Аналитика Telegram-канала
Подписчики
524
Охват за 24 ч
127
ER за 24 ч
24,24%
Публикаций
208
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
13 ноя16 ноя19 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
18.1118.1118.1118.1118.1119.11
42
Средний охват
106
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
574
Упоминаний
76
Из них репостов
10
Каналов
185
Упоминаний за 90 дней
108
Из них репостов
3
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 208 2 из 208
6-esse mavzusi: Ommaviy turizm va Madaniy meros:
Turizm sanoatining rivojlanishi mahalliy iqtisodiyotni koʻtaruvchi va xalqlarni yaqinlashtiruvchi global koʻprikmi yoki tarixiy obidalar, tabiat va qadimiy qadriyatlarni biznes manbaiga aylantirib, ularni yemiruvchi ekologik tajovuzmi
Kun sayin rivojlanib borayotgan globallashuv va raqamlashtirish jarayonlari insoniyat hayotining barcha jabhalari qatori turizm sohasini ham chetlab oʻtmadi. Soha vakillari ommaviy turizm iqtisodiyotni yuksaltiruvchi va xalqlarni birlashtiruvchi koʻprik desalar, milliy qadriyatlarimiz himoyachilari buni obidalar va tarixiy meʼrosimizni moddiy daromad keltiruvchi tijorat obyektiga aylantirish deb qaraydilar. Fikrlar xilma- xilligi turli bahs-munozaralarga sabab boʻlmoqda.
Aslida madaniyat koʻprigi boʻlib xizmat qilishi kerak boʻlgan soha bugun oʻz maqsadini butkul yoʻqotib, iqtisodiy daromad yoʻliga aylandi. Sababi, milliyligimiz timsoli boʻlgan tarixiy buyumlarimizning, muqaddas qadamjo va obidalarimizning qadri bugun chiptalar narxi va xorijiy valyuta oqimi bilan oʻlchanmoqda. Masalan koʻhna qadamjolarimizdan Samarqand, Buxoro shahridagi muqaddas ibodat maskanlari sayyohlar uchun kiyim doʻkonlari, esdalik sovgʻalari rastalariga aylangan. Bundan tashqari, sayyohlar oqimining nazoratsiz ko‘payishi oqibatida betakror tog‘li va tabiiy hududlarimiz (masalan, Zomin yoki Chorvoq go‘shalari) chiqindilar ostida qolib, havo va suv manbalari ifloslanmoqda. Butun jahon turizm tashkiloti maʼlumotlariga qaraganda, aynan sayyohlar uchun tayyorlangan hududlarda har kuni oʻrtacha 2 tonnadan ortiq chiqindi yigʻib olinar ekan. Oqibatda, inson hayoti uchun muhim boʻlgan toza havoga jiddiy zarar yetadi.
Biroq turizm rivojlanishining ijobiy tomonlari ham yoʻq emas. Masalan, sanoat rivojlanmagan, yirik zavod va fabrikalardan uzoqda joylashgan chekka qishloqlarda aynan turizm yagona najot chorasiga aylanadi. Ekoturizm, ziyorat turizmi va agroturizm orqali chekka hududlardagi mahalliy aholi shaharlarga koʻchib ketishga majbur boʻlmaydi. Aksincha, oʻz yerida oilaviy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyib, farovon hayot kechirish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa ichki migratsiyani kamaytirib, hududlarning mutanosib rivojlanishini ta'minlaydi. Masalan, Navoiy viloyati Nurota tumanining chekka qishloqlarida joylashgan muqaddas "Chashma" ziyoratgohi majmuasi tufayli bugungi kunda hudud aholisi barqaror daromad manbaiga ega boʻlib, oʻz-oʻzini toʻliq ta’minlab kelmoqda. Qolaversa, turli millat vakillari oʻrtasida madaniy tanishuv imkoni paydo boʻladi. Yaʼni sayyohlar va mezbon xalqlar bir-birlarining tili, eʼtiqodi, urf-odatlari , kiyinish madaniyati bilan yaqindan tanishadi. Natijada davlatlar oʻrtasida madaniy aloqalar yaxshilanadi.
Mening fikrimcha, turizm orqali dunyo xalqlari bir -birini yaqindan tanish imkoniga ega boʻladi. Qolaversa maʼlum bir xalq oʻz milliyligi, madaniyatini dunyoga tanitishda ham turizm eng qulay yoʻl deb oʻylayman. Shunday ekan, sohaning rivojlanishi mamlakatga ham iqtisodiy jihatdan, ham maʼnaviy-madaniy jihatdan foyda keltiradi. Bunda kelib chiqayotgan muammolar esa chorasi koʻrilsa boʻladigan masalalardir. Masalan, Venetsiya tajribasidan kelib chiqib aqlli sayyohlar oqimini boshqarish (smart tourism) tizimini yoʻlga qoʻyish mumkin. Bu tizim sayyohlar soniga maxsus kvotalar (cheklovlar) qoʻyish tizimidir. Natijada yuqoridagi muammolarning koʻp qismi bartaraf boʻladi.
Xulosam shuki, turizm — insoniyatni ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan boyituvchi qudratli vositadir. Yuqorida ta’kidlaganimdek, soha keltirib chiqaradigan muammolar ortga chekinishga sabab boʻla olmaydi, chunki innovatsion texnologiyalar va oqilona cheklovlar orqali ularni toʻliq nazorat qilish imkoni mavjud. Turizm shunchaki tijorat emas, balki xalqlar oʻrtasida doʻstlik rishtalarini bogʻlovchi jonli koʻprikdir.
https://t.me/UztilimN1
ещё
23
1
2 19 ноя, 08:20
#Rasman #Milliysertifikat2026
Natijalar bugun, erta, indin ham chiqmaydi ❗
📢 2026-yil 23–31-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Geografiya, Ona tili va adabiyot hamda Tarix fanlaridan “Milliy sertifikat” imtihon natijalari 27-noyabr sanasida e’lon qilinadi. ( Jarayon yakunlanishiga qarab 1-2 kun oldin ham e’lon qilinishi mumkin, lekin belgilangan sanadan kechikmaydi )
Bilimni baholash agentligining Milliy sertifikatiga oid eng ishonchli axborot manbasi
👇👇👇
https://t.me/UztilimN1
https://t.me/UztilimN1
https://t.me/UztilimN1
https://t.me/UztilimN1
ещё
64
4
4 18 ноя, 16:32
Ko'zlarimiz to'rt bo'ldi, javobni kuta-kuta,
Umrimizni yedi bu, sertifikat bo'lmay, o'l-a
@UztilimN1
ещё
10
0
18 ноя, 14:57
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней