Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «📚Buxoro shahar 32-maktab | RASMIY KANAL»

📚Buxoro shahar 32-maktab | RASMIY KANAL
9.8K
97
24
17
21.9K
Бухоро шахар 32-мактаб фаолияти ва таълимга оид янгиликлар.
Почта:32maktabbuxoro@gmail.com
Facebook:https://www.fecebook.com/groups/320343939044573/?ref=share
Telegram:telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktabbot
Подписчики
Всего
1 178
Сегодня
0
Просмотров на пост
Всего
353
ER
Общий
30%
Суточный
25.13%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 7 из 9 808 постов
Смотреть все посты
Пост от 01.10.2026 10:14
86
0
0
Мухтарам Президентимиз тадбир давомида хуш хабарлар эълон қилишда давом этмоқда.

Жумладан:

➖миллий сертификатга эга ўқитувчиларнинг ойлигига қўшимча 50 фоиз устама тўланади;

➖ҳар йили 208 та туман ва шаҳардаги лидер ўқитувчиларга 30 млн сўмдан мукофот берилади;

➖ҳар йили 1 000 нафар ўқитувчи Буюк Британия, Франция, Сингапур каби давлатларга стажировкага юборилади;

➖камида 15 йиллик иш стажига эга педагогларнинг фарзандларига ОТМ контракти учун фоизсиз кредит ажратилади;

➖хорижий ва миллий сертификат олган педагогларнинг имтиҳон харажатлари 100 фоиз қоплаб берилади;

➖Хоразмий, Фарғоний, Беруний, Ибн Сино, Менделеев каби халқаро ва минтақавий олимпиадалар ғолибларини тайёрлаган педагогларга тўғридан-тўғри олий тоифа берилади;

➖Янги ўқув йилидан бошлаб 100 та мактабнинг биттадан синфида математика, информатика ва табиий фанларни тўлиқ инглиз тилида ўқитиш йўлга қўйилади. Ушбу лойиҳага жалб этилган ўқитувчилар ҳамда мактабга тайёрлов гуруҳи педагогларининг ойлик маошига 100 фоиз устама тўланади;

➖Келгуси йил 1 январдан 2–3 ёшли фарзандини оилавий боғчага берган ишли оналар учун бадал пули бюджетдан қоплаб берилади;

➖боғча тарбиячиларининг педагогика олийгоҳларида ўқиш муддати 4 йилдан 3 йилга қисқартирилади;

➖ Юкламаси юқори бўлган 52 та туманда хусусий мактаб ташкил этиш учун 7 йиллик 10 фоизли имтиёзли кредит, очиш ва жиҳозлаш харажатининг 15 фоизигача, кўпи билан 1,5 миллиард сўм субсидия берилади. Биносини мактабга ижарага берганлар ер ва мулк солиғидан имтиёз олади.

telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktab
Пост от 01.10.2026 10:14
67
0
0
Boshlang‘ich sinflar uchun alohida imtiyozlar berilmoqda

✅ Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifaga ega bo‘ladi.

Shuningdek, boshlang‘ich sinflar uchun ham alohida imtiyozlar berilmoqda. Xususan, kelgusi yildan 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalari o‘tkaziladi va tuman bosqichi g‘oliblari kompyuter bilan taqdirlanadi.

Ularni ustozlariga ham pul mukofotlari beriladi:

➖tuman bosqichi g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar o‘qituvchilariga – 10 mln so‘m;
➖viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar o‘qituvchilariga – 50 mln so‘m;
➖respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar o‘qituvchilariga – 100 mln so‘m.

telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktab
Пост от 01.10.2026 10:14
57
0
0
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan 4-sinflar olimpiadasining tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan bolalar kompyuter oladi. Ularning ustozlariga tuman bosqichi uchun 10 million, viloyat uchun 50 million, respublika uchun 100 million so‘m mukofot beriladi.

Yangi o‘quv yilidan 100 ta maktabning bittadan sinfida matematika, informatika va tabiiy fanlar to‘liq ingliz tilida o‘qitiladi. Loyihaga jalb etilgan o‘qituvchilar hamda maktabga tayyorlov guruhi pedagoglarining maoshiga 100 foiz ustama qo‘shiladi.

– Endi o‘rta ta’limda “sifat indeksi” joriy etiladi,
– dedi Prezidentimiz.

Maktablar pedagogik jamoaning salohiyati hamda o‘quvchilarning ta’lim va tarbiyadagi natijalariga qarab toifalarga ajratiladi.

Ilg‘or maktab boshqa maktablarga o‘z tajribasini o‘rgatib, ularni yuqori toifaga olib chiqsa, uning pedagogik jamoasi 30 foiz ustama oladi.

telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktab
Пост от 01.10.2026 10:14
57
0
0
“Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda oʻzbek shaxmatchilarining kechagi gʻalabalarida ustozlarning ham katta hissasi borligini taʼkidladi.

“Shaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta. Muallimlarning qilgan mehnati kechagi gʻalabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan boʻladi.

Sizlar hal qiluvchi kuchsizlar. Sizlar Oʻzbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qoʻyyapsizlar desam, bu ham adolatdan boʻladi. Oʻn marta qaytarishdan charchamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi”, — dedi Prezident.

Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilari va hududlardan muloqotga qoʻshilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklab, ularning baxti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar qilinishini maʼlum qildi.

telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktab
Пост от 01.10.2026 10:14
56
0
0
Xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa beriladi

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/80230/

telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktab
Пост от 01.10.2026 10:14
53
0
0
“Bolalarimizni paxta dalasidan maktab partasiga, oʻqituvchilarni ta’lim jarayoniga qaytardik” — Shavkat Mirziyoyev

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/80223/

telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktab
Пост от 01.10.2026 10:14
52
0
0
Har yili tuman va shaharlardagi lider oʻqituvchilarga 30 mln soʻm pul mukofoti beriladi

Batafsil: https://talimxabarlari.uz/80218/

telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktab
Смотреть все посты