“TELEFONSIZ MAKTAB” TARTIBI: SOG‘LOM TA’LIM MUHITI SARI MUHIM QADAM
Buxoro shahar 32-maktabida yangi o'quv yilidan boshab o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirish, e’tiborini jamlash hamda samarali ta’lim muhitini yaratish maqsadida “Telefonsiz maktab” tartibi joriy etilmoqda.
Mazkur tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- o‘quvchilarning dars vaqtida diqqat-e’tiborini oshirish;
- mobil telefon va ijtimoiy tarmoqlarga ortiqcha bog‘lanishning oldini olish;
- o‘quvchilar o‘rtasida jonli muloqot va hamkorlikni rivojlantirish;
- kiberbullying hamda zararli axborotlar ta’siridan himoya qilish;
- o‘quvchilarning psixologik salomatligini asrash;
- bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali tashkil etishga o‘rgatish;
- maktabda sog‘lom, xavfsiz va samarali ta’lim muhitini yaratish.
“Telefonsiz maktab” tartibi o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, muloqot madaniyatini rivojlantirish va mas’uliyatli avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
🎓BUXORO XALQARO TIBBIYOT TEXNIKUMIDA QABUL BOSHLANDI!
📚Yo‘nalish: 50910203 — Hamshiralik ishi (3 yil);
⚡️Ta’lim afzalliklari:
✅Bemorlarga kasbiy xizmat ko‘rsatish va birinchi yordam berish ko‘nikmalari;
✅Surunkali va o‘tkir kasalliklarni aniqlash hamda yordam ko‘rsatish;
✅Tibbiy deontologiya va axloqiy me’yorlarga amal qilish;
✅Kompyuter savodxonligi va xorijiy tillarni chuqur o‘qitish.
🎯Maqsad: xorijiy tajriba asosida malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash.
💻Online hujjat topshirish: bxtt.uz sayti orqali;
☎️Murojaat uchun telefon raqamlari: +998553037777, +998505877171, +998914102866, +998911706666.
📍Manzil: Buxoro shahri, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosi.
Buxoro shahar 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi maslahatchisi Haydarova Lutfiya tomonidan o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish borasida tizimli faoliyat olib borilmoqda.
Ish faoliyati davomida "Besh tashabbus", "Dolzarb 90 kun", "Turon", "Zakovat", "Yosh kitobxon" loyihalari doirasida turli tanlov, davra suhbatlari, uchrashuvlar, sport va madaniy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilib, o‘quvchilarning iqtidorini yuzaga chiqarish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kasbga yo‘naltirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.
Quyida maktab maslahatchisi Haydarova Lutfiyaning ish faoliyatidan fotolavhalar bilan tanishishingiz mumkin.