Hurmatli ustozimiz Sidikov Shuhrat Sharipovich!💐🌺🌹
Sizni butun jamoamiz nomidan tavallud ayyomingiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! 💐💐🌺🌹
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, xonadoningizga fayzu baraka va ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Shogirdlar kamolini ko‘rish, ularning yutuqlaridan quvonish baxti doimo Sizga nasib etsin!🌹🌺💐🌺🌹
Jamoamiz orasida doimo hurmat-e’tiborda bo‘lib, samimiyligingiz, donoligingiz va ibratli fazilatlaringiz bilan barchamizga o‘rnak bo‘lib yurishingizni tilaymiz. Hayot yo‘lingiz doimo ravon, qalbingiz xotirjam, yuzingizdan tabassum arimasin! 🌹🌺💐🌺
🎂 Yangi yoshingiz qutlug‘, umringiz mazmunli, rizqingiz ulug‘ bo‘lsin! Barcha ezgu niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin!
🌺💐🌹🌹💐🌺
Buxoro shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ertalabki “Tig‘” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida maktab hududida xavfsizlikni ta’minlash, o‘quvchilarning ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, maktabga olib kirilayotgan buyumlarni nazorat qilish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar olib borildi.
Bunday nazorat tadbirlari maktabda osoyishta muhitni qaror toptirish va o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Xavfsizlik — e’tibordan boshlanadi!