Аналитика Telegram-канала
Подписчики
2 842
Охват за 24 ч
1,1K
ER за 24 ч
39,76%
Публикаций
349

Динамика подписчиков

7 дней 30 дней 6 месяцев Больше
12 ноя15 ноя18 ноя
Показаны последние 7 дней Больше истории →

Охваты публикаций

21.1025.1026.1005.1109.1111.11
666
Средний охват
1,3K
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале Больше статистики →

Упоминания

142
Упоминаний
101
Из них репостов
55
Каналов
Все упоминания

Последние посты

3 из 349 2 из 349
Фото
Lenny (mashhur tech bloger) Amerika bozoridagi ish o‘rinlari bo‘yicha hisobotini chiqaribdi. Nuruddinning postidan keyin Lenny nima yozganini chuqurroq o‘rgandim. Xisobot Live Data Technologies va TrueUp ma’lumotlariga asoslanib tuzilgan. 🔹 PMlarga talab oshib bormoqda. 🔹 Dasturchilarga talab platoga kelmoqda. Bu degani, talab kamaymagan ham, ko‘paymagan ham, deyarli bir xil darajada qolgan. 🔹 FDElarga talab juda oshgan. O‘zimga ham qiziq bo‘lib qoldi bular kim ekan? Forward Deployed Engineer (FDE) – ya’ni Software Engineer + Product Engineer + Solutions Architect + Customer Engineer. Qisqacha aytganda, mijozning oldiga boradi, muammoni o‘rganadi va texnik jihatdan yechim beradi. Bunday olib qarasangiz, PM + Engineer. Bir kishining o‘zi muammoni boshidan oxirigacha hal qiladi. 🔹 Afsuski, dizaynerlarga talab tushib ketmoqda. Nimaga ekanini tushunaman. Sun'iy intellekt afsuski, dizaynerlarning ishini olib qo‘ymoqda. Lekin AI qilayotgan dizaynlar hali ham AI slop. Buni bir qarashda sezasiz. Balki vaqt kelib, dizaynerlarga talab yana oshar. Oldingi postimda UX dizaynerlarga talab bo‘ladi deb yozgan edim. Mana, shu tarafga ham qarang. 🔹 UX tadqiqotchilariga talab juda pasaygan. Boyagi dizayn jarayonida "Double Diamond" modelini o‘rganganimizda, UX Researcher roli alohida edi. Endi esa ko‘rib turibmizki, AI yordamida hamma UX tadqiqotini qila oladi. Prototip yaratamiz, foydalanuvchiga ko‘rsatamiz, interview savollarini tuza olamiz. 🔹 Bozor ko‘rsatayotgan tendensiya shuki, hamma universal PMga aylanayotgandek. U o‘z ichiga dizayn, UX, biznes muammolarini o‘rganish va prototip yaratish qobiliyatlarini oladi. Lenny maqolasi https://www.lennysnewsletter.com/p/state-of-the-tech-job-market-late ——— @farkhod_com
ещё
582 9 5 11 ноя, 13:25
UX dizaynerni AI ishsiz qoldirmaydi O‘tgan hafta Figma’da dizayn qilishga to‘g‘ri keldi. Dizayn tizimi bor, Figma MCP’ni Claude’ga uladim. Yaxshi ishladik birga. Oldinlari bitta ekranning 2–3 ta variantini tayyorlash soatlab vaqt olgan bo‘lsa, hozir 2–3 daqiqada tayyor bo‘ladi. Qo'yil, sun'iy intellekt UI chizishda ancha oldinlabdi. Xullas, taxminan 30 ta mobil ilova ekranini chizdik. Lekin bundan oldin, lof emas 100 ta ekran variantini yaratdik. Shuni tushundimki, u taklif qiladigan yechimlarda UX yaxshi o‘ylanmagan. Qanchalik to‘g‘rilashga harakat qilmay, baribir o‘sha-o‘sha UX xatolariga yo‘l qo‘ydi. Agar siz hozir Product Designer bo‘lsangiz, UX’ni yaxshiroq o‘rganishga harakat qiling. Mana shu jihatdan siz sun’iy intellektdan ustun kelasiz. Sun’iy intellektda hissiyot yo‘q, foydalanuvchining og‘riq darajasini tushuna olmaydi. UX’ni qayerdan o‘rganaman desangiz, marhamat, ro‘yxat: 1. UX asoschilaridan biri Don Norman'ning ajoyib kitobi bor – The Design of Everyday Things; 2. O‘zbek tilida UX haqida video darsim bor: https://youtu.be/7MwzFs9V5jc?si=ewt56E9jzu2GpEyQ 3. Dizayn qilasizmi yoki boshqa ish bilan shug‘ullanasizmi, ko‘proq reference ko‘ring va nima uchun u yoki bu yechim yaxshi yoki yomonligi haqida yozing. Mana shu sizni tajribali qiladi; 4. O‘zbekiston mahsulotlaridagi UX muammolari haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin https://t.me/uzbekux Birovning xatosidan xulosa chiqarish – eng og‘riqsiz yo‘l; 5. UX qonunlari https://lawsofux.com/ 6. Growth.design bu haqida ham yozganman https://t.me/farkhod_com/60 —— @farkhod_com
ещё
473 12 4 12 9 ноя, 12:56
Social Media Manager + Content Creator rolini eplay oladigan bir kishi qidirilmoqda. Mening Katie ismli hamkasbim bor. U ingliz va O‘zbekistonga 2 yil oldin ko‘chib kelgan. O‘z xohishi bilan ko‘chib kelgan va O‘zbekistonni juda yaxshi ko‘radi. Samarqand zig’ir osh muxlisi 😊 U o‘zining ijtimoiy tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida video kontent tayyorlaydigan insonni qidiryapti. Nima qilish kerak: – Montaj, tasvirga olish va ijtimoiy tarmoqlarga joylash; – Video kontent uchun g‘oyalar taklif qilish; – Oyiga kamida 6–8 ta video chiqarish kerak bo’ladi. Qo‘shimcha ma’lumot: – Kontent asosan ko‘ngilochar mavzularda bo‘ladi; – Katie boshqa madaniyat va din vakili. Ariza qoldirishdan oldin buni inobatga olishingizni so‘rayman; – Katie faqat ingliz tilida gapiradi. O’zbekcha to’rtta so’z o’rgatganman lekin muloqot qilish uchun yetarli emas. Kimni qidiryapmiz: – Kunduzgi yoki kechki vaqtda kontent olish imkoniyati bo‘lishi kerak; – Mas’uliyatli, aytdimi bajaradigan inson; – Albatta, kreativ va hozirgi trendlarni yaxshi biladigan bo‘lishi kerak; – Ingliz tilida ozroq gapira oladigan bo‘lishi kerak. Xavotir olmang, Katie sizga ingliz tilini o‘rgatib oladi. Nima taklif qilamiz: – Oylik yoki video soniga qarab kelishilgan to‘lov; – Ingliz tilingizni yaxshilab olish imkoniyati. 👉 Ariza qoldirish https://forms.gle/WyBoCFSjpWU2CbPJ8 ——— @farkhod_com
ещё
1 252 28 1 16 5 ноя, 12:24
Больше постов

Продолжить анализ этого канала

  • История роста подписчиков
  • Просмотры и охваты публикаций
  • Кто упоминает канал и кого упоминает он
  • Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней