Аналитика Telegram-канала
Подписчики
150
Охват за 24 ч
43
ER за 24 ч
28,67%
Публикаций
129
Динамика подписчиков
7 дней
30 дней
6 месяцев
Больше
21 ноя24 ноя27 ноя
Показаны последние 7 дней
Больше истории →
Охваты публикаций
05.1108.1113.1116.1120.1120.11
32
Средний охват
63
Лучший результат
Показаны 6 публикаций — последние в канале
Больше статистики →
Упоминания
8
Упоминаний
6
Из них репостов
2
Каналов
4
Упоминаний за 90 дней
3
Из них репостов
2
Каналов за 90 дней
Последние посты
3 из 129 2 из 129Umumta’lim fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha ma’lumot
📆 Ma’lumki, 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilgan edi.
🔰 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq test natijalari ular yakunlangan kundan boshlab 21 ish kunidan kechikmay xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi va e’lon qilinadi.
📝 Unga ko‘ra imtihon natijalari noyabr oyining oxirida e’lon qilinishi kerak bo‘lsa-da, talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida natijalarni ertaroq e’lon qilish va shundan so‘ng navbatdagi imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olishni boshlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
🌎 2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari natijalari kun yakuniga qadar my.gov.uz saytida e’lon qilinadi.
📱 Ushbu fanlardan navbatdagi imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-noyabrdan 4-dekabrga qadar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi va 5-dekabr kuniga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.
📌 2026-yilning 2-yarmida imtihon o‘tkaziladigan sanalarni oldindan aniq belgilash va imtihonlarni sifatli tashkil etish maqsadida hududlar bo‘yicha oʻtirish oʻrinlari sonini belgilash va shundan kelib chiqqan holda talabgorlarni ro‘yxatga olish belgilangan edi.
✅ Lekin ushbu holat ko‘pchilik tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinayotgani sababli navbatdagi milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish o‘rinlar soni belgilanmagan holda amalga oshirilishi belgilandi.
❕ Shu sababli imtihonlar qaysi sanada o‘tkazilishi talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng ularning soni va hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib chiqqan holda belgilanadi va imtihon boshlanishidan 7 kun oldin e’lon qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
ещё
44
2
20 ноя, 18:12
Talabgorlar diqqatiga!
2026-yilning 2-yarmi uchun umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini o‘tkazish grafigida bugundan ona tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanishi belgilangan.
Hozirda Bilimni baholash agentligi tomonidan ushbu fanlardan oktabr oyida o‘tkazilgan imtihon natijalarini hisoblash va tahlil qilish ishlari davom etmoqda.
Navbatdagi imtihonlar uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish oldingi imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng boshlanadi.
Imtihon natijalari qachon e’lon qilinishi va navbatdagi imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha kun davomida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
ещё
1
0
20 ноя, 18:12
Huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni bo‘yicha ma’lumot
📌 2026-yilning 2-yarmida o‘tkaziladigan milliy sertifikat imtihonlari grafigida huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni 23-dekabr kuni elektron shaklda o‘tkazilishi va talabgorlarni ro‘yxatga olish 17-noyabr kuni boshlanishi belgilangan edi.
✅ Ushbu imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar soni ko‘pligini inobatga olgan holda huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat imtihoni qog‘oz shaklda o‘tkazilishi va talabgorlar soniga limit qo‘yilmasligi belgilandi.
🌎 Imtihonda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar ertaga (17-noyabr) kunning ikkinchi yarmidan boshlab 26-noyabrga qadar my.gov.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.
❕ Imtihon qaysi sanada o‘tkazilishi esa talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangandan so‘ng ularning soni va hududlar kesimidagi taqsimotidan kelib chiqqan holda belgilanadi va imtihon boshlanishidan kamida 7 kun oldin e’lon qilinadi.
Bilimni baholash agentligi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
ещё
1
0
16 ноя, 16:16
Продолжить анализ этого канала
- История роста подписчиков
- Просмотры и охваты публикаций
- Кто упоминает канал и кого упоминает он
- Похожие каналы и подбор для рекламы
Открыть аналитику
Демо до 14 дней