bir kogortaning kichik bir qismi doimiy qolsa, sizda qimmatli narsa bor. Agar ko’pchilik bir muddat qolib, keyin hammasi ketsa, mahsulotingiz “teshik chelak”ka o’xshaydi va barqaror qiymat yaratmaydi. O’sishni kuchaytirishdan oldin egri chiziqlaringiz tekislanayotganini tekshiring.
2. Yo’l xaritasini mijozlar yozsin (Product roadmap by users)
Asoschilarda mahsulot haqida umumiy tasavvur bo’lishi mumkin, lekin aniq funksiyalar, tuzatishlar va yechimlar mijozlardan kelishi kerak. Yo’l xaritasini boshqarish uchun ma’lumot yetarli bo’lmasa, foydalanuvchilarga xat yozing, ular bilan chatlashing va qo’ng’iroq qiling. G’oyalarni reja tuzish yig’ilishida o’ylab topmang. Tinglang va eshitganingizni quring.
3. Noto’g’ri mijozlardan voz kechishga tayyor bo’ling (The wrong customers)
Eng ko’p to’laydigan mijozlaringiz ham sizga zarar keltirishi mumkin, agar ular yo’l xaritasini o’z ehtiyojlari tomon burib yuborsa. Natijada mahsulot emas, bitta mijozga moslashtirilgan outsource xizmati paydo bo’ladi. Foydali test: agar kompaniyangiz muvaffaqiyatli bo’lsa, bu odam besh yildan keyin ham mahsulotingizdan foydalanadimi? Yo’q bo’lsa, unga mo’ljallab qurmang.
4. Soha yangiliklarini haddan ortiq kuzatmang (Ignore the noise)
Raqobatchilar blogi va ijtimoiy tarmoqlarni kuzatish sizni yomonroq qilishi mumkin. Raqobatchi yangi funksiya e’lon qilsa, siz uni copy qilishga shoshilasiz, aslida esa foydalanuvchi feedbacklari ularga boshqa narsa kerakligini ko’rsatib turadi. Qarorlaringizga eng ko’p ta’sir qiladigan kishilar mijozlaringiz bo’lishi kerak.
5. Juda erta avtomatlashtirmang (Automating too early)
Mallery dastlabki 100 mijozni o’zi shaxsan ulagan. O’sha qo’ng’iroqlarda odamlar qayerda adashishini ko’rgan va har safardan keyin mahsulotni yaxshilagan. Yozib qo’yilgan video qo’llanma bularning hammasini yashirgan bo’lardi. Uning qoidasi: bir narsani yigirmatacha marta tushuntirgan yoki bir muammoni yigirma marta hal qilgandan keyingina avtomatlashtiring. O’shanda nimani avtomatlashtirishni aniq bilasiz.
6. Uyalib turgan versiyangizni chiqaring (Ship the version you are embarrassed by)
Agar birinchi versiyangizdan uyalmasangiz, uni juda kech chiqargansiz. Istisnolar kam uchraydi, lekin deyarli har doim mahsulotni chiqarish kerak.
7. Har haftalik updatelar katta “Launch” dan muhimroq (Weekly shipping velocity)
Katta update qisqa vaqtli e’tibor olib keladi, keyin u so’nadi. Haqiqiy samara har hafta mahsulotni yaxshilab borishdan keladi: onboarding, foydalanuvchi tajribasi va retention bo’yicha.
8. Imkon qadar kam odam ishga oling (Hire as few people as you can)
Katta jamoa o’sish kabi tuyulishi mumkin, ayniqsa raqobatchilar yangi ofis va korporativ sayohatlar haqida yozganda. Lekin boshida qiyin narsa nimani qurishni hal qilish, qurishning o’zi emas. Ko’proq odam bu qarorlarni xiralashtirishi mumkin. Agar ishchi yollamaslik uyqungizni qochirayotgan bo’lsa yollang, “yaxshi bo’lardi” degan holatda yollamang.
9. Tezroq “default alive” bo’ling (Become default alive)
Default alive: xarajatlar, mavjud pul va o’sishning real taxminlariga ko’ra, pul tugashidan oldin foydaga chiqasiz, qo’shimcha investitsiya talab qilinmaydi. Asoschining birinchi vazifasi kompaniyaning puli tugab qolmasligini ta’minlashdir.
https://www.youtube.com/watch?v=xcHt_PcSSYE
@founderdotio
ещё
106
2
2 29 окт, 16:49
10. Eng yaxshi mijozlaringizga o’xshaganlarni toping
Mahsulotingizni sevadigan o’nta mijozni aniqlagach, keyingi qadam ularga o’xshaganlarni topishdir.
https://www.youtube.com/watch?v=xcHt_PcSSYE
@founderdotio
ещё
2
0
29 окт, 16:43
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней