Buxoro davlat universitetida 9–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan innovatsion g‘oya va loyihalar tanlovida 32-maktab o‘quvchilari munosib natijalarga erishdilar.
🏆 “Innovatsion loyiha” yo‘nalishida Majidov Nurbekjon va Sharopov Shaxruz jamoasi, shuningdek, Maxmudov Mirzo hamda Davronova Lola g‘oliblar qatoridan joy oldilar.
👏 O‘quvchilarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
🧠📚 “ZAKOVAT” — BILIMDONLAR BELLASHUVI! 🏆✨
🏫 Maktabimizda o‘quvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
🎯 Bellashuv davomida o‘quvchilar o‘z bilimlari, zukkoligi, topqirligi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdilar. 🧠💡 Qiziqarli savol-javoblar va mantiqiy topshiriqlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🤝 Tadbirda Bobur madaniyat uyi mas’ul xodimi ham ishtirok etib, intellektual o‘yinning mazmunli va qiziqarli o‘tishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
🌟 Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bilimini mustahkamlash, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularni kitobxonlik va izlanishga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👏 Barcha ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida omad va yangi yutuqlar tilaymiz!
🧠 Zakovat — tafakkur, bilim va yuksak salohiyat mezoni! 🏆📖
🏫📚 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ! ⚖️🇺🇿
📍 Buxoro shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “GRACE” dasturi asosida “Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz!” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. 🏫✨
🎯 Ochiq dars davomida o‘quvchilarga korrupsiya tushunchasi, uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri hamda korrupsiyaning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berildi. 📖⚖️
🗣️💡 Dars jarayonida o‘quvchilar savol-javoblar, munozaralar va amaliy topshiriqlar orqali faol ishtirok etib, o‘z bilimlarini mustahkamladilar. 🙋♀️🙋♂️👏
🤝❤️ Shuningdek, halollik, adolat, vijdonlilik va qonunlarga hurmat kabi yuksak insoniy fazilatlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. 🌟📚
🚫⚖️ Korrupsiyaga qarshi kurashish — adolatli, shaffof va farovon jamiyat qurishning muhim omilidir! 🇺🇿💪
🌱✨ Yosh avlodni halollik, vatanparvarlik va yuksak ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan bunday ma’rifiy tadbirlar davom ettiriladi. 📚👏