📦 O‘zbekistonga kuryer orqali yuk yuborishda 200$ limiti haqida
2025-yil 1-maydan boshlab jismoniy shaxs nomiga xalqaro kuryerlik jo‘natmalari uchun oyiga 200 AQSh dollari miqdorida bojsiz olib kirish normasi belgilangan.
❗️ Muhim: bu 200$ limitni faqat bitta posilkaga tegishli deb tushunmaslik kerak. Bir oy davomida istalgan davlatlardan jismoniy shaxs nomiga kirib kelgan kuryerlik jo‘natmalari umumiy hisoblanadi.
📌 Masalan:
1-jo‘natma — $80
2-jo‘natma — $70
3-jo‘natma — $50
Jami: $200
❗️Shuning uchun oy davomida turli davlatlardan yuborayotgan yuklaringiz qiymatini hisobga olib borish muhim.
⚠️ Belgilangan bojsiz norma oshib ketgan taqdirda, jo‘natma bo‘yicha bojxona to‘lovlari qo‘llaniladi!
📦 Yuk yuborishdan oldin limitni hisobga oling va ortiqcha xarajatlarga duch kelmaslik uchun jo‘natmalaringizni nazorat qilib boring.