🔆Buxoro viloyatida joriy hafta davomida havo haroratining 44–45°C gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda.
📌Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va salomatligini muhofaza qilish, ularni jazirama issiqning salbiy ta'siridan asrash maqsadida, Buxoro viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining xulosasiga muvofiq, 2026-yil 15–17-iyul kunlari Buxoro viloyatidagi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
➡️Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati 2026-yil 20-iyuldan belgilangan tartibda yana o‘z faoliyatini davom ettiradi.
⚡️Hurmatli ota-onalar!
🔵Mazkur vaqtinchalik cheklov faqatgina farzandlarimizning sog‘lig‘i va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan profilaktik chora hisoblanadi. Sizlardan ushbu qarorni to‘g‘ri tushunishingizni hamda ushbu kunlarda bolalarning salomatligiga alohida e'tibor qaratishingizni so‘raymiz.
Buxoro shahar 32-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani metodbirlashma o'qituvchilarining "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yozgi ta'tilni mazmunli o'tkazish maqsadida o'quvchilar bilan davra suhbatlari o'tkazishdi.Ushbu jarayonlardan fotolavhalar.
Fan o'qituvchisi:
Hasanova Yu.Ch
Nabiyeva X.N
Http://t.me/Buxoro_sh_32_maktab
Sana: 10.07.2026y.
💐🍃🌿🌸🍃🌾🌼 🍀🌹☘🌺
🍃🌺🍂
💐💐💐 Assalomu alaykum!
🌹 Qadrli va hurmatli ustozimiz
🌹 Hamroyeva Xosiyat Rustamovna!
🍀Tavallud ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin! 🌹
Hayotingiz baxtli lahzalarga va takrorlanmas ajoyib hayajonli onlarga to'la bo'lsin. Hayot so'qmoqlarida sizni qo'llab-quvvatlovchi, umid baxsh etuvchi yaqinlaringiz, istalgan paytda yordam qo'lini cho'zishga tayyor turguvchi do'stlaringiz va dilga shifo bo'lguvchi insonlaringiz aslo tark etmasin. Hayot yo'lingiz igna bilan ko'z oqiga yozishga arzigudek ibratli va 🌹🌹quvonchli hislarga boy bo'lsin! Ollohim 🌹qancha umr bergan bo'lsa, shuncha oila 🌹va yaqinlaringiz davrasida farog'atda 🌹🌹yashang. 🌹Salomatlik, izchillik, ijobiy 🌹natijalarga 🌹erishish baxti nasib 🌹🌹aylasin.
🌹 Hurmat bilan 32-maktab jamoasi 🌾🍂
🍃🌺🍂
💐🌾🍀🌼🌷🍃🌼🌿🌺🌿💐🌺
🌹http://t.me/Buxoro_sh_32_maktab