BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
Buxoro shahar 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida targ‘ibot-tushuntirish yig‘ilishi tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida o‘quvchilarga giyohvandlik inson hayoti va kelajagi uchun jiddiy xavf bo‘lib, umr zavoli ekanligi haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, maktab hududiga kelgan shubhali yoki begona shaxslardan turli xil buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari va yeguliklarni qabul qilmaslik, hushyor va ogoh bo‘lish zarurligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunlarga rioya qilish, o‘z xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Yoshlar — bizning kelajagimiz! Ularning sog‘lom va farovon hayot kechirishi barchamizning muhim vazifamizdir.
🏫 Buxoro shahar 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “GRACE” dasturi doirasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish — barchamizning burchimiz!” mavzusida mazmunli ochiq dars tashkil etildi. 📚⚖️
🎯 Ochiq dars davomida o‘quvchilarga korrupsiya tushunchasi, uning jamiyat va davlat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, shuningdek, korrupsiyaning oldini olishda har bir fuqaroning mas’uliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝 Mashg‘ulot davomida halollik, adolat, vijdonlilik, mas’uliyat va qonunlarga hurmat kabi qadriyatlarning inson hayotidagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
🚫 Korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina davlat tashkilotlarining emas, balki har birimizning umumiy vazifamiz va fuqarolik burchimizdir!
🌱 Yosh avlodni halollik, adolatparvarlik va yuksak huquqiy madaniyat ruhida tarbiyalashga qaratilgan bunday targ‘ibot va ta’limiy tadbirlar maktabimizda izchil davom ettiriladi.

MAKTABDA NAZORAT VA HAMKORLIK ISHLARI MUHOKAMA QILINDI
2026-yil 8-oktabr kuni Buxoro shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktab direktori hamda Milliy gvardiya xodimi ishtirokida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi.
Maktabning videokuzatuv kameralari orqali dars mashg‘ulotlarining borishi, o‘quvchilarning davomat holati, darslarga o‘z vaqtida qatnashishi hamda maktab ichki tartib-qoidalariga rioya etilishi tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. O‘quvchilarning ta’lim olishiga qulay shart-sharoit yaratish, davomatni yaxshilash, intizomni mustahkamlash hamda turli salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha kelgusidagi istiqbolli rejalar va hamkorlikdagi vazifalar kelishib olindi.
Mazkur hamkorlik ishlari o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va maktabda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi.
telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktab
“TIG‘ VA DAVOMAT” TADBIRI O‘TKAZILDI
2026-yil 8-oktabr kuni Buxoro shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tig‘ va Davomat” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda maktab rahbariyati, sinf rahbarlari hamda Milliy gvardiya xodimi ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilarning davomat holati, maktabga o‘z vaqtida kelishi hamda ichki tartib-qoidalarga rioya qilishi nazorat qilindi.
Shuningdek, kechikib kelgan o‘quvchilar bilan individual tartibda tushuntirish va profilaktik ishlar olib borildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, ruhiy holati, ta’lim olishi va kelajak hayotiga salbiy ta’siri, shuningdek, giyohvandlikning og‘ir ijtimoiy va huquqiy oqibatlari haqida ma’lumot berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish, davomat va intizomni mustahkamlash va turli salbiy holatlarning oldini olishdan iborat.