Hozirda 🇺🇿 O‘zbekiston → 🇩🇪 Germaniya va 🇵🇱 Polsha yo‘nalishlarida xalqaro tarmoq bilan bog‘liq ayrim muammolar kuzatilmoqda.
Shu sababli Germaniya va Polshada joylashgan serverlarimizga ulanishda vaqtinchalik:
🔸 Network Error
🔸 Ulanish tezligining pasayishi
🔸 Yuqori ping
🔸 Vaqti-vaqti bilan ulanmaslik
holatlari yuzaga kelishi mumkin.
⚠️ Muhim: Serverlarning o‘zida hech qanday nosozlik aniqlanmagan. Muammo 🇺🇿 O‘zbekistondan xalqaro tarmoq orqali ushbu yo‘nalishlarga ulanish bilan bog‘liq.
🛠 Texnik holat kuzatilmoqda. Tarmoq barqarorlashishi bilan xizmatlar odatdagi rejimda ishlashni davom ettiradi.
🙏 Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Tushunganingiz uchun rahmat!