“TELEFONSIZ MAKTAB” LOYIHASI DOIRASIDA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
Joriy yilning 29-avgust kuni Buxoro shahar 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Telefonsiz maktab” loyihasi va uni amalga oshirish mexanizmi doirasida pedagoglar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirda Buxoro shahar IIO FMB 1-son IIB profilaktika inspektori, katta leytenant Sh.R. Raxmatova, profilaktika inspektori, kapitan N. Sadullayeva, Buxoro shahar IIO FMB 2-son IIB profilaktika inspektori, leytenant Narzullayeva Mehrangiz Salimovna, shuningdek, Buxoro shahar IIO FMB VEMB inspektor-psixologlari, leytenant D.R. Raximov va leytenant M. G‘iyosovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida “Telefonsiz maktab” loyihasining mazmun-mohiyati, ta’lim jarayonida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlariga bo‘lgan e’tiborini oshirish hamda maktabda sog‘lom va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
telemetr.me/Buxoro_sh_32_maktab
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo'lsin! Ona yurtimizda har doim tinchlik va farovonlik hukmron bo'lsin, yurtimiz gullab-yashnayversin. Ustozlarimizni fidokorona mehnatlari evaziga munosib taqdirlanganlari bilan tabriklayman. Bayramingiz muborak bo'lsin azizlar.
https://www.instagram.com/reel/DcnTH1yt7Ef/?igsi=NWpvOWdmdnJiMTFv
📍 Buxoro shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Telefonsiz hudud” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Buxoro shahar IIB boshlig‘i A. Haydarov tomonidan maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan telefonsiz muhit, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etilishi hamda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning samaradorligi ko‘zdan kechirildi.
Mazkur tashabbus o‘quvchilarning ta’lim jarayoniga e’tiborini kuchaytirish, maktabdagi tartib-intizomni mustahkamlash va sog‘lom ta’lim muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyati hokimi Zaripov Botir Komilovich yuksak davlat mukofoti — «Mehnat shuhrati» ordeni bilan e’tirof etildi.
Ushbu yuksak mukofot Sizning ko‘p yillik samarali mehnatingiz, xalqimiz va yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissangizning yuksak e’tirofidir.
Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi zafarlar tilaymiz!
🏆 YANA BIR YUKSAK YUTUQ —32-maktab “YASHIL MAKTABLAR” safida!
Maktabimiz uchun yana bir quvonchli va faxrli natija! 🎉
📈 Oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha maktabimiz “Yashil maktablar” toifasidan joy oldi.
💚 O‘tgan yilgi ko‘rsatkich 98,6 bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu natija 112,14 ga yetdi!
🚀 Bu — ta’lim sifati, ustozlar fidoyiligi, o‘quvchilarimizning intilishi va ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi samarasi!
👏 Ushbu yuksak natijaga munosib hissa qo‘shgan barcha fan o‘qituvchilarimiz, bitiruvchilarimiz hamda ularning ota-onalariga samimiy minnatdorlik bildiramiz!