Телеграм канал 'Evomed | Bolalar klinikasi'

Evomed | Bolalar klinikasi


1'111 подписчиков
1'124 просмотров на пост

🏥 Bolalar klinkasi 24/7

📌 Pediatr
📌 Nevropatolog
📌 Ortoped
📌 Travmatolog
📌 Endokrinolog
📌 Massaj
📌 Fizioterapiya
📌 Diagnostika
📌 EEG
📌 Laboratoriya

📍 Manzil: Yunusobod, Ahmad Donish
ko‘chasi 47а

📞 +998 88 700 3200
📞 +998 95 177 3200

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 264'689 каналов
  • Доступ к 120'106'571 рекламных постов
  • Поиск по 475'171'026 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 162 поста

Evomed bolalar klinikasi pediatri Nigora Bahodirovnaning bolalarni emlashga tayyorlash bo‘yicha tavsiyalari.

👨‍⚕Pediatr ko‘rigiga yozilish

🏥Evomed bolalar klinikasi

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Видео/гифка, 295 сек,
‼️Бесплатная консультация с индийскими специалистами ‼️

👨🏼‍⚕️Доктор Шандип Синха, детский уролог детский хирург

Доктор Шандип Кумар Синха - детский хирург с более чем 13-летним опытом работы (в больницах Индии и Великобритании )в детской урологии с особым интересом к детской хирургии,онкологии, детской нейрохирургии,

🧑‍⚕️Доктор Нандини Хазарика, детский онко- гематолог.

Доктор Нандини Хазарика - известный детский онко-гематолог с 20 летним опытом работы в области детской гемато-онкологии. она лечила все виды заболевания например трансплантации костного мозга , опухоль мозга , саркома мягких тканей и так далее.

📆Дата: 29 и 30 сентября 2021 г.

Evomed klinika🏨
Юнусабадский район. Улица: Ахмад Дониш. 47-А


📞+998555003200
📞+998339577798

Наш канал:👉@Evomed_Clinica

Telegram | Instagram | Facebook
Изображение
🇮🇳Evomedda hindistonlik shifokorlarning bepul ko‘rigi!

👨‍⚕Doktor Shandip Sinxa, bolalar urologi, bolalar xirurgi.

Doktor Shandip Kumar Sinxa - bolalar xirurgiyasi va urologiyasi bo‘yicha 13-yildan ortiq ish tajribasiga ega. Buyuk Britaniya va Hindiston kasalxonalarida faoliyat olib borgan. Ilmiy faoliyat olib borayotgan sohalari bolalar onkologiya va neyroxirurgiyasi.

👩‍⚕Doktor Nandini Xazarika - bolalar onko-gemotologi

Doktor Nandini Xazarika - mashhur bolalar onko-gemotologi, bolalar onko-gemotologiyasining turli sohalari bo‘yicha 20 yillik ish tajribasiga ega. U barcha ko‘rinishdagi bemorlarni davolagan, masalan, suyak ko‘migi transplantatsiyasi, miya o‘smalari, yumshoq to‘qimalar sarkomasi va boshqalar.

📆Ko‘rik vaqti: 2021 yil 29-30-sentabr

❗️Ko‘rikdan o‘tish uchun, avval ro‘yxatdan o‘tish lozim!

🏩Evomed klinika
Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko’chasi, 47A-uy.


📞+998555003200
📞+998339577798

Kanalimiz:👉@Evomed_Clinica

Telegram | Instagram | Facebook
Изображение
👌Evomeddan yana bir super taklif!

Bolalardagi ortopedik kasalliklar

▪️Chanoq-son displaziyasi
▪️Son suyagi tug‘ma chiqishi
▪️Yassioyoqlik
▪️Raxit
▪️Skolioz
▪️Maymoqlik
▪️Qiyshiq bo‘yinlik

Yuqoridagi kasalliklarni davolashda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan, oliy toifali shifokor Tolibjon Boynazarovning ko‘riklarini tavsiya qiladi.

23-sentabrdan 30-sentabrgacha ro‘yxatdan o‘tgan bemorlar uchun 3 oy davomida qayta ko‘rik bepul taqdim etiladi.

📞 Murojaat uchun:
+998555003200

📍 Manzil: Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko’chasi, 47A-uy.

🏥Evomed bolalar klinikasi

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
❓Bolalarda qanday sabablarga ko‘ra skolioz kelib chiqadi?

📌Bolalarda skolioz ona qornidayoq paydo bo‘ladi. Ko‘plab homilador ayollar gazli ichimliklar ichishadi. Bu esa homila umurtqasi rivojlanmay qolishi, nuqsonlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

📌Bola tug‘ilgandan keyin beshikka yotqizayotganda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Beshikda bolani tagiga qo‘yilgan ko‘rpacha tekis joylashtirilishi lozim, chunki beshikka bolani qanday yotqizsangiz, umurtqasi shunday rivojlanadi.

📌To‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor berilishi, doimiy jismoniy mashqlar bajarilishi qomatni tekis rivojlanishiga yordam beradigan omillardir.

🏥Evomed bolalar klinikasi

👨‍⚕Ortoped ko‘rigiga yozilish

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
❓Qaysi holatlarda bolani darhol vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur?

📌Bolani tutqanoq tutib qolsa(Epilepsiya)
📌Tana harorati ko‘tarilsa
📌Bolaning ichi qora rangda kelsa yoki najasida qon bo‘lsa
📌Kuchli qusish bo‘lsa(fontansimon)
📌Ovqatlanish vaqtida doim yo‘talsa
📌Biror jismni yutib yuborsa
📌Bolaning ichi 5 martada ortiq
📌Najas rangi yashil va qo‘lansa hidli bo‘lsa
📌Qusuq massasining rangi yashil yoki to‘q sariq bo‘lsa


🏥Evomed bolalar klinikasi

👨‍⚕Pediatr ko‘rigiga yozilish

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
❓Bolangiz yo‘talib bezovta bo‘lyaptimi?
❓Bolangiz yarim tunda besabab isitma qilyaptimi?
❓Tanasida allergik toshmalari paydo bo‘ldimi?
❓Kun bo‘yi bir necha marotoba ichi ketib holsizlanib qoldimi?
❓Qayt qilib suyuqlik yo‘qotdimi?


Xavotirlanishga o‘ringa yo‘q. Chunki kichkintoylarimiz sog‘ligini ta’minlash uchun klinikamizning eng kamida 20 yillik tajribaga ega vrachlar jamoasi har doim birinchi yordam ko‘rsatishga tayyor.

Endilikda “Evomed” bolalar klinikasining tajribali vrachlar jamoasi, haftada 7 kun, sutkada 24 soat xizmatingizda!

👶Bolangiz salomatligi biz uchun muhim!

📞 Murojaat uchun:
+998555003200

📍 Manzil: Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko’chasi, 47A-uy.

🏥Evomed bolalar klinikasi

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
Teridagi asimmetrik(tananing ikki tomonida bir-biriga mos bo‘lmagan) burmalar nimadan dalolat beradi?

2-3 oylikdan katta bo‘lgan bo‘lgan bolalarda teridagi asimmetrik burmalar informativligi yuqori bo‘ladi.
Son suyagi tug‘ma chiqishida yoki chanoq-son displaziyasida teri burmalari har xil darajada joylashadi, chuqurligi va shakli jihatdan bir-biridan farq qiladi.

Diagnostik ahamiyatga ega:
-dumba
-tizza osti
-chov burmalari


Agar son suyagini tug‘ma chiqishi yoki chala chiqishi bo‘lsa, o‘sha tomondagi burmalar chuqurroq va kattaroq bo‘ladi.

Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda teri burmalari asimmetriyasi har doim ham kasallik belgisi hisoblanmaydi.

❗️Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani Vrach ortoped ko‘rigiga olib borish zarur!

🏥Evomed bolalar klinikasi

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
Chanoq-son displaziyasi qanday kasallik?

Chanoq-son displaziyasi (grekcha dys – buzilish, plaseo – hosil boʻlish) – tugʻma patologiya boʻlib, son boshchasi chiqishi yoki chala chiqishi bilan asoratlanadi. Boʻgʻimning shakllanmaslik darajasi shunchaki kosmetik jihatdan noqulaylik tugʻdirishi yoki harakatdagi turli xil kamchiliklar bilan namoyon boʻladi.

Chanoq-son boʻgʻimi displaziyasi asoratlari jiddiy oqibatlarga olib kelmasligi uchun patologiyani erta muddatlarda davolash kerak boʻladi, yaʼni bola hayotining birinchi oyidan.

Keyinchalik ogʻriqlar, oqsoqlanish, tez charchab qolish kabi holatlar yuzaga chiqadi. Patologiya UTT tekshiruvi va rentgenografiya usuli bilan tashxislanadi. Davo muolajalari maxsus fiksatorlardan foydalanish va maxsus mashqlar yordamida olib boriladi.

🏥Evomed bolalar klinikasi

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
Bradilaliya va taxilaliya

Ba'zi bolalar gapirayotganda so'zlarni va tovushlarni cho'zib gapirishadi. Bunday holat bradilaliya deb ataladi. Bunda unli tovushlar monoton ravishda cho'zib talaffuz qilinadi. Bunday bolalar odatda juda bo'shashgan, sekin harakatchan bo'ladilar.

Bola shoshib, kuchanib, bo'g'inlarni qoldirib ketib so'zlarni tez-tez talaffuz qilishiga taxilaliya deb ataladi. Bunday bolalar juda aktiv, urushqoq, tez qo'zg'ab ketadigan bo'ladilar.

Bolaning gapirish sur'ati o'zgarishiga uning tarbiyasi va asab tizimi sababchi bo'ladi. Odatda bunday bolalarga asab tizimini boshqaradigan maxsus dorilar beriladi va jismoniy tarbiya qildiriladi.

🏥Evomed bolalar klinikasi

👨‍⚕Logoped qabuliga yozilish

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
Bola nega duduqlanadi?

Duduqlanish bolalar orasida ko‘p tarqalgan kasallik. Men shu yerda qattiq qo‘rqqandan duduqlanib boshlaydigan bolalar haqida ma’lumot bermoqchi edim. Bir yoshda tilga kirib boshlagan bola 3 yoshga yetmasdan ota-onaning qattiqqo‘ligi, bolani qo‘rqitishi yoki qorong‘i xonaga qamab qo‘yishi (tarbiyalash uchun) sababli bola nutq ravonligini yo‘qotadi va duduqlanib gapira boshlaydi.

Eslatib o‘taman. Bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz bor. Bu markazlar 7 yoshgacha rivojlanib va shakllanib boradi. Shuning uchun ham duduqlanish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchraydi. Demak, shu yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish, rivojlanib kelayotgan nutq markazlariga jiddiy ziyon yetkazadigan xatti-harakatlarga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerak.

🏥Evomed bolalar klinikasi

👨‍⚕Logoped ko‘rigiga yozilish

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
Bolalarda yassioyoqlik

Yassioyoqlik – tayanch – harakat tizimining kasalligi. Bunda tovon suyaklari gumbazining yassilanishi kuzatiladi. Tayanch-harakat tizimi faoliyati buziladi.

Oyoq panjasining asosiy vazifasi tanadan tushgan og‘irlikni teng miqdorda taqsimlashdir. U xuddi “prujina” singari harakatda bo‘lishi kerak. Yassioyoqlikda esa bu yuk tizza, bo‘ksa va belga yuklama tushiradi. Harakat qilmasdan turib charchash, bosh og‘rig‘i – bu aynan to‘g‘ri taqsimlanmagan yukning oqibatidir.

Oyoqning tez charchashi, tovonda simillovchi og‘riqlar, oyoq kiyim tanlashdagi qiyinchiliklar, tovon shishi, katta barmoq sohasidagi terining qalinlashishi va dag‘allashishi yassitovonlikning erta belgilari sanaladi.

Yassitovonlikning tug‘ma va orttirilgan turi kuzatiladi. Bolalarda 5 yoshgacha suyak shaklida o‘zgarishlar ro‘y beradi.

🏥Evomed bolalar klinikasi

👨‍⚕Ortoped ko‘rigiga yozilish

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
❓Yangi tug‘ilgan chaqaloqni qachon cho‘miltirish kerak?

✅ Chaqaloqni turli kasalliklardan saqlash uchun uni doimiy ravishda cho‘miltirib turish kerak. Lekin bola kindigi tushib ketgunga qadar quruq saqlanishi maqsadga muvofiq.

❗️ Unga qadar esa bola badanini toza, yumshoq, iliq, nam sochiq bilan artib turish kerak.

🏥Evomed bolalar klinikasi

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
Logoped kim: vrach yoki pedagog?

Logoped – bu nutqdagi nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha mutaxassis. U maxsus mashqlar yordamida chiroyli gapirish va tovushlarni aniq-tiniq talaffuz qilishni o‘rgatadi. Logoped bir paytning o‘zida ham vrach, ham pedagog sanaladi. U tibbiy muassasalarda vrach sifatida, ta’lim muassasalarida esa pedagog sifatida faoliyat yuritadi.

Logopedga qanday holatlarda murojaat qilish mumkin?
Bolalarda:
▪️nutqi sekin rivojlanayotganda
▪️duduqlanish bo‘lganda,
▪️tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga qiynalganda

🏥Evomed bolalar klinikasi

👨‍⚕Logoped ko‘rigiga yozilish

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
Do'stlar! Ko'p talablarga binoan biz "Evomed" bolalar klinikasini manzilini vizual ravishda namoyish etishga qaror qildik.

🏥 Bizning klinika dam olish kunlarisiz 24/7 ishlaydi!

📍 Manzil: Yunusobod, Ahmad Donish ko'chisi, 47a
🚩 Mo'ljal: "Universam" savdo markazi

🏥Evomed bolalar klinikasi
Изображение
Massaj qaysi kasalliklarda buyuriladi?

📌Mushaklar gipertonusi
📌Yassi oyoqlik
📌Raxit
📌Chanoq-son displaziyasi
📌Qiyshiq bo‘yinlik
📌G‘ilaylik
📌O‘pka-bronx kasalliklarida
📌Skolioz
📌Nevrologik buzilishlarda
📌Jismoniy rivojlanishdan orqada qolish
📌Ichak kolikasida
📌Travmalarda(sinish, chiqish)

🏥Evomed bolalar klinikasi

👨‍⚕Massajga online yozilish

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
❓Evomed klinikasida massajning qanday turlari bor?

💠Umumiy massaj
💠Bosh massaji
💠Yuz massaji
💠Bo‘yin massaji
💠Ko‘krak qafasi massaji
💠Qorin massaji
💠Umurtqa pog‘onasi massaji
💠Qo‘l massaji
💠Oyoq massaji
💠Chanoq-son bo‘g‘imi massaji
💠Chaqaloqlar uchun massaj
💠Alohida kasalliklar uchun massaj

❗️Eslatma. Klinikamizda bitta kurs massaj oladiganlar uchun birinchi massaj bepul!

🏥Evomed bolalar klinikasi

👨‍⚕Massajga online yozilish

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

📌Bolaning o‘sish rivojlanishini tezlashtiradi.

📌Bola mushaklarini mustahkamlaydi. Ularning tonusini kamaytiradi.

📌Hazm tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Qorinda og‘riq va dam bo‘lishi kamayadi.

📌Butun tana bo‘ylab qon aylanishi yaxshilanadi. Kislorod kelishi ko‘payadi.

📌Immun tizimini mustahkamlanishiga va ishtahasini yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.

📌Ayrim kasalliklarni davolash va oldini olishda foydalaniladi.

🏥Evomed bolalar klinikasi

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение
❓Xodunok (yurgich)ni qanday zararli tomonlari bor?

Ko‘rinishidan xodunok xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi?

📌Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin xodunokda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
📌Muvozanatga ta’siri - xodunokda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi.
📌Yurishga ta’siri - xodunokda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi.

Bolani xodunokda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang!

🏥Evomed bolalar klinikasi

Kanalga ulanish:👉@Evomed_Clinica
Изображение

Найдено 162 поста