Toshkentda havo sifati “nosog‘lom” va “juda nosog‘lom” darajaga yetdi
25-oktyabrdan-26-oktyabrga-o‘tar-kechasi shamolning kuchsizligi, havo haroratining pasayishi va harorat inversiyasi sabab PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdori ortdi.
Kuzatuv punktlarining aksariyatida havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “nosog‘lom” va “juda nosog‘lom” toifalariga mos kelgan.
“Makka mudofaa pakti” mamlakatlari Tehronda Eron bilan muzokaralar o‘tkazadi — Reuters
Makka bitimini imzolagan Saudiya Arabistoni, Turkiya va Pokiston vakillari 26-oktyabr Eron rasmiylari bilan uchrashadi. Muzokaralar Yaman husiylarining Saudiya Arabistoniga hujumlari kuchayganidan keyin Eron va mudofaa blokining uchala a’zosi o‘rtasidagi yuqori darajadagi ilk muloqot bo‘ladi.
Serbiya sobiq prezidenti Aleksandr Vuchich 25-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi parlament saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tan oldi
“Talabalar ro‘yxati” bloki g‘alaba qozondi: ular parlamentda 135 tadan 140 tagacha o‘ringa ega bo‘ladi, biz esa 105 ta, dedi Vuchich Serbiya Taraqqiyparvar partiyasi shtabida so‘zga chiqib.
U partiyasi g‘alaba qozongan taqdirda bosh vazir lavozimini egallashni rejalashtirgandi.
Braziliyaning amaldagi prezidenti Lula da Silva to‘rtinchi muddatga qayta saylandi
Rasmiy natijalarga ko‘ra, Lula da Silva 51,8 foiz ovoz, uning raqibi sobiq prezident Jair Bolsonaruning o‘g‘li Flavio Bolsonaru esa 48,2 foiz to‘plagan. Bu Braziliya tarixida birinchi turda ikkinchi o‘rinni egallagan nomzod yakunida saylovda g‘alaba qozongan ilk holatdir.