Buxoro shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-“B” sinf o‘quvchisi BAZAROVA MUZAYYAM tomonidan “Mening maktabim” tanlovi uchun tayyorlangan videoroligi.
Mazkur videorolikda o‘quvchining ona maktabiga bo‘lgan mehr-muhabbati, maktabdagi ta’lim-tarbiya jarayoni, ustozlarga hurmati hamda maktab hayotiga bo‘lgan qiziqishi aks ettirilgan.
Ushbu ijodiy ish orqali MUZAYYAM o‘z maktabini o‘ziga xos nigoh bilan tasvirlab, maktab — bilim, tarbiya, do‘stlik va ezgu orzular maskani ekanini namoyon etadi.
📋 “Maktabda futbol” loyihasi asosida futbol to’garaklari o’tkazilmoqda.
📍 FIFA’ning "Football for schools" - "Maktablarda futbol" loyihasi doirasida umumta’lim maktablarida tashkil etilgan futbol to‘garaklari muntazam davom etmoqda.
Mazkur to‘garaklarning asosiy maqsadi — o‘quvchi yoshlarni futbolga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlab, professional futbol sari yo‘naltirish.
Mashg‘ulotlar davomida yosh futbolchilarning texnik va jismoniy imkoniyatlari rivojlantirilib, ularda jamoaviylik, intizom va sportga bo‘lgan qiziqish yanada mustahkamlanmoqda.
Buxoro shahridagi 32-son umumta’lim maktabida o’quvchilar o’rtasida futbol to'garaklari tashkil etilib, o'rta umumta'lim maktabining jismoniy tarbiya o'qituvchisi tomonidan mashg'ulotlar olib borilmoqda.
24.09.2026.
INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KASBIY RIVOJLANISHI — TA’LIM SIFATI OMILI
2026-yil 21–22-sentabr kunlari Toshkent shahrida “Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirish” mavzusida O‘zbekiston umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining uzluksiz kasbiy rivojlanishiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda Buxoro shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchilari Nurmurodova Dilovar Doniyorovna hamda Daminova Fotima Nurmamat qizi faol ishtirok etdilar.
Seminar davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ingliz tilini o‘qitishning samarali metodlari, ilg‘or tajribalar hamda ta’lim jarayoniga innovatsion usullarni tatbiq etish bo‘yicha qimmatli bilim va ko‘nikmalar olindi.
Kasbiy rivojlanishga yo‘naltirilgan har bir qadam — ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar kelajagiga qo‘shilgan muhim hissadir.
Bugun Buxoro shahar 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning xavfsizligini ta’minlash, maktab hududiga taqiqlangan va xavfli buyumlarning olib kirilishining oldini olish maqsadida “Tig‘” tadbiri o‘tkazildi.
Ertalabki filtr jarayonida o‘quvchilarning maktabga kirishi nazorat qilinib, xavfsizlik qoidalariga rioya etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbir maktabda xavfsiz va osoyishta ta’lim muhitini ta’minlashga qaratilgan profilaktik choralardan biridir.